tgindex
Odam va Olam
@OdamOlamКнигиузбекский

Odam va Olam haqida tafakkurga undovchi maʼlumotlar sahifasiga xush kelibsiz! Xato, kamchilik va takliflar uchun: @OlamOdambot

Последний пост
23 янв.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
20
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Книги (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
254
+1 за 2 дн.
Сутки
+1
+0,40%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
1 341
20 постов
Вовлечённость
528,0%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 20
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 23 янв.4375из OdamOlam

    #Olam Qish, yog‘ayotgan qorlar, oppoq ko‘chalar, sirpanchiq yo‘llar — barcha-barchasi oqil kishini tafakkurga chorlaydi, Xoliqni qudratini, bandani ojizligi eslatadi. Kishini Mavlosi bilan ko‘p-ko‘p bog‘lanishga undaydi. Ko‘rmaysizmi, piyodani qor ustida yurayotib "Xudoni qudratini qara-ya" deyishini-yu, haydovchining "Ey Xudo, O‘zing asra" deb manziliga eson-omon yetib olishni takror-takror so‘rashini. Alloh taolo ushbu yog‘ayotgan qorlarni biz uchun xayrli va barakali qilsin! 👉 @OdamOlam — Tafakkur qiling!

  • #Odam Hayotimni shu davrigacha ko‘p amin bo‘lganim, jamiyatga qo‘shilib, o‘z yo‘lingizni boshlab olayotganingizda — xoh bu maktab, kollej yoki universitet bo‘lsin — agar o‘z ichki olamingizni, ruhingizni tarbiyalab olmasangiz, bunga harakat ham qilmasangiz, oldiga bir oliy maqsad qo‘ygan inson sifatida hayotingizda ko‘p qiynalasiz. Samimiy insonlar atrofimizda juda oz. Ishonavering, hattoki o‘zimiz ham ko‘pincha samimiyatdan, ishlarimizdagi ixlosdan yiroqlashganmiz. Shuningdek, shu o‘rinda yana ko‘p amin bo‘lganim: agar biz hayotimizga nabaviy axloqni singdirsak va odamlar bilan bo‘lgan muomalada ham bunga amal qilsak, haqiqy baxt-saodatga erishib, kundalik ishlarimiz, muomala-munosabatlarimizda muvaffaqiyat topamiz. Niyati pok, samimiy tabassumli, rostgo‘y, adolatli, ishini puxta bajaruvchi, yaxshilikka haris, yomonlikdan yiroq, ko‘nglida kibri yo‘q, maqtanchoqlikdan holi — kamtarin, biror kishiga yomonlikni ravo ko‘rmaydigan, qalbida g‘illi-g‘ashlik saqlamaydigan, birovga hasadi yo‘q, aksincha odamlarga doim yaxshilikni ravo ko‘ruvchi... Qanchamiz shundaymiz?! Ayting-chi, agar har bir maktab, universitet o‘quvchisi hech bo‘lmaganda mana shu sifatlarga ega bo‘lsa, jamiyatda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi? Endi har bir soha egasi shunday sifatlarni o‘zida jamlasa-chi? Jamiyatda qanday ijobiy o‘zgarishlar bo‘lishini tasavvur qilyapsizmi?! Biz ust-boshimizga, uy-joyimizga, markabimizga, tanamizni shakli-shamoili uchun tasarrufda chegarani bilmaymiz. Ammo jismimiz va ruhimiz salomatligi doim ro‘yxatni oxirida bo‘lib kelgan, yoki umuman bo‘lmagan. 👉 @OdamOlam — Tafakkur qiling!

