Akrom Malik
СтатистикаBizga @Akrom_Malikka_maktubBot orqali xat yozishingiz mumkin.
- Последний пост
- 17:13
- Последнее чтение
- 08:31
- Постов за неделю
- 18
- Всего постов
- 39
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 1 055
- 1/48двое суток
- 1 209
- 1/72трое суток
- 1 303
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Kitobxonlar uchun yana bir ajoyib sovg‘a! 🎁 📚 “Tavfiq” nashriyotining istalgan kitobini xarid qiling va “Hayrat ul-Abror” kitoblarini sovg‘a sifatida oling! Sevimli kitobingizni xarid qilish bilan birga, Alisher Navoiyning bebaho merosidan bahramand bo‘lish imkoniyatini ham qo‘ldan boy bermang. ✨ 📍 Aksiya faqat “Qamar” kitob do‘konlaridagi oflayn xaridlar uchun amal qiladi. 🔥 “Tavfiq” nashriyotidan qaysi kitobni tanlagan bo‘lardingiz? @qamarbooks
Акром Малик дўконимизда ўз китобларини бепул тарқатиб, дастхат ёзиб бериб, камига мақтовни ҳам ўзимизга ташлаб кетибди. https://t.me/AkromMalikUz/1120 Акром Малик асарлари катта шуҳратга эришди. Китобхонлар "Ҳалқа" ва "Жангчи"ни бозор нархидан анча қимматга сотиб оламан деб қидириб юради. Лекин, йиллардирки бу китобларни чоп қилишга рухсат тегмаяпти. Охирги рухсат ҳам президентга очиқ мурожаатдан кейин берилган эди. Умид қиламан-ки, Акром Маликнинг китоблари учун ҳам озодлик кунлари келади. Умид қиламан-ки, ёзувчилар китоб ёзишдан бошқа тирикчилик излаб юрмайдиган кунлар ҳам келади. Умид қиламан-ки биз ҳам ўша кунларни ўз кўзларимиз билан кўрамиз.
👉 Boshlanishi Kimgadir uning nurlari yoqmasa ham kerak. Ko‘rshapalakning ko‘zi nurdan bezgandir. Shu sababli “Qamar” ichidagi chiroqlarni kimdir o‘chirib ketar, balki ko‘tarib ketar. Lekin bu chiroqlar yurakka yoqilgan bo‘lsa, ularning harakatlaridan ular uchun biror natija yo‘q. “Hayratul abror”ga yozilgan sharhning 2022-yilgi nashridan qolgan biroz qismi bor edi, shuni imzo bilan kitobxonlarga tarqatdik, “Qamar” bu borada ko‘makchi bo‘ldi. “Qamar” bu san’at asaridir. Bunga bugun maza qilib guvoh bo‘ldim – ish boshqaruvchilari, sotuvchilari, kitobni tashuvchilari, xullas, har bir xodim kitobni sevadi! Hech kim adashib unga kirib qolmagan. Ma’rifatga oshiqlarni “Qamar”ga jamlab qo‘yish san’at emasmi, axir? Aytilsa, biror ishni qilish, unga qadar jim o‘tirishni nima desak bo‘ladi? Bersang, yeyman; ursang, o‘laman deganimi bu? Ammamning buzog‘i bo‘lishmi bu? It yotish, mirza turishmi? Nima deb atalsa ham, bu zaiflik demakdir. Lekin ichdan olov yonsa-chi? O‘zi sevgan kasbni o‘zi yonib topsa-chi? Shu ishni muhabbat ila bajarsa-chi? Ana shudir millatni uyg‘otadigan asl quvvat! “Qamar” ana shu quvvatning bulog‘idan chiqqan. “Qamar” haqida uning ta’sischisiga hech kim o‘rgatmagan, hech kim amr bermagan, hech kim, hatto yo‘l ko‘rsatmagan. Ichdagi olov sababli bu nur paydo bo‘lgan. Shu nur, shu mehr, shu shavqni har bir qalbi uyg‘oq sezishi kerak. Va Yangi O‘zbekistonga kim xizmat qilmoqda, uning yangi ekanligini kim tasbit etmoqda. “Qamar”ni bir misol qilsak bo‘ladi. Va mukofotlarni ham shundaylarga berish kerak. Akrom MALIK
