Yangiyo‘l shahar hokimligi rasmiy telegram kanali
СтатистикаShahar hokimligi axborot xizmati https://www.facebook.com/yangiyulshahar https://www.youtube.com/@yangiyolshahar https://twitter.com/yangiyolshahar Yangiyol shahar hokimligining murojaatlar uchun telegram boti - @yangiyolshhokimligi_bot
- Последний пост
- 07:50
- Последнее чтение
- 10:52
- Постов за неделю
- 93
- Всего постов
- 820
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Видео
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 494
- 1/48двое суток
- 566
- 1/72трое суток
- 610
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga tashrif buyuradi. Davlatimiz rahbari hududda sanoat, ta’lim, transport, turizm va boshqa sohalarda amalga oshirilayotgan yangi loyihalar hamda yaratilgan infratuzilma bilan tanishadi. Shuningdek, bir qator yangi loyihalarni ishga tushirish va qurilishiga start berish rejalashtirilgan. Tashrif doirasida ertaga, 18-avgust kuni tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqot bo‘lib o‘tadi. — Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит Хорезмскую область. Глава нашего государства ознакомится с новыми проектами и созданной инфраструктурой в сферах промышленности, образования, транспорта, туризма и других. Планируется также введение в строй и запуск строительства ряда новых проектов. В рамках поездки завтра, 18 августа состоится очередной открытый диалог с предпринимателями. Facebook|Instagram|X
#fursat | 📌Yangiyo'l shahri “ISHONCH MAKTABI” O‘QUV-AMALIY SEMINARI ➡️ Bizni kuzatishda davom eting! Каналга уланиш: http://t.me/yangiyulshahar 🌟Telegram | 🌟Youtube|🌟Facebook | 🌟Instagram | 🌟Web-site
#shukuh Nurafshonning haqiqiy yuragiga aylanib borayotgan «Yangi O‘zbekiston» bog‘i, uning bag‘ridagi muazzam ko‘l va yangidan barpo etilgan favvoralar ansambli tungi Nurafshonga alohida shukuh va joziba bag‘ishlamoqda. Nurafshon Business City majmuasi bag‘rida 70 metr balandlikka otiluvchi musiqali favvora ansambli o'z ishini boshladi! Mo'jazgina ko‘l bag‘rida suv, rangli chiroqlar va musiqa uyg‘unligidagi betakror tomosha sizni kutmoqda. Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Nurafshon ahli va shahar mehmonlariga munosib tuhfa bo‘ldi! Aziz hamyurtlar, viloyatimiz ahli! Yaqinlaringiz, oilangiz, farzandlaringiz va do‘stlaringiz bilan Nurafshonga tashrif buyuring. Yangi shahar qiyofasini ko‘ring, favvoralar jilosidan, marvarid tomchilar havosidan bahra oling, zavqlaning! 🕗Har kuni | 20:00–22:00 📌Manzil: Nurafshon Business City, “Yangi O‘zbekiston” bog‘i ✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram
👍 Тошкент вилояти Янгийўл шаҳрида яна бир кибержиноят фош этилди 📱Telegram | 📱Youtube |📱Instagram | 📱 Facebook
📌 FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILDI Yangiyo‘l shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi binosida markaz direktori tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi. Qabul davomida fuqarolarning ijtimoiy himoya, ijtimoiy xizmatlardan foydalanish hamda turli masalalarga oid murojaatlari tinglandi. Har bir murojaatga alohida e’tibor qaratilib, fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan muammolarni o‘rganish va ularni amaldagi tartibda hal etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi. Shuningdek, murojaatlarning ijrosini ta’minlash, fuqarolarga zarur ko‘mak va maslahatlar ko‘rsatish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. 🤝 Fuqarolar murojaati — e’tibor va amaliy yechim markazida. ➡️ Bizni kuzatishda davom eting! Каналга уланиш: http://t.me/yangiyulshahar 🌟Telegram | 🌟Youtube|🌟Facebook | 🌟Instagram | 🌟Web-site
