tgindex
Sardor Bazarbaev

Sardor Bazarbaev

Статистика

Hamkorlik masalalari uchun: uzedu.bazarbaev@gmail.com Prezidentning fan olimpiadalarini rivojlantirish bo‘yicha vakili: 👉 t.me/bazarbaevs/4451

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
2
Всего постов
33
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Образование (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
5 154
−13 за 2 дн.
Сутки
−1
−0,02%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
4 292
32 постов
Вовлечённость
83,3%
к подписчикам
Постов в день
0,3
всего 33
Упоминаний
22
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
588
1/48двое суток
673
1/72трое суток
726

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 14 авг.27332из khiso

    🇨🇳 Nega Xitoydagi G.A.T.E International Olympiad finalida qatnashish kerak? ➕ Matematika va ingliz tili fanlari bo‘yicha o‘tkaziladigan G.A.T.E International Olympiad final bosqichi bu yil Xitoyning zamonaviy va go‘zal Hanjou (Hangzhou) shahrida bo‘lib o‘tadi. 🏆 Videoda dunyodagi eng nufuzli matematika olimpiadasi — IMO (International Mathematical Olympiad) sovrindorlari Xitoydagi xalqaro finalda qatnashish nega muhim ekanini tushuntirib berishdi. ✨ Hanjou — Xitoyning eng mashhur turistik shaharlaridan biri bo‘lishi bilan birga, innovatsiya, texnologiya va ta’lim markazi hamdir. Ishtirokchilar bu safarda nafaqat xalqaro maydonda o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazadi, balki yangi do‘stlar, yangi madaniyat va unutilmas sayohat tajribasiga ega bo‘ladi. 🛂 Yana bir katta qulaylik — O‘zbekiston fuqarolari Xitoyga vizasiz safar qilishlari mumkin. Bu final bosqichida qatnashishni yanada osonlashtiradi. 🌍 Xalqaro olimpiadadagi ishtirok va natijalar o‘quvchining akademik portfoliosini boyitishi, kelajakdagi universitet arizalari uchun muhim tajriba bo‘lishi mumkin. Xorijiy safarlar tarixi esa kelgusida ayrim davlatlarga viza rasmiylashtirish jarayonida foydali omillardan biri bo‘lishi mumkin. ✈️ 17–23-avgust kunlari Xitoyda bo‘lib o‘tadigan final uchun O‘zbekiston delegatsiyasini shakllantirish ishlari yakunlanmoqda. 🔥 SO‘NGGI 3 TA JOY QOLDI! 📞 Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish: ☎️ +998 55 515-80-88 (9:00–18:00) 📱 +998 97 651-33-34 🇺🇿 Xalqaro maydonda o‘z bilimingizni namoyon etish va dunyoning turli davlatlaridan kelgan iqtidorli tengdoshlaringiz bilan bellashish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

  • 10 авг.1 055107

    It’s fitting that IOI is hosted in Uzbekistan — the homeland of Al-Khwarizmi, the father of algebra whose name became the word “algorithm."

  • 4 авг.4 4451912

    🚀 Keyingi o‘quv yilida farzandingiz ham xalqaro olimpiadalarda O‘zbekiston bayrog‘ini baland ko‘tarishini istasangiz, tayyorgarlikni bugundan boshlang.