So‘zimni Allohning ismini zikr qilgan holda ko‘z tegmasin deb boshlayman. Xalqqa xizmat qiladiganlar haqida gapirish biram maroqli. Chunki ular millat haqidagi yoqimsiz tasavvurlarni yo‘qqa chiqaradilar, mukofot va maqtov tama qilmasdan qilgan ishlari bilan dushmanlarning ko‘ziga tuproq sochishadi. Elning iqboli haqida umidvor bo‘lishga yetaklaydi. Ular o‘zining barcha yaxshi sifatlari va xulqlari bilan qalblarning muhabbatini qozonadi. Menimcha, Yangi O‘zbekistonni ana shunday millatiga shaydoyi, xalqiga fidoyi, haqiqatning gadoyi bo‘lgan yigitlar qurishadi. Menimcha, shulardan biri “Qamar” fenomeni bo‘lsa kerak. “Qamar” bilan 2020-yilning kuzidan beri bevosita tanishman. “Qamar”ning nuri xalqimiz xonadonlarini, minglab odamlar qalbini munavvar etib kelayotgani shohidiman. “Qamar” bu shunchaki pul topish vositasi emas. Uni kitobdan pul topaman degan odam qurmadi. Pul topaman desa, kitobdek mashaqqatni yelkaga olish shart emas edi, shunchaki, chetdan latta-putta opkelsa, pulning tagida qolish imkoni yetarli. “Qamar” kitob bilan xalqning ko‘zidagi zulmatni ketkazaman degan himmat ila porladi. “Qamar”ning jasorat va haqiqat oshig‘i ochdi. U kerak o‘rinda haqqini qanday talab qilishni biladi. Haqiqatni gapirishdan chekinmaydi. “Qamar” fenomeni ortida sadoqat turibdi. Bu do‘stlarga, xodimlarga, ota-onaga, oilaga, asosiysi, yo‘lga sadoqatdir. Hech qachon xiyonatni bilmaydigan bir manbadan porlagan bu “Qamar”. 👉 Davomi
👉 Boshlanishi Qarang, qanday kitoblar bor: 1. FAYZUL-FURQON. Qur’oni karimning yangi o‘zbekcha tarjimasi. Oldingi tarjimalarning eng yaxshi fazilatlarini o‘zida jamlagan ishonchli tarjima. 2. ASH-SHAMOIL AL-MUHAMMADIYYA. Hazrati Imom Termiziyning bu jahonga mashhr kitobi eng go‘zal sharh va fiqhiy izohlar bilan boyitilgan, ishonchli tarjima. Bu kitob O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan arab va o‘zbek tillarida podshohona nashr etilib, Iordaniya podshohiga sovg‘a qilingan. . 3. HAZRATI QUSAM IBN ABBOS – SHOHI ZINDA (roziyallohu anhumo). Bu kitob O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan arab tiliga tarjima qilinib, arab va o‘zbek tillarida podshohona nashr etilgan va Iordaniya podshohiga sovg‘a qilingan. 4. Bobur. KULLIYOT. 6 jldlik. 1-jild DЕVON. 2-jild “Mubayyan va nasriy bayoni”. 3-jild “Aruz risolasi”. 4-jild Boburnoma – Farg‘ona davri voqealari. 5-jild Boburnoma – Kobul davri. 6-jild Boburnoma – Hindiston davri. 5. TASAVVUF VA GO‘ZALLIK. Avliyolar – Alloh do‘stlarining yo‘li bo‘lmish TASAVVUF ta’limoti haqida dilkan suhbatlardan iborat sevimli kitob. 6. HAQIQIY SЕVGI – Alloh sevgisi. Ilohiy Muhabbat yo‘llarini o‘rgatadigan sevimli kitob. 7. MURSHIDI KOMIL HIKMATLARI. Saralangan himatli so‘zlar. Inson ma’rifat, muhabbat, ixlos yo‘llarini o‘rgatadigan sevimli kitob. 