Yangiobod mahallasida zamonaviy sayilgoh barpo etilmoqda Yangiyo‘l shahrining Yangiobod mahallasi hududidan o‘tuvchi temir yo‘l bo‘yida aholi uchun qulay, zamonaviy va ko‘rkam dam olish maskanini yaratish maqsadida keng ko‘lamli obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Xususan, hududda zamonaviy sayilgoh barpo etilib, aholi, ayniqsa, yoshlar va oilalar uchun maroqli hordiq chiqarish imkoniyatlarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. ➡️ Bizni kuzatishda davom eting! Каналга уланиш: http://t.me/yangiyulshahar 🌟Telegram | 🌟Youtube|🌟Facebook | 🌟Instagram | 🌟Web-site
Nizoli oilalar bilan ochiq muloqot tashkil etildi Yangiyo‘l shahar Mezon mahallasida nizoli hamda ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Unda Yangiyo‘l shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi, shahar Ichki ishlar bo‘limi hamda Oila maktabi mas’ullari ishtirok etdi. Muloqot davomida oilaviy ajrimlarning salbiy oqibatlari, uning farzandlar tarbiyasi, oiladagi ruhiy muhit hamda jamiyat barqarorligiga ta’siri haqida atroflicha fikr almashildi. Shuningdek, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, er-xotin o‘rtasida o‘zaro hurmat, ishonch va mehr-oqibatni mustahkamlash yuzasidan zarur tavsiya va tushuntirishlar berildi. Samimiy suhbatlar davomida oilalardagi mavjud muammolar tinglanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar bildirildi. Eng quvonarlisi, olib borilgan tushuntirish va murosaga chaqiruvchi suhbatlar natijasida 2 ta oilada yarashuvga erishilib, oilaviy totuvlik tiklandi. Bunday muloqotlar oilalarni mustahkamlash, ajrimlarning oldini olish hamda farzandlar uchun sog‘lom va barqaror oilaviy muhitni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. ➡️ Bizni kuzatishda davom eting! Каналга уланиш: http://t.me/yangiyulshahar 🌟Telegram | 🌟Youtube|🌟Facebook | 🌟Instagram | 🌟Web-site
YANGIHAYOT MAHALLASIDA YANGI MAKTAB QURILISHI O‘RGANILDI Toshkent viloyati prokurori o‘rinbosari N.A.Abdullayev Yangiyo‘l shahrida bo‘lib, Yangiyo‘l shahar prokurori E.Sanokulov bilan birgalikda Yangihayot mahallasi hududida bunyod etilayotgan umumta’lim maktabi binosining qurilish jarayonlarini o‘rgandi. O‘rganish davomida maktab binosining qurilish ishlari, loyihada belgilangan vazifalarning bajarilishi hamda ishlarning belgilangan muddatlarda yakunlanishi bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, qurilish jarayonida aniqlangan ayrim kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish, bajarilayotgan ishlarning sifatini ta’minlash hamda qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda yakunlab, foydalanishga topshirish yuzasidan mas’ul quruvchi tashkilotlarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi. Mazkur maktabning foydalanishga topshirilishi Yangihayot mahallasida istiqomat qiluvchi aholi, xususan, yosh avlod uchun zamonaviy va qulay ta’lim sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi. ➡️ Bizni kuzatishda davom eting! Каналга уланиш: http://t.me/yangiyulshahar 🌟Telegram | 🌟Youtube|🌟Facebook | 🌟Instagram | 🌟Web-site
#Uzum_sayli “Uzum sayli” xalqaro festivaliga 6 kun qoldi! Manzil:Parkent tumani, Zarkent qishlog‘i. Sana: 21-22-avgust kunlari. 📍Joylashuv manzili ✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
