Xalq Banki Info
Статистика✅ Халқ банки Коммуникациялар ва маркетинг департаменти расмий канали Банкимиз ҳақидаги хабарлар, янгиликлар, расмий муносабатлар, таҳлиллар ва бошқа маълумотлар 🌐 www.xb.uz 🔵 t.me/xalqbankinfo/ ⏺️ instagram.com/xalqbankinfo/ ☎️ 1106
- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 2
- Всего постов
- 32
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Маркетинг
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 537
- 1/48двое суток
- 615
- 1/72трое суток
- 663
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Moliyaviy xavflarni oldini olishga qaratilgan seminar o‘tkazildi ⏺ 11–12-avgust kunlari Xalq banki xodimlari uchun“Tijorat banklarida jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishni tashkil etish” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi. ⏺ Unda Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Markaziy bank mutaxassislari hamda Xalq banki xodimlari ishtirok etdi. Mashg‘ulotlar davomida: ➡️ korrupsiyaga qarshi kurashish ➡️ shubhali moliyaviy operatsiyalarni aniqlash ➡️ ichki nazoratni samarali tashkil etish va iqtisodiy jinoyatlarning oldini olish masalalari muhokama qilindi. ⏺ Seminar yakunida ishtirokchilar bilan ochiq muloqot va savol-javoblar o‘tkazilib, sertifikatlar topshirildi. 📨 Telegram | 🖼 Instagram
“Lolazor”da Xalq bankining ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish imkoniyati haqida gapirildi 🏦 Xalq bankining ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirishni boshlagani “Lolazor” podkastining navbatdagi sonida ham muhokama qilindi. 💬 Endilikda fuqarolar amaldagi ipoteka kreditlarini Xalq banki orqali qayta moliyalashtirish imkoniyatiga ega. 💬 Bu esa kredit yuklamasini kamaytirish va yanada qulay shartlarda to‘lovlarni davom ettirish imkonini beradi. 📨 Telegram | 🖼 Instagram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. — Cостоялся телефонный разговор Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева с Президентом Соединенных Штатов Америки Дональдом Трампом. #Mirziyoyev #muloqot #AQSh #hamkorlik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Xalq banki & xazna jamoasi BeFit Race 2026’da muvaffaqiyatli ishtirok etdi 📍 1-2-avgust kunlari Amirsoy dam olish maskanida an’anaviy BeFit Race 2026 musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda Xalq banki & xazna jamoasidan 30 nafarga yaqin xodim faol ishtirok etdi. 🔺 Bellashuv jismoniy tayyorgarlik, chidamlilik va jamoaviy hamjihatlikni sinovdan o‘tkazuvchi muhim sport tadbirlaridan bo‘ldi. 🏃♂️ Musobaqa davomida ishtirokchilar 3 va 5 kilometr masofalarda yugurish bilan birga 20dan ortiq turli murakkab to‘siq va sinovlarni muvaffaqiyatli bosib o‘tdi. 🙌 Xalq banki & xazna jamoasi musobaqada o‘zaro birdamlik va yuqori sport ruhini namoyon etdi. Har bir ishtirokchi marraga qadar kurashib, belgilangan yo‘nalishni muvaffaqiyatli yakunladi. 📨 Telegram | 🖼 Instagram
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
“Dolzarb 40 kunlik” doirasida Chinoz tumani mahallalarida o‘rganish ishlari olib borilmoqda 💬 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab berilgan aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda mahallalarda iqtisodiy faollikni oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida e’lon qilingan “Dolzarb 40 kunlik” doirasida joylarda tizimli ishlar davom ettirilmoqda. 💬 Mazkur jarayonlarda Xalq bankiga biriktirilgan respublika vakillari Chinoz tumanidagi ko‘rsatkichlari past bo‘lgan “Avg‘on” va “Chorvador” mahallalarida bo‘lib, ishsiz hamda kam ta’minlangan oilalar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. 💬 Uchrashuvlar davomida fuqarolarning mavjud muammolari, kasbiy qiziqishlari va bandlik imkoniyatlari o‘rganildi. Shuningdek, ularni doimiy ish bilan ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, imtiyozli kreditlar va bank xizmatlaridan samarali foydalanish orqali daromadlarini oshirish yuzasidan zarur tavsiyalar va tushuntirishlar berildi. 💬 Xalq banki tomonidan aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda fuqarolarning daromadlarini oshirishga qaratilgan manzilli ishlar izchil davom ettirilmoqda. 📨 Telegram | 🖼 Instagram
