a vida de Ifeekkhan
СтатистикаStudent lifestyle & Study skills Books & Book reviews Ifeekkhan's daily life✨🎈 @kitobees ➡️ pictures of books from me and my friends @ifeekkhan ⬅️ bog’lanish uchun
- Последний пост
- 12 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- Категория
- Книги
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 141
- 1/48двое суток
- 161
- 1/72трое суток
- 174
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
Bugungi mehmon bilan suhbat qilish uchun ancha ter to’kdim. “Nega?”, “boshqa taklif qilgan mehmonlariz kabi effekt beradimi?”, “nimani gaplashamiz?” Bilmadim. Baribir savollarni yodlab olishmaydi. Lekin nimadur chiqar. Mehmon, Jamshid Muslimov!) #🎈
https://www.instagram.com/reel/DYmLpJhKHLt/?igsh=emlwYXZmb2EwcWpu akamni tavsiyalarini reels qildik😅 maktabda 9-sinf paytim (2015) san ham shunaqa qil, ozgin degandilar😂 bu video akamni tavsiyalari miyamdan chiqib ketmagani uchun tayyorlandi. #🎈
Oldin manga ham kitoblar sovg’a qilishardi^^ Mayli, baribir bu kitoblarni o’zim ochaman😂 #🎈
без подписи
Biz o’zimizni emas boshqa birovni hayotini iste’mol qilib yashayapmiz va yashaganmiz. Miya tabiatan o‘zini boshqalar bilan taqqoslashga moyil. Qo’shningiz, sinfdosh yoki uni ota-onasi va hokazo. Bu evolyutsion o’tib kelyotgan taqqoslash. Lekin ayni damda biz real odamlar bilan emas balki filtirlangan, idealizatsiya qilinayotgan hayotlar bilan taqqoslayapmiz. Har kunimiz kichik, tez tugaydigan, miyani odatlantirib qo’yadigan zavqchalar bilan to’lib, o’zimizni hayotimiz sekin va zerikarli bo’lib ko’rinadi. Aslida esa biz taqqoslayotgan narsamiz sahnalashtirilgan lahzalar yig‘indisi. Kimdir sayohat qilgan 10 kunini ko‘rsatadi, lekin qolgan 355 kunini emas. Kimdir muvaffaqiyatini ulashadi, lekin qo‘rquvlari va shubhalarni yashiradi. Miya esa bu farqni ajrata olmaydi u ko‘rgan narsasini “haqiqat” deb qabul qiladi. Mana meni oling. Nega Nqedan kettim va qanday qilib NmaGapga kelib qoldim. O’lsam ham aytmayman. Faqat zo’r tomonimni va zo’r kadr ekanligimni pesh qilaveraman. Millennial oluvchi, zoomerlar sotuvchiga aylanyapti. Iste’molchi hayot virtual tarzda davom etadi. O’zimiz yaratmaymiz, faqat tomosha qilamiz. O’zimiz yashamaymiz, “yashayotganlarni” kuzatamiz. Eng xavflisi vaqt shunaqangi sekin o’tadiki, bir nima qilgandek ko’rinasiz ammo hech narsa qilmagan bo’lasiz. Ko’zini och atlet. Yo’lda ko’rishamiz))) #🎈
“Exit 8” ko’rganlar bormi? Yaxshi dublyaj topolmayapman. Orginal tili ham bo’laveradi. #🎈
Bilasiz, men redaktor bo‘lib ishlayman. Hozir trend bo‘lib turgan “hook” bilan bog‘liq videolar, ayniqsa reels ustida ham aynan men ishlayman. Xususan, “NmaGap” loyihasida. Reels aslida oddiy ko‘ringani bilan, juda hisob-kitob bilan yasaladi. Mehmon suhbat boshida aytgan gap o‘rtaga, o‘rtada aytgan gap oxiriga qo‘yilishi mumkin. Negaki, hech kim kamera qarshisida har doim mukammal qilib, bir tekis gapirmaydi. Biz esa shu parchalar ichidan eng kuchlisini topamiz. Eng muhimi birinchi 3 soniya. Agar shu 3 soniyada tomoshabinni yoqasidan tutib, ushlab qololmasangiz u ketadi. Montajerlar bilan doim yonma-yon ishlayman. Ba’zida o’zim montaj qilaman. V1, V2, V3… ba’zida V5 gacha boradi. (ya’ni menga yoqmaydi va o’zgartiriladi) Har safar o‘zgartiramiz, kesamiz, qayta yig‘amiz. Oxirida esa chindan ham pishgan kontent chiqadi. Tajribamda ikki katta loyiha bo‘lgan: NQE va NmaGap. Qizig‘i, NmaGapda ish boshlaganimda juda toza, odobli, xavfsiz joylarni kesib chiqarganman. Keyin menga biz aqlli ko’rinishimiz kerak emas deb tushuntirishgan. Odamlar ideal gaplarni emas haqiqiy, ba’zida jinni, ba’zida noqulay, lekin rost gaplarni ko‘rishni xohlaydi. NQE’da men ko‘proq teacherni to‘g‘ri ko‘rsatishga harakat qilganman. Hatto bir safar teaser sababli meni teacherni yomon ko‘rsatdi deb o‘ylashgan. (Konsta bilan bo’lgan suhbatda) Aslida esa vaziyat