M-34 xalqaro avtomagistralida yo‘l chiziqlari yangilanmoqda Ayni damda Yangiyo‘l shahri hududidan o‘tuvchi Toshkent–Dushanbe M-34 xalqaro avtomagistral yo‘lida yo‘l yotiq chiziqlarini chizish ishlari olib borilmoqda. Mazkur ishlar avtomobil yo‘llarining harakat xavfsizligini ta’minlash, yo‘l belgilari va chiziqlarining ko‘rinishini yaxshilash hamda haydovchilar uchun yanada qulay va xavfsiz sharoit yaratishga qaratilgan. Haydovchilardan yo‘l ta’mirlash va chiziqlarni yangilash ishlari olib borilayotgan hududlarda ehtiyotkorlikni oshirish, belgilangan tezlik me’yorlariga rioya qilish hamda yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga amal qilish so‘raladi. ➡️ Bizni kuzatishda davom eting! Каналга уланиш: http://t.me/yangiyulshahar 🌟Telegram | 🌟Youtube|🌟Facebook | 🌟Instagram | 🌟Web-site
🇺🇿 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Yangiyo‘l shahrida yangi terapiya bo‘limi foydalanishga topshirildi 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan xalqimizga munosib bayram tuhfasi sifatida Yangiyo‘l shahar Sog‘liqni saqlash bo‘limi tasarrufidagi markaziy shifoxonada xo‘jalik hisobidagi 14 o‘rinli terapiya bo‘limi o‘z faoliyatini boshlaydi. Yangi bo‘lim aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish, fuqarolar uchun qulay va zamonaviy tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi. Mazkur xo‘jalik hisobidagi bo‘lim terapevtik yo‘nalishdagi kasalliklarni tashxislash, davolash va bemorlarga zarur tibbiy yordam ko‘rsatishga ixtisoslashtirilgan. Bo‘lim faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025-yil 27-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi davlat tibbiyot muassasalarida pullik xizmat ko‘rsatishni tashkil etish va tartibga solish to‘g‘risida”gi 363-son buyrug‘i talablari asosida tashkil etildi. Yangi bo‘limning ishga tushirilishi Yangiyo‘l shahri aholisi uchun tibbiy xizmatlarning qamrovini kengaytirish, sifatli va malakali tibbiy yordamdan foydalanish imkoniyatlarini yanada yaxshilashga xizmat qiladi. ➡️ Bizni kuzatishda davom eting! Каналга уланиш: http://t.me/yangiyulshahar 🌟Telegram | 🌟Youtube|🌟Facebook | 🌟Instagram | 🌟Web-site
📢 DIQQAT, E'LON! Hurmatli Yangiyo‘l shahri aholisi! 📅 Joriy yilning 15-avgust kuni soat 11:00 da Yangiyo‘l shahar "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi binosida markaz direktori tomonidan navbatdagi sayyor qabul o‘tkaziladi. ✅ Sayyor qabul davomida fuqarolar o‘zlarini qiziqtirayotgan masalalar, muammolar va takliflarni bevosita markaz direktoriga yetkazish, murojaatlariga javob olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 🤝 Barcha fuqarolarni sayyor qabulda faol ishtirok etishga taklif etamiz! 📍 Manzil: Yangiyo‘l shahar "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi. Yangiyo‘l shahar "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi ➡️ Bizni kuzatishda davom eting! Каналга уланиш: http://t.me/yangiyulshahar 🌟Telegram | 🌟Youtube|🌟Facebook | 🌟Instagram | 🌟Web-site
🚨 DIQQAT, DIQQAT E’LON! 🗣TOSHKENT VILOYATI FAVQULODDA VAZIYATLAR BOSH BOSHQARMASIGA ISHCHI-XIZMATCHI LAVOZIMLARIGA ISHGA VA VOLONTYORLIKKA KIRISH ISTAGIDA BO'LGAN NOMZODLAR QUYIDAGI SO'ROVNOMA ORQALI RO'YXATDAN O'TISHI MUMKIN: 👉 Ro'yxatdan o'tish uchun havola Etibor bering!!! Nomzodga oid ma'lumotlar to'g'ri va aniq kiritilishi lozim.
без подписи
без подписи