Uzdiplomat | Rasmiy kanal
СтатистикаYangiliklar, tanqidiy-tahliliy maqolalar, jurnalistik surishtiruvlar UzDiplomat.uz — Adolat ochiqlikdan boshlanadi •facebook.com/uzdiplomat •instagram.com/uzdiplomat.uz •youtube.com/@uzdiplomat Kirill — @uzdiplomat Tahririyat — @uzdiplomatbot
- Последний пост
- 14 февр. 2025 г.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 21
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
📄uzdiplomat iqtibosi:🖍 “Qobiliyatlilarga hasad qiladilar, isteʼdodlilarga zarar beradilar, daholardan qasos oladilar”. Nikollo Paganini Italiyalik skripkachi, bastakor Telegram | Instagram | You Tube | Facebook | X
“Yil tanlovi” “MILLAT NURONIYSI” Soʻrovnoma 16-yanvar soat 23:59 da yakunlanadi. “Millatning nuroniysi” — bunday sharafli nom har kimga ham nasib etavermaydi. Bir umr millatga xizmat qilib oʻtayotgan, tabarruk yoshida ham yurtning faxriga aylangan, minglab shogirdlarni tarbiyalagan, el hurmat qiladigan quyidagi nuroniylarimizning qaysi biri “MILLAT NURONIYSI” nomiga koʻproq munosib? Siz tanigan yana kimlarni shunday sharafli nom bilan atash mumkin? Bizga yozib yuboring. “Yil tanlovi” tantanali marosimida “MILLAT NURONIYI” eʼlon qilinadi. ➡️ OVOZ BERING VA FIKR BILDIRING ⬅️ Telegram | Instagram | You Tube | Facebook |
“YIL TANLOVI” Qaysi tizim eng samarali faoliyat yuritmoqda? —Hokim yordamchilari, —Xalq qabulxonalari, —Yoshlar yetakchilari —Mahalla raislari Maʼlumki, ayrimlar tomonidan bu tuzulmalar davlat yelkasidagi keraksiz yuk sifatida baholanmoqda. Ushbu jamoatchilik soʻrovnomasidan maqsad ana shu keraksiz tuzumalarni ham aniqlashdir. Eng kam ovoz olganlar oʻz oʻrnida samarasiz faoliyat yuritilganidan darak beradi. Soʻrovnoma 16-yanvar soat 23:59 da yakunlanadi. ➡️ OVOZ BERING VA FIKR BILDIRING ⬅️ Telegram | Instagram | You Tube | Facebook | X
Birlashgan arab Amirligi va Markaziy Osiyo: qaysi davlatlar bilan munosabatlar eng yaqin? Markaziy Osiyodagi davlatlar bilan Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) oʻrtasidagi munosabatlar izchil rivojlanib bormoqda. Bu jarayonda BAAning Oʻzbekiston va Qozogʻiston bilan hamkorligi alohida ahamiyat kasb etadi. OʻZBEKISTON VA BAA HAMKORLIGI • Iqtisodiy hamkorlik: BAA Oʻzbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalari, turizm, infratuzilma va qishloq xoʻjaligi sohalariga katta miqdorda investitsiya kiritmoqda. Masdar (Masdar) kompaniyasi Oʻzbekistonda bir necha yirik energiya loyihalarini amalga oshirmoqda. • Turizm: Ikki davlat oʻrtasida turizm sohasidagi hamkorlik kuchaymoqda. BAA Oʻzbekistonning mehmonxona va sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirishga mablagʻ yoʻnaltirmoqda. Batafsil Uzdiplomatʻda oʻqing! Telegram | Instagram | You Tube | Facebook | X
📄uzdiplomat iqtibosi🖍 Insonlarni davlatning oʻzi tarbiyalaydi: yaxshi davlat – yaxshilarni, teskarisi – nodonlarni. Suqrot, Yunon faylasufi Telegram | Instagram | You Tube | Facebook | X