8. RISOLAI VOLIDIYYA NAZMIY TARJIMASI VA SHARHI. Buyuk Shayx va avliyo Xoja Ahrori Valiy hazratlari asarining nazmiy tarjimasi va go‘zal sharhi. Qalbni uyg‘otadigan sevimli kitob. 9. HAYOT SADOLARI. Mirzo Kenjabekning yangi ruhdagi va Ilohiy ishq mavzuyidagi she’r va ruboiylari. 10. NOMUS JANGGOHI. Mirzo Kenjabekning erk va ozodlik kurashlari aks etgan mashhr she’rlari. 11. OZOD QALB. O‘zbek xalq yozuvchisi Shuhratning qamoqdagi hayoti. Ta’sirchan va sermazmu kitob. 12. RISOLAI SUJUDI SAHV. Namozda sahvga yo‘l qo‘yganda qaanday sajdai sahv qilinishi haqida eng ishonchi va sevimli kitob. 13. MUKAMMAL KO‘RGAZMALI TAJVID: Qur’on o‘qishni va yodlashni o‘rganuvchilar uchun sevimli kitob. . 14. MUTASHOBIHOT. (Lafzan bir-biriga o‘xshagan oyatlar.) Qur’on qoriylari uchun foydali va sevimli kitob. 15. FUZULIY. O‘zbek xalqining o‘z sevimli shoiriga aylanib ketgan buyuk ozarbayjon shoirining Tanlangan asarlari. Arba’iyn – QIRQ HADIS nazmi o‘rin olgan. 16. MAXTUMQULI. O‘zbek xalqining o‘z sevimli shoiriga aylanib ketgan buyuk turkman shoirining Tanlangan asarlari. Turkman tilidan o‘zbek tiliga tarjima. Bu kitobni O‘zbekiston Prezidenti Turkmaniston Prezidentiga sovg‘a qilgan. 17. DUO. AVRODI SHARIF. Qur’oni karim va eng sahih hadislarda kelgan duolar. Dunyodagi duo va vird kitoblarining eng afzali va eng ishonchlisi. Unda Allohning go‘zal ismlari va ularning ma’nolari ham jamlangan. Menimcha, bu kitoblarning har birida bir qiymat bor, agar har biridan bittadan olsak, ham katta boylikka ega bo'lamiz. Boylar ham himmatini ko'rsatishsa bo'lardi — olib talabalarga, ilm muxlislariga sovg'a qilishsin. Sadaqayi joriya bo'lur edi! Ochig'i, murojaat uchun aniq bir odam manzilini topmadim, shu botga yozsangiz bo'ladi deb o'ylayman: 👉 @xojagonkitoblaribot Bu xitobni ko'pchilikka yetib borishi uchun hissa qo'shingizlar!
Assalomu alaykum! Bugun Sizlarga shayx Mirzo Ahmad Xushnazar Termiziy haqida aytib beraman. Bu kishining ismi — Mirzo Kenjaboyevdir. Mirzo aka 1956-yil 20-fevral kuni tug'ilgan. Surxondaryoda. Sariosiyo tumanida. Mehnat degan qishloqda. Qishloq nega bunday nomlangani menga noma'lum, lekin asl nomi, har holda, boshqacha bo'lsa kerak. Chunki mehnat qizil imperiyaning siyosiy vositasi edi. Balki bir qadim qishloq nomini mehnat deb o'zgartirgandir — menga qorong'u. Lekin anig'i, Mirzo aka shu qishloqda tug'ilgan. Va yana anig'i, Surxondaryo — ma'rifat daryosi. Avliyolar diyori. Sahobalarning yurtimizda ilk qadami yetgan tuprog'i. Shu qadar ko'p valiylar dafn etilganki, Payg'ambarimizning , sollallohu alayhi va sallam, isi kelib turadi go'yo. Termizning tarixdagi mashhur nomlaridan biri "Madinatur rijol", ya'ni chinakam erkaklar shahri ekan. Dushmanga sira ham taslim bo'lmaydigan yigitlar makoni ekan-da, Termiz. Surxondaryo alohida qissa, Mirzo aka shu qissaga ajoyib bo'lib kirib kelayotgan qahramonlardan. Mirzo aka, eng avvalo, shoir. Noyob iste'dod. So'z