  • #Olam Ona mushukning mo‘jizaviy teginishi Ona mushuk bolalarini bo‘ynining orqa qismidan tishlab ko‘tarib yurishini hech kuzatganmisiz? Bu shunchaki ajoyib ko‘rinish emas — bu yaratilishdagi haqiqiy mo‘jiza! Mushuk bolalarini shu tarzda ko‘targanda, ularda tabiiy refleks yuzaga kelib, tinch va harakatsiz holatga tushadi. Bu instinktiv javob ularni tashish paytida xavfsiz va osoyishta qolishini ta’minlaydi. Bilasizmi? Veterinarlar bu tabiiy refleksdan "Klipnoz" deb ataladigan usul orqali foydalanishadi. Mushukning bo‘yin terisini yengil qisib turuvchi qisqich yordamida ular tekshiruv paytida mushuklarni dori-darmonlarsiz tinchlantirishlari mumkin. Bu mushuklar biologiyasining ajoyib mo‘jizalaridan biridir! Subhanalloh! 👉 @OdamOlam — Tafakkur qiling!

  • #Odam Singan yurak sindromi haqida eshitganmisiz? Ushbu sindromning rasmiy nomi takotsubo kardiyomiyopatiya (yoki takotsubo sindromi) bo‘lib, sakkizoyoq ovlashda qo‘llaniladigan qozon shaklidagi an’anaviy yapon quroli sharafiga shunday nomlangan. Takotsubo kardiyomiyopatiya nisbatan noyob bo‘lishiga qaramay, kuchli hissiy yoki jismoniy stressga duch keladigan kishilar ushbu holatga ko‘proq moyil bo‘lishadi. Yurak "sinmasligi" uchun ham ichki xotirjamlik muhim! :) 👉 @OdamOlam — Tafakkur qiling!

  • #Odam Ko'z yosh nuqtasi kichik bir teshikcha bo'lib u yerdan ko'z yoshingiz burun bo'shlig'ingizga o'tadi. Mana nega yig'laganingizda burningiz bitishi va oqishi kuzatiladi. Subhanalloh! @OdamOlam

  • #Odam ​​Faqat birgina suyak boshqa suyak bilan bog'lanmagan Inson skeletidagi barcha suyaklar ham bir-biriga bog'langan emas. Istisnolardan biri — tilosti suyagidir. "U" harfi shaklidagi tilosti suyak tilning pastki qismida joylashgan bo'lib yuqoridagi bosh…

  • #Odam Ko‘cha-ko‘yda shu mashinani ko‘rib, ovozini bir kunda necha marotaba eshitamiz? Ko‘p. Shu mashinaga ishi tushgan kishilar salomatlik, ofiyatni bu dunyodagi haqiqiy baxt, boylik deb biladilar. Shundoq ko‘z oldimizda bizdagi bor tinchlik, salomatlik, ofiyatga muhtojlar bor! 👉 @OdamOlam — Tafakkur qiling!

  • VIDEO: #Odam ● O‘z yuragini ko‘rmagan, ammo uni urayotganini biladi. ● O‘pkasini ko‘rmagan, ammo nafas olayotganini sezadi. ● Oshqozonini ko‘rmagan, ammo ovqati hazm bo‘layotganiga ishonchi komil. ● Buyragi-yu, ichak-chavoqlarini ko‘rmagan, ammo ularni faoliyati kundek ravshan. ● Jigarini ko‘rmagan ammo, sariq kasal emasmi, demak yaxshi ishlayapti. O‘z tanasi ichidagi ko‘rmagan a’zolarni faoliyatiga ishonadi, atrofidagi o‘zi guvoh bo‘lib turgan tabiat mo‘jizalariga lol qoladi-da, endi shularni barchasini yaratgan Mavlosi haqida gumonga borishga nima haqqi bor, odamzodning?! 👉 @OdamOlam — Tafakkur qiling!

  • #Odam Ko‘zning qorachig‘i va rangdor pardasiga yaqindan nazar Ulamolar ixlosga ishora qilib aytadilarki, qalb ko‘zi (basiyrat) — tanadagi ko‘z kabidir. Unga biron nima kirgudek bo‘lsa (bezovta qilib) ko‘rishga xalaqit beradi. (Ya’ni qalb ko‘ziga ham biron illat aralashib, kirgudek bo‘lsa, bir ishni ixlos bilan qilishga bermaydi, uni ketkazadi, natijada qalb xastalanadi). 👉 @OdamOlam — Tafakkur qiling!