🔴Markaziy Osiyo davlatlariga Rossiyaning kiberjosuslik kompaniyasi hujumi aniqlandi ✔️Mutaxassislarga ko‘ra, bu josusliklar Rossiyaning mintaqadagi ta’sirini saqlab qolishga qaratilgan Markaziy Osiyo davlatlarining diplomatik tashkilotlari Rossiyaga aloqador bo‘lgan APT28 xakerlik guruhiga bog‘liq UAC-0063 guruhining kiberjosuslik kampaniyasiga duch kelmoqda. Bu haqda Recorded Future kiberxavfsizlik kompaniyasining The Record yangiliklar sayti xabar berdi. UAC-0063 xakerlik guruhi Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligining 2021-2024-yillarda mamlakatning boshqa davlatlar bilan diplomatik hamkorligi bo‘yicha hujjatlarini zararlangan versiyada tarqatib, Hatvibe va Cherryspy zararli dasturlarini yoyishni amalga oshirgan. Sekoia kompaniyasining hisobotiga ko‘ra, bu zararli dasturlar ilgari Ukrainaga va Osiyoga qarshi kiberjosuslik hujumlarida qo‘llangan. Ammo UAC-0063 guruhi o‘z hujumlarida xavfsizlik tizimlaridan qochish uchun aniqroq strategiyalarni qo‘llamoqda. Olimlarning fikriga ko‘ra, ushbu kampaniyaning maqsadi Qozog‘istonning G‘arb va Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalari haqida strategik va iqtisodiy ma’lumotlar yig‘ish bo‘lib, bu orqali Rossiyaning mintaqadagi ta’sirini saqlab qolish maqsad qilingan. Telegram | Instagram | You Tube | Facebook | X
Qamoqdan chiqqan va Prezident tanqid qilgan sobiq amaldor Kasaba uyushmalarida rahbar bo‘ldi Andijon tumanining sobiq hokimi Abdujabbor Egamberdiyev O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Andijon viloyat Kengashi raisi lavozimiga saylandi. Bu haqida uyushma xabar bermoqda. Abdujabbor Egamberdiyev 2023 yilda sud hukmi bilan mansab lavozimida ishlash huquqidan mahrum bo‘lgan edi. Marhamat tuman sudining 2023-yil 8-fevraldagi hukmiga muvofiq Abdujabbor Egamberdiyev 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilgan holda, oylik ish haqining 20 foizini davlat daromadiga ushlab qolish sharti bilan 2 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan. Unga mansabni suiite’mol qilish, davlatga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazish ayblovlari qo‘yilgan edi. Shuningdek, Egamberdiyev Andijon tuman hokimi vazifasida ishlab yurgan vaqtda fuqarolarni qabul qilishda ularga hurmatsizlik ko‘rsatishda ayblanib, lavozimdan ozod etilgan. Telegram | Instagram | You Tube | Facebook | X
🔴Belarusning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi Aleksandr Ogorodnikov Belarussiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi. Bu lavozimda Leonid Marinich ishlab kelayotgan edi. Ogorodnikov tayinlovgacha 2022 yil may oyidan buyon canoat vazirining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatgan. Belarusning elchisi lavozimida ishlagan Leonid Marinich 2018 yildan beri mazkur lavozimda edi. Dmitriy Krutoy shunday deydi: “Sizning vazifangiz o‘laroq, tashqi savdomizning ikki asosiy yo‘nalishidan — Rossiya va Xitoydan tashqari — biz MDH mamlakatlari bilan munosabatlarimizni mustahkamlashimiz kerak edi. Ular orasida katta uchlik — Qozog‘iston, Ozarbayjon va O‘zbekiston alohida ajralib turadi”, — deydi Dmitriy. Ma’lumot uchun, Aleksandr Ogorodnikov 1970 yil 23 iyunda Minskda tug‘ilgan. Minsk radiotexnika institutini “Mikroelektronika va yarimo‘tkazgichli qurilmalar mutaxassisligini va Belarus davlat iqtisodiyot universitetida magistraturani bitirgan. Telegram | Instagram | You Tube | Facebook | X