sohibi. Zargar bo'lishi kerak bo'lsa, so'zning haqiqiy zargari shu odam. She'rlari rosmana she'r — hikmat bulog'i. Mirzo aka zo'r shoir bo'lib, shu bilan cheklansa bo'lardi. Ammo himmatni buyuk qildi — 40 dan oshganda bo'lsa kerak, Toshkentagi Islom oliy ma'hadida tahsil oldi, arab tilini o'rganib, din ilmlariga sho'ng'idi. Ulug' pirlar etagini tutdi. Natijada, uzoq yillik riyozat va ixlosli mehnat oqibatida bugun "Fayzul Furqon" degani tafsir muallifi bo'ldi. Mirzo aka — yurtimizning sanoqli oriflaridan. Qalbida Vatan qayg'usi, millat sevgisi bo'lgan mardlardan. Diyonat yukini mardona bo'lib, yelkasiga olgan zotlardan. Mirzo akaning Mirzo Ahmad Xushnazar Termiziy degan taxalluslari ham bor. Mirzo akaning ilmi, mehnati bir necha kitoblarga jo bo'lgan. Ne baxtki, shu kitoblardan bir qanchasi hamon mavjud ekan. Afsus, u kitoblardan kitobxon xalqimiz bexabar va bebahra. Tasodifan, o'sha kitoblar ro'yxati qo'limga kelib tushdi va buni Sizlarga ulashishga qaror qildim. Shu bahona Mirzo aka haqida bilganlarimni ham yozdim. 👉 Davomi
#Адабий_клуб «Шарқ юлдузи» журнали қошида ташкил этилган адабий клубимизнинг навбатдаги йиғинида Навоий ҳазратлари ижоди ҳақида суҳбатлашдик. Бу галги суҳбатимиз меҳмони — навоийшунос олим, шоир ва ёзувчи Акром Малик бўлди. Суҳбатда Алишер Навоий ҳазратларининг «Қизил, сориғ, яшил» радифли ғазали мисолида рангларнинг рамзий ва руҳий маънолари, ишқ ва тасаввуф уйғунлиги, шоирнинг бадиий тафаккури ҳақида фикр юритилди. Акром Маликка суҳбат учун ажратган вақтлари, биз билан ўртоқлашган қимматли фикр ва маълумотлари учун самимий миннатдорлик билдирамиз. Бизни кузатиб боринг: Telegram| Facebook | web-sayt
без подписи
без подписи
Kitobxonlar uchun maxsus uchrashuv! 🔔 🎉 O‘z asarlari bilan kitobsevarlarimiz qalbidan joy olgan yozuvchi Akrom Malik ishtirokida 15-avgust, soat 15:00 dan 17:00 ga qadar, Chorsu filialimizda “Dastxat kuni” tashkil etiladi. Do‘konimizga tashrif buyurib, dastxat tushirilgan “Hayrat ul-Abror” kitoblarini olish imkoniga ega bo‘lasiz! 🔥 Akrom Malikning qaysi asarlarini sevib o‘qigansiz? @qamarbooks
без подписи
Kitobxonlar uchun maxsus uchrashuv! 🔔 🎉 O‘z asarlari bilan kitobsevarlarimiz qalbidan joy olgan yozuvchi Akrom Malik ishtirokida 15-avgust, soat 15:00 dan 17:00 ga qadar, Chorsu filialimizda “Dastxat kuni” tashkil etiladi. Do‘konimizga tashrif buyurib, dastxat tushirilgan “Hayrat ul-Abror” kitoblarini olish imkoniga ega bo‘lasiz! 🔥 Akrom Malikning qaysi asarlarini sevib o‘qigansiz? @qamarbooks
Hammasi tinch, hammasi sokin, Fitna ham yoʻq, yoʻq erur fasod. Ammo kelgach juhhol toʻdasi, Sakiynatlar topadi kasod. Shayton bilan hamtovoq zotlar, Foyda-zarar nedir — bilmagan. Qurish yoʻqdir, buzishdan boshqa Qoʻllaridan hech ish kelmagan. Kerak boʻlsa, senga baxt-iqbol, Johillardan uzoqlashgil tez. Hatto boʻlsa tomiring bogʻliq, Shu tomirni ayamasdan kes. Akrom MALIK
Suhbatga 9 kun qoldi.