  • 2 авг.1 714717из eduuz_DTMuzb_Abituriyent_mandat

    🎓 RASMAN: DAVLAT UNIVERSITETIGA QABUL DAVOM ETMOQDA! 🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-iyundagi PQ-4350-sonli Qaroriga asosan tashkil etilgan Toshkent shahridagi "MEI" milliy tadqiqot universiteti Federal davlat budjeti oliy ta'lim muassasasi filialiga hujjatlar qabuli davom etmoqda. 🤍 Elektronika va nanoelektronika — zamonaviy energetika, mikroelektronika, aqlli qurilmalar, energiya tejamkor texnologiyalar va kelajak sanoatining poydevori. 🤖 Fundamental informatika va axborot texnologiyalari (Sun'iy intellekt tizimlari) — raqamli iqtisodiyot, avtomatlashtirish, sun'iy intellekt, raqamli boshqaruv va shaffof tizimlarni yaratishga xizmat qiladigan eng istiqbolli yo‘nalishlardan biridir. Shuningdek, quyidagi ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha ham qabul davom etmoqda: ⚡️ Issiqlik energetikasi va issiqlik texnikasi ⚡️ Elektr energetikasi va elektr texnikasi ⚡️ Iqtisodiyot ⚡️ Elektronika va nanoelektronika ⚡️ Sifatni boshqarish Nega aynan bizni tanlashingiz kerak? 😄 Davlat oliy ta'lim muassasasi. 😄 Qabul kvotalarining 30 foizi grant asosida ajratilgan bo‘lib, grant to‘liq 4 yillik ta'lim davri uchun beriladi. 😄 Kirish imtihonlari atiga ikki fandan o'tkaziladi: Matematika va rus tili 😄 Filialda viloyatlardan kelib tahsil oluvchi talabalar uchun barcha zarur sharoitlarga ega talabalar turar joyi mavjud. Rus tilini mukammal bilmasligingiz o‘qishga kirishingizga to‘sqinlik qilmaydi. Imtihonda asosiy ustuvorlik matematika faniga beriladi. O‘qish davomida rus tilini yaxshi bilmaydigan talabalar uchun mutlaqo bepul rus tili to‘garaklari tashkil etiladi. Hujjat topshirish juda oson! 👉 qabul.mpei.uz 📞Call Center (Maslahat markazi): ☎️ +998555007740 ☎️ +998951457741 ☎️ +998951457742 👩🏻‍💻 Onlayn murojaat: @meiqabul Web-sayt | Telegram | Instagram | You tube

  • 26 июл.5 7551516

    YOZGI MAKTAB – 2026 muvaffaqiyatli yakunlandi! Bu yilgi yozgi maktabimiz ham unutilmas taassurotlar, yangi doʻstliklar, qiziqarli mashgʻulotlar va yorqin natijalarga boy boʻldi. 🎥 @khiso kanalida yozgi maktabning kunma-kun videolari, shuningdek taqdirlash marosimi videolari va rasmlarini navbatma-navbat e'lon qilib boramiz. Bizni kuzatishda davom eting!: ▪️1-KUN: ➡️ t.me/khiso/5952 ▫️2-KUN: ➡️ t.me/khiso/5953 ▪️3-KUN: ➡️ t.me/khiso/5958 ▫️4-KUN: ➡️ t.me/khiso/5961 ▪️5-KUN: ➡️ 🔜 ▫️6-KUN: ➡️ 🔜 ▪️7-KUN: ➡️ 🔜 🔥 Ayni paytda yangi mavsum uchun KHISO olimpiadalariga yillik obunani katta chegirma bilan xarid qilish imkoniyati mavjud. Faqat (40 tagacha) KHISO olimpiadalari uchun START paketini, (30 tagacha) xalqaro olimpiadalar bilan birgalikda (jami 70 tagacha olimpiada) PREMIUM paketini tavsiya qilamiz. 🏷 Paketlarni xarid qilish orqali 50% dan 75% gacha chegirmalarga ega bo‘lish mumkin. Bu imkoniyatdan foydalaning! 📲 Batafsil: @khiso

  • 25 июл.5 985288

    Bugun Yozgi Maktabda taqdirlash! Taqdirlash marosimida millatimiz ilm-fani dargʻalaridan ustozimiz akademik Abdulla A’zamov qatnashadilar. Bilasizmi, men oʻquvchi vaqtim ustozimizning kitoblarini koʻp yechardim. Ayniqsa “Kvant” jurnalidagi ustoz muallifligidagi…

  • 25 июл.6 1952912

    Bugun Yozgi Maktabda taqdirlash! Taqdirlash marosimida millatimiz ilm-fani dargʻalaridan ustozimiz akademik Abdulla A’zamov qatnashadilar. Bilasizmi, men oʻquvchi vaqtim ustozimizning kitoblarini koʻp yechardim. Ayniqsa “Kvant” jurnalidagi ustoz muallifligidagi olimpiada savollarini koʻrib faxrlanardim. Biz koʻrishishni orzu qilgan ustozimiz qoʻlidan oʻquvchilarimiz medallarini olishadi.

