tgindex
Mahliyo Istam.

Mahliyo Istam.

Статистика
@Mahliyo_Istamузбекский

🤍Har bir bola mehr bilan ulg‘ayishga loyiq. 👪 Farzand tarbiyasi va shaxsiy rivojlanishga oid fikrlar. 🏠 Bepul, o'zingiz harakat qilsangiz bo'ladigan metodikalar: @uy_maktabi Adminga murojaat👉 @omahr_admin_bot

Последний пост
15 мая
Последнее чтение
13 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
41
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
182
−1 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
204
40 постов
Вовлечённость
112,1%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 41
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Mana shunday mavzular haqida gaplashdik Kanalchada.

  • Jumaning xayru barokati sizga bo‘lsin. 🌱 Biz mavzumizni davom ettiramiz. Bugungi menyuda: ° 👒 Sinfdosh qiz • 😍 Emoji Sevgi • 👋 Salom sevgi, xayr sevgi • 😮 “Oh-voh” kontentlar • 🔄 Alternativ berish °🦴🦴Suyaklar to'qnashuvi • 🛡 Mahramiyat tarbiyasi • ❤️ “Hamma o‘z erini o‘zi biladi” • ✨ Yakun https://t.me/arxitekturapsixologiya

  • https://t.me/arxitekturapsixologiya Kanalchada o'smirlar davri haqida yaxshi narsalar yozib keldim. O'tib o'qib kelinglar.

  • Assalamu alaykum xayrli kech.

  • Farzandingiz qizmi? Baxtli ekansiz! Qizingizni otasi bormi? Unda ikki karra baxtli ekansiz!

  • Farzandingiz qizmi? Baxtli ekansiz! Qizingizni otasi bormi? Unda ikki karra baxtli ekansiz!

  • Mahliyo Istam. pinned «Yangi postlarni shu yerda o'qishingiz mumkin.»

  • Farzand onadan ko'proq energiya oladi. Onani ko'zlaridagi xorg'inlik bola nigohida ham aks etadi. Shunday ekan ona sifatida juda ham toliqadigan ishlardan o'zimizni farzandimiz uchun ham asrashimiz kerak. https://t.me/tafakkurqilingda

  • Farzand onadan ko'proq energiya oladi. Onani ko'zlaridagi xorg'inlik bola nigohida ham aks etadi. Shunday ekan ona sifatida juda ham toliqadigan ishlardan o'zimizni farzandimiz uchun ham asrashimiz kerak. https://t.me/tafakkurqilingda

  • Assalamu alaykum xayrli kech. Kanal faoliyati rasman to'xtatildi. Faoliyatimni mana bu yerda davom ettiraman. Shu paytgacha bu yerdan manfaat olgan bo'lsangiz Yangi kanalga taklif qilaman. Yaxshi bir yangilik bor, u haqida yangi kanalda e'lon qilaman. 👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/tafakkurqilingda