Akrom Malik bilan ushbu kanalda biror mavzuda, masalan, “Gunohlar va tavbalar” degan mavzuda suhbat boʻlsa, ne deysizlar deb soʻrasak, ha, qatnashamiz, shu suhbat kerak, shunaqa suhbat qachon boʻlarkan deb koʻzimiz juda uchayotuvdi deganlar 100 dan oshib ketdi. Endi odamlarning koʻzi uchib turgan ekan deymiz-da, suhbat qilamiz, azizlar) E’lon: 22-avgust soat 20:00da boshlanadigan GUNOHLAR va TAVBALAR suhbatiga marhabo! Suhbat shakli: online, telegramda — Akrom Malik kanalida. Rejasi: 1. Akrom Malik ma’ruzasi, power point yoki canvada taqdimot — 20 daqiqa. 2. Savol-javob — 20 daqiqa: savollar 30 soniyada ogʻzaki beriladi. Kechiksangiz, suhbatdan qolib ketasizlar. Yaxshi gaplar boʻladi deb umid qilamiz. 300 kishi qatnashib bersa, keyinroq KATTA va KICHIK ODAMLARNING FARQI degan mavzuda ham bir gaplasharmiz balki)
👉 Boshlanishi Yaqin tarixda “Eski o‘zbek yozuvi” nomli maxsus qo‘llanmalar ham nashr qilingani ma’lum, ular hozir ham amalda. Arab imlosiga asoslangan yozuvni nomlash yuzasidan tadqiqotchilar orasida muhokamalar bo‘lgani shubhasiz. Zero, o‘tgan turli davrlarda bu yozuv va tilga nisbatan “eski o‘zbek yozma adabiy tili”, “eski turkiy til”, “eski o‘zbek tili”, “eski o‘zbek tilining klassik bosqichi”, “eski o‘zbek klassik yozma adabiy tili”, “chig‘atoy turkchasi”, “klassik chig‘atoy tili” va shu kabi ko‘plab nomlar bilan atalgani kuzatiladi. Nima bo‘lganida ham xun-runikdan keyin, uyg‘ur yozuvi bilan yonma-yon, parallel qo‘llangan yozuvni har qanday vaziyatda arabiy alifbo birlashtirib turadi. Shu birlik negizida paydo bo‘lgan manbalarning tili va yozuviga nisbatan “eski”ni qo‘llash noo‘rin. Tanqid oson, yechimi qanday? Menimcha, “eski”dan voz kechib, “mumtoz”ni qo‘llash lozim. Qolaversa, ayrim ilmiy adabiyotlarda “klassik” ham qo‘llanibdi. Bizda “eski o‘zbek tili” atamasiga o‘xshagan “eski o‘zbek adabiyoti” ta’biri deyarli ishlatilmaydi. Bir dunyoda muayyan bir millat borlig‘i va birligini milliy tili va adabiyoti belgilab beradi. Ular — et bilan tirnoq, birini ikkinchisidan ajratib bo‘lmaydi. Birini “eski” va ikkinchisini “mumtoz” tarzida nomlash o‘rinli emas, menimcha. “O‘zbek mumtoz adabiyoti” atamasi bugun muomalada faol ekan, shunga muvofiq “o‘zbek mumtoz yozuvi”, “o‘zbek mumtoz tili” tarzida nomlash har jihatdan o‘rinli, deb o‘ylayman. Kimdir N.Erkilmann, A.Frezkayner yoxud D.Sekretaya kabi dunyoga mashhur sotsioprotlingvistlardan iqtiboslar olib, balki bu gapga e’tiroz bildirishlari ham mumkin. Aslida ilmda fikr o‘zgarishi, rivojlanish va taraqqiyotni inobatga olish muhim. Menimcha, aslida “eski”dan voz kechishni taraqqiyot deb hisoblab bo‘lmaydi. Bunga o‘zlikni anglash, o‘z-o‘zini kamsitish va pastga urishdan voz kechish deb qarash o‘rinlidir. To‘g‘risi, bir sidra qaraganimda “eski” yoki “qadimgi nemis tili, alifbosi”, “qadimgi rus” yoki “eski rus tili va alifbosi” tarzidagi atamalar ilm-fan iste’molidan o‘rin olibdi. “Qadimgi”, “eski”, “yangi” kabi sifatlar dunyo tillari tasnifi va yoki tarixini davrlashtirishda ham bor. Bu dalilni ko‘pchilik biladi. Ammo dunyoda o‘sha toifadagi qator tillarga tegishli “eski alifbo” – uning eskicha shakldagi ko‘plab harflari bugun amalda emas. Ayni voqelikdan farqli o‘laroq bugun biz “eski yozuv” degan alifbodan hozir ham dunyoning ayrim mamlakatlari aholisi, xususan, afg‘onistonlik, arabistonlik o‘zbeklar, uyg‘urlar amalda foydalanishadi. Bu esa alifboning “eski” emas, balki, “tabarruk” va “mumtoz” ekanini ko‘rsatadi. “Mumtoz” so‘zi “saralangan, ajratilgan” ma’noni anglatadi. XX