  • 24 июл.6 796484

    2019-yil 27-dekabr. Mashhur Al-Xorazmiy maktabining ochilish marosimi. Bunga qadar Prezidentimiz bilan bir necha bor uchrashib, takliflarimni bildirib, qo‘llab-quvvatlashlariga erishgan edik. Bu safar esa, qaysidir ma’noda, amalga oshirgan ishlarimiz yuzasidan hisobot berayotgan edim. O‘sha paytda 5 ta hududda hokimlar bilan hamkorlikda (uni o‘shanda “Qo‘shimcha Respublika olimpiadasi” deb atagan edik) olimpiadalar tashkil qilgan edik. Davlat rahbariga shu haqda ma’lumot berganimda: “Sardor, menga qolsa, har kuni olimpiada qilgin. Bolalarim ertaga olimpiada bor deb, bugun kitob o‘qiydi. Menga shu kerak.” — degan edilar. Ana shu so‘zlardan ilhom olib, olimpiadalar sonini yanada ko‘paytirdik. Birgina 2025–2026-o‘quv yilining o‘zida 50 dan ziyod olimpiada tashkil etdik, shundan 30 tasi oflayn formatda bo‘ldi. Ko‘pchilik mendan: “Shuncha tizimli va tinimsiz olimpiadalarni o‘tkazishga energiyani qayerdan olasiz?” deb so‘raydi. Bu energiyani men sizdan, hurmatli Prezidentimiz, bundan yetti yil avval olganman. Tavallud kuningiz muborak bo‘lsin!

  • 2 июл.3 185144

    Natijaga mehnat va sabot bilan erishgan o‘quvchi qizning onasining fikrlari… Bilаsiz, men ko‘p bora ta’kidlayman: olimpiadalarimizning eng asosiy foydasi — bolalarning kamchiliklarini aniqlab berishi va biz taqdim etadigan video yechimlar orqali ularni to‘ldirish…

  • 26 июн.2 880185

    🇷🇺 Mendan ko‘pchilik rus tilida sifatli matematika o‘rgata oladigan o‘qituvchi so‘raydi. Haqiqatda, hozirgi kunda bunday o‘qituvchilar juda kam. S.H.Sirojiddinov nomidagi Respublika tabiiy va aniq fanlar akademik litseyidagi partadoshim, Kazan Milliy texnologik…

  • 23 июн.2 792418

    Katta davraga chiqdikmi, katta saboqlarga tayyor turishimiz kerak. Muvaffaqiyat tajribaning, tajriba esa muvaffaqiyatsizlikning mevasi. Bizni faqat kamchiliklarimizni aniqlash va ularni bartaraf etish kuchaytiradi. Uxlash qiyin bilaman, lekin xayrli tun!

  • 11 июн.2 926278

    2019-yil 24-may: Bu kunni xuddi kechagiday eslayman. 🏆 Xalqaro olimpiadalarda g‘olib bo‘lganim uchun PREZIDENTIMIZ ko‘rsatgan bu e’tiborlari men hozir qilayotgan ishlarimda haligacha motivatsiya bo‘lib turadi. Sizning farzandingiz ham shunday yoshlar qatorida bo’la oladi. ➖➖➖➖➖➖ 🎥 Videoda Prezidentimiz bilan 3-uchrashuvim aks ettirilgan. 🎁🚗 Bu uchrashuvda ularning oldilarida birinchi marotaba suhbatga chiqishim edi va menga avtomobil sovg‘a qilgan edilar. Shu kundan boshlab shaxsan o‘zlarining tavsiyalari bilan Xalq ta’limi vazirligida ish boshlagan edim. 📌 11-iyun kuni "Xalqaro olimpiadalarda g‘olib bo‘lish yo‘llari" mavzusida ochiq vebinar bo‘lib o‘tadi. 🔥Vebinarda biz siz bilan: - Xalqaro olimpiada farzandingizga qanday imkoniyatlarni ochib berishi; - TOP universitetlarga grant asosida kirish imkoniyati 🎁 Efir oxirida esa faqatgina ishtirokchilar uchun eksklyuziv taklifimiz bor. 🔗 VEBINARGA KANALIGA QOʻSHILISH: t.me/+FDzDQrqamNw1YTAy