🎗Prezident Shavkat Mirziyoyev I darajali “Manas” ordeni bilan taqdirlandi. Qirgʻiz Respublikasining yuksak davlat mukofotini Prezident Sadir Japarov topshirdi. Davlatimiz rahbari ushbu mukofotni ikki xalq oʻrtasidagi koʻp asrlik doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik rishtalarini mustahkamlash borasidagi birgalikdagi sa’y-harakatlar, shuningdek, ikki davlat munosabatlarini ittifoqchilik darajasiga olib chiqish yoʻlidagi mushtarak intilishlarning yuksak eʼtirofi sifatida qabul qilishini taʼkidladi. 📌 “Manas” ordeni 1996-yilda taʼsis etilgan boʻlib, Qirgʻiz Respublikasining oliy davlat mukofoti hisoblanadi. 📨 Telegram | 🖼 Instagram
Xalq bankida korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida navbatdagi o‘quv seminari o‘tkazildi ➖ “Korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyati” hamda “ISO 37001 xalqaro standartiga muvofiq korrupsiyaga qarshi menejment tizimi va korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash hamda baholash” mavzusidagi seminar O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qilish akademiyasi vakillari hamda ekspertlar hamkorligida tashkil etildi. 🎙 O’quv seminari davomida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlar, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha amaldagi talablar yuzasidan ma’lumotlar berildi. 💬 Shuningdek, ISO 37001 xalqaro standartiga muvofiq korrupsiyaga qarshi menejment tizimining mazmun-mohiyati tushuntirilib, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash hamda ushbu yo‘nalishda tizimli ishlarni samarali tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berildi. 📨 Telegram | 🖼 Instagram
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
💬 “Payshanba – Yoshlar kuni” munosabati bilan Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida fermerlik va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida tadbirkorlik faoliyatiga qiziqadigan yoshlar uchun seminar tashkil etildi. 💬 Seminarda Xalq banki Samarqand viloyat mintaqaviy markazi mutaxassislari ishtirok etib, yoshlarni qishloq xo‘jaligi sohasida tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan kredit mahsulotlari, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari bilan tanishtirdi. 💬 Shuningdek, moliyaviy savodxonlikni oshirishga doir tavsiyalar berilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob qaytarildi. 📨 Telegram | 🖼 Instagram
видео или голосовое, без подписи
🏆 Xalq banki Korporativ Olimpiada g‘olibi! CoSports tomonidan korxona va tashkilot xodimlari o‘rtasida ilk bor Korporativ Olimpiada tashkil etildi. 🏓 Unda 35 ta kompaniya va tashkilotning 56 ta jamoasi suzish, yugurish, plyaj voleyboli, stol tennisi, shaxmat, kibersport, bouling hamda krossfit yo‘nalishlarida o‘zaro bellashdi. 🥇 Yakuniy medallar jamg‘armasi natijalariga ko‘ra, Xalq banki va xazna jamoasi umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egallab, Korporativ Olimpiada g‘olibiga aylandi. Jamoamizni ushbu natija bilan tabriklaymiz! 📨 Telegram | 🖼 Instagram
#BizningPrezident 🇺🇿 Tavallud kuningiz muborak bo’lsin, janob Prezident!
“Bank sohasidagi karyera kuni”: Xalq banki karyera imkoniyatlarini taqdim etdi 💬 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda tijorat banklari hamkorligida “Bank sohasidagi karyera kuni” mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. 💬 Yarmarka “Oʻzbekiston mehnat bozori transformatsiyasi: yangi tendensiyalar, asosiy oʻzgarishlar va innovatsion HR” mavzusidagi forum doirasida o‘tkazildi. 💬 Mazkur yarmarkada Xalq banki ishtirok etdi va mavjud vakant ish o‘rinlari, yosh mutaxassislar uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda bankda karyera qurish istiqbollari haqida ma’lumotlar berildi. 📨 Telegram | 🖼 Instagram
видео или голосовое, без подписи