asrda mumtoz yozuv umriga barham berildi, mumtoz yozuv yangi zamondan ajratildi. Holbuki, ayni yozuvda o‘zbek mumtoz adabiyotining eng sara — saralangan bebaho asarlari yozilgani aslo inkor qilib bo‘lmaydigan haqiqatdir. Holbuki, ko‘pasrlik o‘zbek mumtoz adabiyoti o‘zbek mumtoz yozuvi va o‘zbek mumtoz tili hamda betakror poetik tafakkuri mahsulidir. Darvoqe, bu fikrga qo‘shilmaydigan kimdir odatdagidek “hissiyotga berilmang” deyishi ham mumkin. Aslida hissiyot – bebaho tuyg‘u. Muammolar his qilish, anglash, tuyg‘ulanish va haqiqatni tuyish ortidan yechim topadi. Jadidlar yangilikni, yangilanishni, o‘rinli taklif va mulohazalarni xush ko‘rishar edi. Xo‘sh, siz nima deysiz, “eski”mi yo “mumtoz”? Bahodir NURMUHAMMAD *** Akrom Malikdan ildirgi: Ustozning mulohazasidan ilhomlanib, "Turkiy alifbo tahsili" deb nomlangan loyihamizni "Mumtoz yozuv tahsili" deb atash istagi tug'ildi, nima deysizlar? Ushbu matnga ilova qilingan videoda 3-sinf o'quvchilarimizdan bo'lgan Nargiza Xudoybergan Sayfi Saroyi hazratlari qalamiga mansub "Turkiy Guliston" kitobi qo'lyozmasidan 3-bob, 5-hikoyatni o'qimoqdalar (164-165-bet). Hikoyat Ardasher bobokon siyratindan bir kunda yuz dirham vazndan ortiq yemak yemoqlikning zarari haqidadir. Mumtoz yozuvda mumtoz matnni o'qimoq shundoq bo'lur!
Ustoz adabiyotshunos, filologiya fanlari doktori, professor Bahodir Karim ajdodlarimiz qo'llagan turkiy alifboni eski emas, mumtoz deb atashni taklif etmoqdalar. Bu haqida batafsil o'qing: “ESKI”MI yo “MUMTOZ”? Keyingi yillarda jadidlar ijodi va vaqtli matbuotiga murojaatlar kuchaydi. Bu bir asrlik tarixiy manbalar bilan mashg‘ul bo‘lganlar o‘sha davr yozuvini bilishi, ularni o‘qishi, yangi ma’lumotlar uchraganida quvonishi tabiiy bir hol. Jadidlar va ulardan avval yozilgan tarixiy-adabiy asarlar tahlil va talqin mahali “eski o‘zbek yozuvi”, “arab imlosiga asoslangan o‘zbek eski yozuvi”, “arab alifbosidagi eski yozuv”, “eski o‘zbek tili” kabi ta’birlar ishlatiladi. To‘g‘risi, o‘n asrdan ko‘proq muddatda amalda bo‘lgan yozuvga tegishli bu atama-birikmalar haqida o‘ylanib qoldim. O‘yimni tilimiz tarixi bilimdonlariga aytdim. Ularning ayrimlari ham mening holimga tushishdi. O‘ylanishdi. Beixtiyor masala yechimini til siyosatiga, o‘tmishdagi bebaho adabiy-ma’naviy merosni zamondan ajratishga uringan mafkura korchalonlari ustiga yuklash, til va yozuvga siyosiy tus berish tarafdorlari ham bo‘ldi. To‘g‘ri, o‘ris tilida yozilgan “Grammatika starouzbekskogo yazika” tipidagi kitoblar ham yo‘q emas. Ammo bugungi kunda o‘zbek olimlarining darslik va o‘quv qo‘llanmalarini “eski” ta’biri bilan nomlash hollari ko‘p uchraydi. Zotan til tarixi kitoblarida aynan “eski” atamasi bilan bog‘liq juda ko‘p harxilliklar bor. Oliy o‘quv yurtida o‘qitiladigan kurs ham “Eski o‘zbek yozuvi va tili” deb ataladi. Bunday nomlanish talabada mumtoz adabiy-ma’rifiy merosga nisbatan allaqanday begonasirash va oraliq masofani uzoqlashtirish kayfiyatini uyg‘otadi. 👉 Davomi
Akrom Malik bilan ushbu kanalda biror mavzuda, masalan, “Gunohlar va tavbalar” degan mavzuda suhbat boʻlsa, ne deysizlar? Suhbat shakli: online, telegramda — Akrom Malik kanalida. Rejasi: 1. Akrom Malik ma’ruzasi, power point yoki canvada taqdimot — 20 daqiqa. 2. Savol-javob — 20 daqiqa: savollar 30 soniyada ogʻzaki beriladi. Ha, qatnashamiz, shu suhbat kerak, shunaqa suhbat qachon boʻlarkan deb koʻzimiz juda uchayotuvdi desangizlar, 👍 qoldiring. Kerakmas desangizlar, hech hisbelgi shart emas) 👍 soni 100 dan oshsa, kun belgilaymiz.