🔴 “Xalqlar do‘stligi” saroyi namoyishlarida senzura va "kurator" nazorati bormi? 📹to‘liq suhbat 📹 qisqa javob “Xalqlar do‘stligi” saroyi rahbari Isroil Jo‘rayev bu haqida ochiq ma’lumot berdi. Telegram | Instagram | You Tube | Facebook | X
“YIL TANLOVI – 2024” “2024 YILNING ENG NAMUNALI DAVLAT TASHKILOTI” Jamoatchilik so‘rovnomasida Soliq qo‘mitasiga, Agros tizimiga, Veterinariya tashkilotlariga o‘quvchilar tomonidan ishonch juda kam bildirilgan. 2024 yilda faol ishlagan, xalqqa eng yaqin bo‘lgan, aholining talab va istaklarini amalga oshirishda yetakchi bo‘lgan 2024 YILNING ENG FAOL DAVLAT TASHKILOTI RAHBARI kim? BUNI SIZ ANIQLAYSIZ! (Tanlov haqida batafsil) So‘rovnoma 15 yanvar soat 23:59 da yakunlanadi. Murojaat va hamkorlik takliflari uchun: ➡️ @uzdiplomatbot ➡️ OVOZ BЕRING VA FIKR BILDIRING ⬅️ Telegram | Instagram | You Tube | Facebook | X
H.Ermatov: "Vatan" jurnali 2024 yilning "Yil voqeasi" bo‘ldi Senator, “Ishonch” gazetasi bosh muharriri Husan Ermatovning fikricha “2024 yilning eng namunali vazirligi” Raqamli texnologiyalar vazirligi vazir Sherzod Shermatov. “2024 yilda eng yomon ishlagan vazirlik” - Madaniyat vazirligi. BATAFSIL Telegram | Instagram | You Tube | Facebook | X
⚡️Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol hibsga olindi “Tergovchilar Janubiy Koreya tarixida birinchi marta vaqtinchalik faoliyati to‘xtatilgan, ammo amaldagi prezidentni hibsga oldi”, — deya xabar bermoqda Yonhap agentligi. Telegram | Instagram | You Tube | Facebook | X
«Yil tanlovi – 2024» «MILLAT NURONIYSI» Yoshi ulug‘larimiz orasida shunday insonlar borki, ularni so‘zsiz "Millatning nuroniyi" deya alqaymiz. Bunday sharafli nom har kimga ham nasib etavermaydi. Bir umr millatga xizmat qilib o‘tayotgan, tabarruk yoshida ham yurtning faxriga aylangan, minglab shogirdlarni tarbiyalagan, el hurmat qiladigan quyidagi nuroniylarimizning qaysi biri "MILLAT NURONIYSI" nomiga ko‘proq munosib? Siz tanigan yana kimlarni shunday sharafli nom bilan atash mumkin? Bizga yozib yuboring. "Yil tanlovi — 2024" marosimida bu insonlar nomi, albatta tilga olinadi, mukofotlanadi. ➡️ OVOZ BЕRING VA FIKR BILDIRING ⬅️ Telegram | Instagram | You Tube | Facebook | X
📄uzdiplomat iqtibosi🖍 Musibat yomonlarning zulmida emas, yaxshilarning jim turishida. Martin Lyuter King, Afroamerikalik baptist rohibi, Amerika inson huquqlari faoli Telegram | Instagram | You Tube | Facebook | X