  • 11 июн.2 159203

    Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, Yangi O‘zbekistonning 3-Renessansini aynan bugungi yoshlar yaratadi. ❓ Ammo savol shuki: 3-Renessansni kimlar barpo etadi? ➖➖➖➖➖➖ 🎥 Ushbu videoda zamonamizning eng ilg‘or, bilimli va tashabbuskor yoshlari — 3-Renessansning haqiqiy bunyodkorlari sifatida e’tirof etilgan yoshlar jamlangan. Ular safida mening ham borligim men uchun shunchaki faxr emas. Bu — katta ishonch va yanada katta mas’uliyatdir. Men o‘zim uchun bitta ulkan maqsad qo‘yganman: sizning farzandingiz ham ertaga mana shunday yetakchi, bilimli va Vatan taraqqiyotiga hissa qo‘shadigan yoshlar qatoridan joy olishi uchun bor bilim va tajribamni ulashish. Shu sababli ertangi vebinar oddiy uchrashuv emas. Bu — farzandingizning kelajagi uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadigan muhim qadam bo‘lishi mumkin. Biz ushbu vebinarga jiddiy tayyorgarlik ko‘rdik va siz uchun eng foydali ma’lumotlarni tayyorladik. ⚡️ Eng muhimi, faqat ertangi taqdimotda qatnashganlar uchun maxsus va eksklyuziv imkoniyatlar e’lon qilinadi. ⏰ Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang. Ertaga albatta qatnashing! 🔗 VEBINARGA KANALIGA QOʻSHILISH: t.me/+FDzDQrqamNw1YTAy

  • 10 июн.3 501116

    🏆 Farzandining kelajagiga befarq bo‘lmagan ota-onalar! 📌 Bu kanalimizda 11-iyun kuni "Xalqaro olimpiadalarda g‘olib bo‘lish yo‘llari" mavzusida ochiq vebinar bo‘lib o‘tadi. 🔥Vebinarda biz siz bilan: - Xalqaro olimpiada farzandingizga qanday imkoniyatlarni…

  • 10 июн.1 59563из khiso

    🏆 Farzandining kelajagiga befarq bo‘lmagan ota-onalar! 📌 Bu kanalimizda 11-iyun kuni "Xalqaro olimpiadalarda g‘olib bo‘lish yo‘llari" mavzusida ochiq vebinar bo‘lib o‘tadi. 🔥Vebinarda biz siz bilan: - Xalqaro olimpiada farzandingizga qanday imkoniyatlarni ochib berishi; - TOP universitetlarga grant asosida kirish imkoniyati 🎁 Efir oxirida esa faqatgina ishtirokchilar uchun eksklyuziv taklifimiz bor. 📈 Taqdimotni shaxsan Sardor Bazarbayev — xalqaro olimpiadalar g‘olibi, KHISO maktabi asoschisi — o‘zlari olib boradilar. YAQINLARINGIZ BILAN ULASHING: https://t.me/+FDzDQrqamNw1YTAy

  • 8 июн.2 281335

    10 kun kechikkan, lekin hamma ko‘rishi kerak bo‘lgan video Xabaringiz bor, yaqinda TALES olimpiadasining finalida qatnashib keldik. Dastlabki natijalarga ko‘ra 3 ta oltin, 4 ta kumush va 13 ta bronza medalni qo‘lga kiritdik (bizdan jami 27 nafar o‘quvchi…