без подписи
Umr odamning qo‘lidan mahkam tutib ketib bormoqda. Inson yosh boladek unga ergashishga mahkum. Lekin vaziyatni biroz fojiali tasvirlasak, bunday manzara ko‘rinadi – umr inson bo‘yniga zanjir solib sudramoqda. Balki ko‘tarinki rasm chizsak-chi – inson umrning oldiga tushib o‘ynoqlab yugurib ketmoqda. Yana ham balandga chiqaylik – inson umrni o‘zi yetaklab olgan. Umr – insonga vaqtning bir bo‘lagidan yulib berilgan parchasi emasmi? Hammaning umri ulkan vaqtdan parcha-parcha qilib kesib olinganmi shunda? Yoki u vaqt daryosidan o‘lchab berilgan suvmi? Hamma uni ichadimi? Hammaning qo‘lida idish – idishga vaqt suvi quyilgan, ichib-ichib tugatamiz. Bu suvni nima kir qiladi? Adovatmi? Hasadmi? Jaholatmi? Razolatmi? Shunga o‘xshagan hammasi kir qiladi. Shunda biz loyqa suv ichayotgan bo‘lamiz-da! Insonning tanasi ichida ruhi yashaydi. Tananing biror joyidan kichik teshik ochilsa, ruh o‘sha yerdan chiqib ketishi mumkin. Pufakka qamalgan havo kichik teshikdan tezda chiqib ketgan kabi ruh ham jismdagi kichik teshikdan chiqadi. Agar shu joy tezda davolanmasa, yamab qo‘yilmasa, ruh ana shu teshik atrofida qiynaladi. Chunki ruhning vujuddan chiqishi juda og‘riqlik kecharkan. Kim bilandir muloqotga kirishsak, aslida, uning ruhi ila muloqot qilamiz. Kimnidir unuta olmasak, uning ruhini unuta olmaymiz. Jism uzoq ketsa, ruh bu qafasda ketdi, sening qafasdagi ruhing esa o‘zi sevganga yeta olmay pitirlab, qafas panjarasiga o‘zini qush kabi uradi. Biz ruhimizga umr deb atalagan suvni adovat va hasad, hirs va shahvat bilan kirlab ichirsak, uning ahvoli nima bo‘lishini tasavvur eting. Og‘ir va lohasligimiz, holsiz va tushkunligimiz ruhimizning xastaligidandir. Biz uni zahar ichirib shu ahvolga soldik. Uni tozalash uchun zikr dorisini ichaylik. Tinimsiz zikr dorisini ichaylik. Odam ruhini aqli va solih amali ila himoya etmasa, uni shayton zanjirlab oladi, nafs egallaydi. Bir tomondan nafs, bir tomondan shayton zanjir urgan ruh abgor holda ingraydi. Jism nima qilayotganidan bexabar nima qilsa, qilaveradi. Nima desa, deyaveradi. Bir-birimizga rahm qilmasak, Allohning rahmatida umid qilganimiz behuda. Bir-birimizni kechirmasak, Xudo meni kechiradi deb o‘ylash foydasiz. Bir-birimizga yordam bermasak, Xudodan yordam kutgan bilan natija bo‘lmaydi. Xudoni sevaman degan u yaratgan narsalarni sevmasa, sevgidan mahrum qoladi. Xudo do‘stlarini do‘st tutmagan Xudoning do‘stligini topmaydi. Rahmat istagan, rahmat ko‘rsatishi, afv istagan afv etishi, yordam xohlagan yordam berishi va sevgi istagan sevishi, do‘stlik orzu qilgan do‘st bo‘la olishi shartdir. Shunda umr suvi toza bo‘lib, uni ichsak, zaharlanmaymiz. Vallohu a’lam. Akrom MALIK