⚡️Uzdiplomat: Tramp va Putin uchrashuvi uchun neytral maydon Markaziy Osiyo davlatlari 2025 yilda AQSH prezidenti Donald Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasidagi ehtimoliy uchrashuvni o‘tkazish maydoni tanlovi ko‘pchilikning diqqat markazida. Ilgari Shveysariya neytral maydon sifatida ko‘rib chiqilgan bo‘lsa-da, hozirgi geosiyosiy voqealar uning bu maqomini susaytirdi. Shunday ekan, Markaziy Osiyo davlatlari bu rolni o‘ziga olishi mumkinmi? Nima uchun Markaziy Osiyo? Markaziy Osiyo geosiyosiy jihatdan AQSH va Rossiya uchun muhim hudud bo‘lib, mintaqada kuchlar muvozanati saqlanib kelmoqda. Bundan tashqari, ayrim davlatlar mustaqil tashqi siyosat olib borib, ikki tomon bilan hamkorlikni samarali yo‘lga qo‘ygan. Quyidagi mamlakatlar bu borada ehtimoliy nomzod sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin: Potensial nomzodlar: 🇰🇿 Qozog‘iston Qozog‘iston Markaziy Osiyoning eng yirik davlati sifatida katta diplomatik tajribaga ega. Nur-Sulton (Astana) xalqaro muzokaralar o‘tkazish bo‘yicha boy tajribaga ega, jumladan, Suriya tinchlik muzokaralari kabi yirik diplomatik jarayonlarga mezbonlik qilgan. Qozog‘istonning Rossiya bilan yaqin aloqalari va G‘arb bilan hamkorlikka intilishi uni neytral maydon uchun munosib nomzodga aylantiradi. 🇺🇿 O‘zbekiston O‘zbekiston keyingi yillarda tashqi siyosatda faol va muvozanatli yondashuvni namoyish etmoqda. Toshkent mintaqaviy diplomatik markaz sifatida o‘z nufuzini oshirib, turli xalqaro anjumanlar va sammitlarni qabul qilmoqda. O‘zbekistonning Rossiya va AQSH bilan hamkorlikka oid strategik maqomi bu mamlakatni sammit o‘tkazish uchun iste’dodli nomzodga aylantirishi mumkin. 🇹🇲 Turkmaniston “Betaraflik siyosati” Turkmaniston tashqi siyosatining asosiy tamoyili bo‘lib, bu uni diplomatik uchrashuvlar uchun tabiiy nomzodga aylantiradi. Ashxobod bir qator xalqaro tashabbuslarga mezbonlik qilgan va tashqi ishlarda doimiy muvozanatni saqlab kelmoqda. Ayni damda, Birlashgan Arab Amirliklari, Braziliya, Hindiston va Vengriya uchrashuv uchun nomzod davlatlar sifatida ko‘rilmoqda. Telegram | Instagram | You Tube | Facebook | X
Allamjonov xodimlari sudi 23 yanvarga qoldirildi Advokat Davron Saidov bu xodimlarga nisbatan qiynoq bo‘lgani, advokat olishga imkon berilmagani va qator qonuniy me’yorlar buzilganini OAVga so‘zlab berdi. Telegram | Instagram | You Tube | Facebook | X
Rahbarlarning korrupsiyaga moyilligini tekshirish taklif etildi O‘zbekistonda davlat xizmatchilarining korrupsiyaga moyilligini tekshirish amaliyotini joriy etish taklif etilmoqda. Bu haqida yozgan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burhonovning qayd etishicha, bu davlat xizmatiga adashib yoki noqonuniy boylik orttirish maqsadida kirib kelganlarni aniqlash, shuningdek, davlat idoralariga halol kadrlarni tanlab olish imkonini beradi. Mazkur yangi tizim rahbarlik lavozimlarda ishlayotganlar va ushbu lavozimlar uchun zaxirada turganlarning korrupsiyaga moyilligi darajasini baholash orqali amalga oshiriladi. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2022 yilning 1 yanvaridan amaldorlarning mol-mulki deklaratsiya qilinishi aytilgan {Facebook} bu chora hanuzgacha amalga oshgani yo‘q. Telegram | Instagram | You Tube | Facebook | X