  • Farzandning sevgisi — bu majburlab olinadigan narsa emas. U ota-ona bilan bola o‘rtasidagi munosabatdan tabiiy ravishda tug‘iladi. Quyidagi amallar esa bolaning qalbini yumshatadi, ishonchini mustahkamlaydi va sevgisini uyg‘otadi: 🌱 1. Avvalo, farzandingizni tinglang Bola uchun eshitilish — sevgi belgisidir. Tushunishga harakat qiling, hatto kichkina gaplari ham muhim. 🤲 2. Qabul qilish (tanbeh bilan emas, mehr bilan) Farzandni xatosi bilan birga qabul qiling. “Aytdim-ku!” bilan emas, “Nima bo‘ldi, tushuntir-chi?” bilan yondoshuv. Bu bola qalbida xavfsizlik va ishonch hissi uyg‘otadi. 💞 3. Bedavlat emas, mehrli bo‘lish Bola sevgisi sovg‘alar bilan emas, muloqot, vaqt va muloyimlik bilan ortadi. 🫂 4. Tanani emas, ruhini quchoqlash Har kuni bir necha daqiqa quchoqlash, silash, bag‘riga bosish — bu bolaning “men sevilganman” tuyg‘usini kuchaytiradi. 🧕 5. Adolat — bolalar uchun eng katta sevgi Farzandlar orasida adolatli bo‘lish bola qalbida chuqur hurmat va muhabbat uyg‘otadi. Noto‘g‘ri tanbeh bola sevgisini kamaytiradi, adolat esa orttiradi. 🕊 6. Ota-onaning o‘zaro muomalasi Farzand eng ko‘p ota-onaning bir-biriga bo‘lgan muomalasidan ta’sirlanadi. Uyda tinchlik bo‘lsa — bolada sevgi ko‘payadi. 🧠 7. Tarbiya — majburiy bo‘lmagan muhabbat Yaxshi odobni ishlardan ko‘proq amaliy qilish orqali o‘rgating. Bola eshitganidan ko‘ra ko‘rganidan o‘rganadi. 🤝 8. Birga vaqt o‘tkazish — sifatli va sokin Telefonni chetga qo‘yib, 15 daqiqa bo‘lsa ham bolaning dunyosiga kirish — bog‘lanishni kuchaytiradi va sevgi qaytaradi. 🧭 9. Islomiy nuqtai nazar Farzand — Allohning omonati. Ota-onaning halol rizq, pok niyat, duosi oilada muhabbatning asosiy manbai bo‘ladi. ❤️ 10. Xafa qilgan bo‘lsangiz, kechirim so‘rang Bola bundan yanada ko‘proq sevadi. Kichkina o‘quvchi ham, o‘smir ham ota-onasining kamtarligidan ta’sirlanadi.

  • Qanday yashashni tanlov qilayotganda, oqibatiga rozi bo'lishlik ham kerak.

  • Kunni shifobaxsh choy bilan boshlaymiz. Kuningiz xayrli o'tsin.