  • #Odam #Olam Inson ba’zida qizg‘in ketayotgan dunyo ishlaridan biroz ortga qadam tashlab yolg‘iz tafakkur qilishga, bu dunyo mohiyatini yodga olishga ehtiyoj sezadi. Har safar to‘xtovsiz yurayotgan mashinalar qatnovini ko‘rsam, o‘zimni shahar markazida his qilaman. Bir damga to‘xtayman. "Shukr qilmaymizmi?" yodimga tushadi.. Tungi tafakkurga nima yetsin! 👉 @OdamOlam — Tafakkur qiling!

  • ​​#Odam Kunlar qisqargan kuz va qish mavsumida, quyosh nuri ozligi miyaning gipotalamus qismi o‘z vazifasini bajarishiga ta’sir qiladi. Bu o‘z o‘rnida tanamizdagi melatonin, serotonin kabi gormonlarning miqdori, tananing ichki soati o‘zgarishiga olib keladi. Melatonin — uyqu gormoni. Uning tanamizda ishlab chiqarilishi ko‘zimizga tushayotgan yorug‘lik darajasiga bog‘liq. Yorug‘likda kamayib, qorong‘ilikda ko‘payadi. Shu sabab ham quyosh nurining ozligi uyquning ko‘payish sabablaridan biri hisoblanadi. Serotonin — baxt gormoni va yaxshi kayfiyatning asosiy homiysidir. Quyosh nuri yetishmasligi organizmdagi serotonin miqdorini pasaytirib, tushkunlikka sabab bo‘ladi. Tana ichki soati (circadian rhythm) — tanamiz quyosh nuri yordamida turli muhim funksiyalarni, masalan, qachon uyg‘onishimizni chamalaydi. Shuning uchun ham qish oylarida yorug‘likning pastligi tana soatini buzilishiga olib kelishi mumkin. Aholining ba’zi qismi bu va boshqa yondosh simptomlar jamlanib, "mavsumiy ruhiy tushkunlik"ni boshidan o‘tkazadi. Kayfiyatni ko'tarib yuboradigan kuz manzarasiga nima yetsin! 👉 @OdamOlam

  • #Tashakkur O‘zlariga hech aytmagan bo‘lsam-da insoniyatga, mo‘min-musulmonlarga, xalqimga, xususan ayol-qizlarga xizmat qilaman, jamiyatdagi bir bo‘shliqni to‘ldiraman deb kunini tuniga ulab, jidd-u-jahd, sabr-u-matonat bilan o‘qiyotgan bo‘lajak tabibalar — ayol-qiz kursdoshlarimga, shu yo‘lni bosib o‘tib xizmatga belini bog‘lagan ustozalarimga hurmatim cheksiz. Ertaga biz o‘z yaqinlarimizni olib borishni ravo ko‘radiganlar ana shu tabibalar bo‘ladi. Ushbu yo‘lda ularni doim qo‘llab-quvvatlayotgan ota-onalari, jufti-halollari va barcha yaqinlariga qo‘lim ko‘ksimda — ulkan tashakkurimni aytaman. (Bo‘lajak) tabibalar va ularni yaqinlariga yuborib qo‘yamiz! 👉 @OdamOlam

  • #Odam Mana shu rasmda ko'rsatilgan, buyrak bilan qovuqni ulab turuvchi siydik yo'lining diametri 3 mm ga teng. Bir guruch donasi bilan taqqoslasa bo'ladi. Odamlar ushbu siydik yo'liga shu guruch hajmichalik 2-3 mm tosh buyrakdan ajralib, tiqilsa, tug'uruqdagi kabi balki undan-da og'riqliroq kechishi haqida bahslar qilishadi. Bu borada ba'zi izlanishlar ham qilingan. Nuqson-u kamchiliklarimizga qaramasdan berilgan ne'matlar bor! 👉 @OdamOlam — Tafakkur qiling!