«Yil tanlovi – 2024» «XALQ E’TIROF ETAYOTGAN ENG NAMUNALI MULOZIM» KIM? 🔹Asilbek Xudoyorov – SSV vaziri; 🔹Ulug‘bek Muhammadiyev – Prezident Xalq qabulxonasi rahbari; 🔹Sardor Umrzoqov – Prezident maslahatchisi; 🔹Alisher Sa’dullayev – Yoshlar ishlari agentligi direktori. Hozircha shu 4 nafar nomzod bu nominatsiyaga yetakchilik qilmoqda. Prezident ishonchini oqlagan, xalq hurmatini qozongan rahbar kadrlar bormi? Buni siz aniqlab berasiz? G‘oliblar "Yil tanlovi — 2024" tantanali marosimida rasman e’lon qilinadi. So‘rovnoma 10 yanvar soat 23:59 da yakunlanadi. G‘oliblar tanlov katta marosimida e’lon qilinadi. (Eslatma: So‘rovnomaga ta’sir o‘tkazish uchun turli botlar ishtiroki ham kuzatilmoqda.) ➡️ OVOZ BЕRING VA FIKR BILDIRING ⬅️ Telegram | Instagram | You Tube | Facebook | X
⚡️Respublikaning yetakchi nashrlari 2025 yilda qancha nusxada chop etilmoqda? RO‘YXAT E’LON QILINADI: Hozirda O‘zbekiston OAV orasida eng ko‘p nusxada chop etilayotgan nashrlar — "Postda", "Yangi O‘zbekiston", "Ishonch" va "Vatanparvar" gazetalari bo‘lib turibdi. 2025 yilning 9 yanvar holatiga ko‘ra: ➖ "Postda" - 46285 nusxa; ➖ "Yangi O‘zbekiston" - 38993 nusxa; ➖ "Ishonch" - 32 360 nusxa; ➖ "Vatanparvar" - 31 642 nusxa; ➖ "Jadid" - 12 569 nusxa; ➖ "Xalq so‘zi" - 12 620 nusxa; ➖ "Yoshlar ovozi" — 10385 nusxa; ➖ "Mahalla" - 7 950 nusxa; ➖ "XXI asr" - 5330 nusxa; ➖ "Hurriyat" - 4 034 nusxa; ➖ "Nurli jol" - 3678 nusxa; ➖ "Milliy Tiklanish" - 3060 nusxa; ➖ "Ma'rifat" — 3700 nusxa; ➖ "Narodnoye slovo" - 3 305 nusxa; ➖ "Adolat" - 3004 nusxa; ➖ "Ishonch - Doveriye" - 2475 nusxa; ➖ "O‘zbekiston ovozi" — 1700 nusxa; ➖ "Pravda Vostoka" — 1097 nusxada nashr qilinmoqda. Telegram | Instagram | You Tube | Facebook | X
O‘zbekistondan endi Xitoy, Rossiya va butun Markaziy Osiyo davlatlariga muntazam avtobus qatnaydi O‘zbekistondan Xitoy, Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlariga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi. Qayd etilishicha, mamlakatning turli hududlaridan quyidagi xalqaro yo‘nalishlarda avtobus qatnovlarini tashkil etish rejalashtirilmoqda: Qozog‘istonga: Buxoro – Turkiston; Urganch – Aktau; Farg‘ona – Olmaota (Tojikiston orqali). Tojikistonga: Samarqand – Dushanbe; Buxoro – Dushanbe. Qirg‘iz Respublikasiga Andijon – O‘sh; Andijon – Jalolobod; Andijon – Arslanbob; Kosonsoy – Jalolobod; Buxoro – Bishkek. Rossiyaga: Surxondaryo – Buxoro – Urganch – Nukus – Moskva; Urganch – Nukus – Ufa; Nukus – Krasnodar; Toshkent – Ufa; Toshkent – Krasnodar. Xitoyga: Nukus – Urganch – Buxoro – Urumchi. "Muntazam xalqaro yo‘nalishlarda avtobus tashuvlarini amalga oshirishni istagan tashuvchilar Transport vazirligiga xorijiy hamkorlar bilan paritet asosida kelishilgan holda murojaat qilishlari mumkin",- deyiladi vazirlik xabarida. Telegram | Instagram | You Tube | Facebook | X