  • #Asliyat Bola tug‘ilishi oldidan onaga alohida parvarish qilinardi. Qorni kattalashaver­sa uy­dagi erkaklardan panaga olishardi. Keng sipo kiyinishi aniq, ammo ota uyiga ham yuborishmasdi. Otasidan hatto mahram bo‘lsa ham aka-ukalaridan hayo qilingani uchun ota uyiga homilador kelin yuborilmagan. Tuqqach ham toki bolaga ism qo‘yib ona o‘ziga kelguncha hech kimga habar berilmasdi — bu taxminan uch kun yo bir hafta orasida bo‘lardi. Bola ikki yoshgacha emizilardi. Qo‘shimcha ovqatga sariyoqni kuydirib berishganini, qaynoq sho‘rvani mil-mil qaynatib dumbasidan berishardi. Hozirgi tayyor ozuqalarni “orusning bolasi yeydi” deb momolar ber­dirmasdi. Luqmaga nihoyatda e’tiborli bo‘lishgan. Onalar emizishda sabrli edi, ona sutining foydasi ko‘p. “Avvali suv, o‘rtasi moy izi suv”, deb toki bola o‘zi emmay qo‘y­guncha emizishga momolar yosh onalarni undardi. Bola ona sutini har em­ganda qonib emsa, sabr-qanoati shakllanib, ko‘zi to‘q bo‘lib o‘sadi. Bola o‘ynab yiqilsa, o‘rnidan o‘zi turib ketishi uchun rag‘batlantirib dalda berilardi. O‘zim eslaganim — “Ot yiqildi, tur ho, tur! Turib ustingni qoq-da yugur, bolam”, deb o‘g‘il bolalarga onalari, momolari motivatsiya berardi. Albatta, jiddiy jarohati bo‘lsa bog‘lashgan, onani joni bormi befarq bo‘lishga? Katta bo‘lgach, boshiga sinov kelsa, “o‘zini boshiga yoqqan qor­ni o‘zi kurasin, yoniga bizni bitib bergan yo‘q. Xudoyimga suyanishni o‘rganadi” derdi. Mak­tabga chiqish oldi yana mas’uliyat hissini his qildirish uchun: “Endi sen katta bola bo‘p ketding, maktabga borayapsan, tag‘in darsda zeriksang janjal qima”, deb bobolar tasalli-nasihat qilardi. Otaga hurmat alohida bo‘lardi. Qozondan birinchi va eng sara mahsulot otaga, keyin boshqalarga suzilardi. Biz oilada otamiz ovqatlanadigan honaga kirmasdik, alohida opa-singillar ovqatlanardik. Onam rahmatli: “Otang ishdan charchab kelganda tinch hotirjam ovqatlanishi kerak”, derdi. Lekin o‘g‘illari otamning oldida ovqatlanardi, chunki ulardan kunlik hisobot topshirish talab qilinardi. Qizlarga onam qattiqqo‘l edi, qattiqqo‘llik ham oddiy emas — o‘ta murakkab. Qizlarning ham o‘g‘illarning ham o‘z vazifamiz ajratilgan edi. Kim bajarmasa jazolanardi. Jigarlarim jazo olmasligi uchun gohida ularning ishlariga ham yordam berardim. Ota-ona orasiga bolalar kirishi taqiqlangan edi. Otam rahmatlining haybatini hozirgacha his qilaman. Onam rahmatli o‘g‘illariga mehribon, otam rahmatli qizlariga mehribon edi. Bilmadim, balki kelishib olishgandir — buni o‘zim endi eslab xulosa qilaman-da. Ota asosiy boquvchi, ona uy-ro‘zg‘or, ichki tartibga mas’ul bo‘lsa, bolalar mehnatda katta qilinsa yomon bo‘lmaydi. Otam: “Onangning aytganini qilinglar”, derdi bizga. Onam: “Otangning aytganini qilinglar”, derdi. Ikkisi ham bir xil gapni ikki xil uslubda aytishgan ekan, o‘sha paytlar biz bilmagan ekanmiz. Mehmon kelsa qizlar oshxonadan chiqmasdik. Tavba, shu darajada qattiqqo‘llik qilingani uchun tog‘alarimiz kelsa ham salomlashishga chiqmagan­miz. O‘zlari ismimizni aytib chaqirib salomlashardi. Hozir yoshlar ancha emin-erkin, balki shunday bo‘lgani ham yaxshidir — kim bilsin. Ali roziyallohu anhu: “Yosh­larga zamonasiga muomala qilinglar”, deganlar. Yoshlarning o‘zlariga yoqmagan yoki yoqtirgan narsalari bor. Kattalarda ham ayb katta — o‘z o‘rnida yetkazolmaymiz. Shuning uchun o‘zimiz amalda qo‘llayversak, ular ham shu tutumni qiladi. Yodimga kelganlarini yana alohida yozarman, inshaalloh. ©Sariq atirgul.

  • Dunyo sog’liqni saqlash uyushmasi 3 yoshgacha bolalarga ekranni yaqinlashtirish vaqtini 0 ga tenglashtirishgan. 3 yoshdan keyingi davrda 10 daqiqagacha ko’rishi mumkin deyishgan. Hulosa qiling davomida men ham.

  • Absolyut erkinlik bolani rivojidan to'xtatib sekinlashtiradi injiq qiladi

  • Ulyana Mayorova (Xalqaro mutaxassis, AMI 0-3 GID, Treningdagi AMI Trener, Namunaning konsultant-treneri) bilan birgalikda "Pozitiv Intizom" mavzusida Seminar boshlandi❤️

  • Tayyorgarlik...

  • Assalamu alaykum xayrli yakshanbalar. Bugun xalqaro mutaxassis Ulyana Mayorova "Pozitiv intizom" mavzusida tashkil etgan seminarida ishtirok etaman. Inshaalloh olgan bilimlarimni sizlarga ham ulashaman.

  • Qachonlardur bu kunlarni 3 ta yosh bolasi bor, judayam toliqqan, bor puliga bola tarbiyaga oid kursni sotib olib o'qiyotgan, men ham shunday o'qib olib onalarga tavsiyalar berarmikinman deya ikkita sigirni sog'ib o'tirib dunyolardan uzilib qolib orzu qilgan edim Alhamdulillah. Hozir qanchalik tushkun vaziyatda bo'lmang Ishoning hammasi o'tadi. Duo qilishdan harakatdan to'xtab qolmasangiz bas. Robbim shunchalar mexribon zotki kutganizdan ziyodasi bilan yetkazadi. Allohumma baarik.