  • #Odam Siz. Men. Biz. Bir vaqtlar. _____ Homiladorlikdan so'nggi, ona qornidagi bolaning rivojlanish bosqichlari: 3-8 haftalar: nerv sistemasi va boshqa a’zolar shakllanishni boshlaydi. 4-hafta: yurak urishni boshlaydi. Qo‘l-oyoq rivojlanishining ilk bosqichi davri. 6-hafta: Ultratovush tekshiruvda embrionning yurak urishi ko‘rina boshlaydi. 8-hafta: Homilaning ilk harakatlari davri. 10-hafta: Homilaning jinsiy a’zosi o‘z jinsiga mutanosib ravishda ko‘rinishga kela boshlaydi. ______ Kelishimiz shu ekan. Ketishimiz ham shu a’zolarga biroz et kirib, shakli kattayishi, xolos. Bizni nimamiz g‘ururga ketkazdi?! 👉 @OdamOlam — Tafakkur qiling!

  • #Olam VIDEO: Thirsty Birds “Har bir hoʻl jigari bor narsada ajr bordir!” 👉 @OdamOlam — Tafakkur qiling!

  • #Olam Qish, yog‘ayotgan qorlar, oppoq ko‘chalar, sirpanchiq yo‘llar — barcha-barchasi oqil kishini tafakkurga chorlaydi, Xoliqni qudratini, bandani ojizligi eslatadi. Kishini Mavlosi bilan ko‘p-ko‘p bog‘lanishga undaydi. Ko‘rmaysizmi, piyodani qor ustida yurayotib "Xudoni qudratini qara-ya" deyishini-yu, haydovchining "Ey Xudo, O‘zing asra" deb manziliga eson-omon yetib olishni takror-takror so‘rashini. Alloh taolo ushbu yog‘ayotgan qorlarni biz uchun xayrli va barakali qilsin! 👉 @OdamOlam — Tafakkur qiling!

  • #Odam Inson tanasidagi eng kichik muskul Hoynahoy bosh ogʻrigʻiga sabab boʻladigan (baland) ovoz, tovushlar sizga tanish boʻlsa kerak. Uygʻotkich, tez yordam mashinasining signali yoki yigʻlayotgan chaqaloq shular jumlasidan boʻlsa, ajab emas. Ular qayerdan…

  • 12 дек. 2023 г.1 550116из OdamOlam

    #Olam Qor uchqunlari va qor kristallari bir-biriga oʻxshash bo‘lib, kristall — muzning bir zarrasi, qor uchquni esa koʻp kristallar birlashmasidir. Qor kristallari bulutlardagi suv bugʻlari muzlashi natijasida hosil boʻladi. Qor uchqunlari ham, bulutlardagi suv tomchilari muzlab, muz zarralariga aylanganda hosil boʻladi. Bulutdagi suv bugʻi muz zarrasiga yigʻilib uni olti qirralik prizma shakliga kelishiga sabab boʻladi. Soʻng, uning shoxchalari shakllanib yanada murakkab koʻrinishga keladi. Ushbu jarayondan keyin ham qor uchqunlari noyob holga kelgunga qadar yana oʻzgarishlarga uchraydilar. Ikki murakkab shakldagi bir-biriga oʻxshash qor uchqunlari deyarli topilmaydi. Yuqoridagi videoda 35 xil shakldagi mavjud qor uchqunlaridan 8 tasini koʻrishingiz mumkin. Manbalar asosida tayyorlandi ______ Mitti qor uchquniga-da shunchalar bezak berib qo'ygan Robbing haqida gumonga borasanmi, odamzod? 👉 @OdamOlam — Tafakkur qiling!

  • видео или голосовое, без подписи

  • #Olam VIDEO: Bug‘doydan tortib nongacha ______ Jamiyatda ba’zi odamlarni ko‘rasiz, non yopuvchi — novvoyni tan oladilar-u, nonning asosi bo‘lmish bug‘doyni yaratgan Zotni tan olgilari yo‘q. Bechoralar. 👉 @OdamOlam — Tafakkur qiling!

Odam va Olam — tgindex