shunday bo‘lgan. Suhbatda tortishuv bo‘lgan va aynan shu moment qiziq edi. Intro nima uchun intro agarda boshidan odamni tortmasa. Shu yerda muhim nuqta bor. Kamera oldida aytilgan har bir gap bu material va bu materialni qanday yig‘ish redaktorning ishi. Gapirgan gapi uchun gapirgan odam javobgar. (Menga buni farqi yo’q) Shuning uchun suhbatga chiqqan odam bitta narsani tushunishi kerak. Mikrofonga gapirgan gapi allaqachon kontekstdan ajralishi mumkin bo‘lgan kontent. Biz esa bitta narsaga javobgarmiz, e’tiborni ushlab turadigan, ishlaydigan reels qilish. Bugungi kontent dunyosida diqqat eng qimmat resurs. Kim uni ushlay olsa, o‘sha yutadi. ⌨️Bu redaktorning faqatgina reels yasash bo’yicha ish vazifasi edi. #🎈
Eugenics g’oyasi sog’lom, aqlli odamlarni ko’paytirib, zaif yoki keraksizlarni kamaytirish g’oyasi ustiga qurilgan. Ya’ni “jamiyat uchun yaroqsiz insonlarni tozalash” Bu tarixda ayrim davlatlar siyosatiga aylanib salbiy natijalarga olib kelgan. Nega? Majburiy sterilizatsiya qilinadi (farzand ko’rish ta’qiqi) buni ketidan albatta diskriminatsiya yuz beradi va asosiysi siz o’zingizni erkin his qilolmaysiz. Negaki, oldindan tanlangan genlar inson erkinligini buzadi. Inson yaratilgan loyihaga aylanib qoladi va bu insoniylikka zid. Inson mukammal bo’lishga majbur emas! Siz dono bo’lsangiz, u kaltafahm bo’lishga haqqi bor. Chunki insonni majburan “to‘g‘ri” qilishga urinish aynan o‘sha xavfli g‘oyalarning boshlanish nuqtasi. Bugun “yaxshilash” degan niyat bilan boshlangan narsa ertaga “nazorat qilish”ga aylanadi. Nazorat esa asta-sekin erkinlikni siqib chiqaradi. Va bir kun kelib, inson qanday yashashi, qanday o‘ylashi, hatto kim bo‘lishigacha belgilab qo‘yiladi. Muammo shundaki, “to‘g‘ri inson” degan tushunchaning o‘zi nisbiy. Kim uchun to‘g‘ri? Qaysi mezon asosida? Agar mezonni inson emas, tizim belgilasa unda shaxs yo‘qoladi. Fikrlar bir xil bo‘lib boradi. Turlicha qarashlar esa “xato” deb baholanadi. Aslida esa insoniyatning kuchi bir xillikda emas xilma-xillikda. Kimdir tez tushunadi, kimdir sekin. Kimdir chuqur o‘ylaydi, kimdir sodda yashaydi. Va bu kamchilik emas bu tabiiy muvozanat. Insonni majburan o‘zgartirishga urinish o‘rniga, uni tushunishga harakat qilish kerak. Chunki tushunilgan inson rivojlanadi, majburlangan esa faqat bo‘ysunadi. Bo‘ysunadigan jamiyat kuchli ko‘rinishi mumkin, lekin o‘ylaydigan jamiyatgina haqiqatan rivojlanadi. #🎈
Bahorda naushnik taqmang. Musiqa tinglamang. Bahordan, shamolidan rohatlaning. Hudo hayringiz bersin! #🎈
без подписи
без подписи
"Abu G‘rayb qamoqxonasidagi iroqlik mahbus" shu podcastni oxirgi paytlar tinglab boryapman. subtitr bor. amallab tushunib olsangiz bo'ladi. https://youtu.be/V1KrKAsxZ08?si=uvEmBuXvzNKPupwg
go’zalikka qarab bir oz dam😅
без подписи
без подписи
без подписи
ofisni ikkinchi uyim qilish harakatidaman. lekin baribir ichim hijil. shuncha mol-mulkim talon-taroj bo’lib ketmasmikin((
Oldimdan oddiygina video shorts chiqdi. shunchaki shu qo’shiq qo’yilgan ekan. qo’shiq yoqib, youtubedan ko’rdim. doimgidek yaponcha bombardimon palsafa. qandaydir metafra. qo’lidagi bizning ichimizdagi dev. kurashadigan va noma’lum ko’cha tomon intiladigan. uning personajlarida ham gap bor. lekin devor insonning erkinligini cheklovchi normativlardek. qo’lidagi o’sha tosh bilan bosim ustida tursa ham o’z prisinsiplarini himoya qilayotgandek. Yana ozgina titkilagandim, algoritim menga mana bu anime’ni chiqardi: On the Movements of the Earth. Qo’shiq anime uchun yozilgan ekan. menimcha ko’rish kerak. https://youtu.be/a8dgNdJVluc?si=baYpmbYoA3Wp9iy7
"Osmonimiz musaffo" mana shu so'zdan endi ham foydalanasizmi? Atrofga boqing. Falastinga qarang. Osmoni kulmaganiga qancha bo'ldi? Osmoni musaffo emasligiga necha kun bo'ldi? Mamlakatimizni kamchiliklarini qat'iyan yonini olmayman. Bila turib, ko'z yummayman.…