  • 7 июн.7 6632914

    🛫 8000 kilometr, 2 ta yangi davlat, 10 ga yaqin shaharlar va 6000 o‘quvchi bilan finalda kurashish! May oyida 40 dan ortiq o‘quvchi va ota-onalar bilan yana bir katta xalqaro loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirdik. 🇹🇷 Turkiyada o‘tkazilgan nufuzli xalqaro olimpiadada 75 000 nafar o‘quvchi orasidan saralangan 6 000 nafar finalchi qatorida 27 nafar o‘zbekistonlik yoshlarimiz ham Vatanimiz sharafini himoya qildi. Ular shunchaki musobaqada qatnashib kelishmadi: ✅ Mustaqil bo‘lishni; ✅ Mas’uliyatni his qilishni; ✅ Turli davlatlardan kelgan tengdoshlari bilan raqobatlashishni; ✅ Jamoa bo‘lib harakat qilishni; ✅ Va eng muhimi, o‘z kuchiga ishonishni o‘rgandilar. 🏆 Dastlabki natijalar: 🥇 4 ta oltin medal (shundan 1 tasi mutlaq natija — 100%) 🥈 4 ta kumush medal 🥉 13 ta bronza medal Bu medallar ortida yuzlab soatlik mehnat, ota-onalarning ishonchi va ustozlarning fidoyiligi turibdi. ✈️ 🚌 8000 kilometr. 🇹🇷🇦🇿 2 ta yangi davlat. 🏙 10 ga yaqin shahar. Ammo eng katta yutuq — bu farzandlarimizning dunyoqarashi kengaygani, ularda "Men ham qila olaman!" degan ishonch paydo bo‘lgani bo‘ldi. Yaqin kunlarda ushbu safarda qatnashgan ota-onalar va o‘quvchilarning samimiy fikrlarini ham sizlar bilan bo‘lishamiz. 🔜 Oldinda esa yanada katta marralar kutmoqda: 🇺🇸 AQSh — Olympiad USA, Copernicus, STEAM Spires. 🇬🇧 Buyuk Britaniya — TeenEagle xalqaro olimpiadasi (Viza jarayonlari davom etmoqda: 97 651 33 34) 🇨🇳 Xitoy - G.A.T.E xalqaro olimpiadasi 🇩🇪 Germaniya — Einstein Olimpiadasi (Saralash bosqichi: 14-iyun. Batafsil: t.me/khiso/5853) Bugun havas qiling. Bugun oʻqiting. Ertaga esa farzandingiz ham O‘zbekiston bayrog‘ini xalqaro maydonda baland ko‘tarayotgan yoshlar safida bo‘lishi mumkin. 🇺🇿 Biz yoshlarimizga ishonamiz! 📲 Asosiy kanal: @khiso

  • 1 июн.12 тыс5970

    Bir oyog‘i gipsda edi. Ammo uning ilmga bo‘lgan muhabbati hech qanday to‘siqni tan olmadi… Kecha Respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilgan olimpiadada barchamiz uchun katta ibrat bo‘ladigan voqeaga guvoh bo‘ldik. Fargʻondagi Rahimov School maktabining 1-sinf o‘quvchisi Umarova Zeboxon Kamolidin qizi bir oyog‘i gipsda bo‘lishiga qaramay, olimpiadada qatnashish uchun keldi. U qiyinchiliklarni bahona qilmadi, og‘riqni vaj qilmadi. Chunki uning qalbida ilmga bo‘lgan muhabbat va bilim olishga bo‘lgan kuchli ishtiyoq bor edi. Bu oddiy holat emas. Bu — matonat. Bu — iroda. Bu — kelajakka ishonch. Va eng muhimi, bu — farzandiga to‘g‘ri tarbiya berayotgan ota-onalarning mehnati samarasidir. Aziz ota-onalar! Farzandlarimiz biz o‘ylagandan ham ko‘proq narsaga qodir. Ba’zan ular bizga sabrni, qat’iyatni va maqsad sari intilishni o‘rgatadilar. Zeboxonning bugungi harakati minglab bolalarga ham, ota-onalarga ham ibrat bo‘la oladi. Men, Zeboxon qizimizning ilmga bo‘lgan cheksiz muhabbati va qat’iyatidan chuqur ta’sirlandim. Shu sababli unga boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun tayyorlagan kitoblarimizni o‘z dastxatim bilan sovg‘a sifatida yuborishga qaror qildim. Bu sovg‘a uning matonati oldida kichik bir ehtirom va ilm yo‘lidagi sa’y-harakatlariga bo‘lgan hurmatimiz ramzidir. Aziz Zeboxon, siz bugun barchamizga muhim bir haqiqatni eslatdingiz: To‘siqlar tanada bo‘lishi mumkin, ammo maqsad qalbda bo‘lsa, inson albatta oldinga yuradi. Qizalog‘imizga tezroq sog‘ayib ketishini, ilm-fan yo‘lida esa yanada ulkan yutuqlarga erishishini tilaymiz.

  • 29 мая9 4984869

    10 kun kechikkan, lekin hamma ko‘rishi kerak bo‘lgan video Xabaringiz bor, yaqinda TALES olimpiadasining finalida qatnashib keldik. Dastlabki natijalarga ko‘ra 3 ta oltin, 4 ta kumush va 13 ta bronza medalni qo‘lga kiritdik (bizdan jami 27 nafar o‘quvchi qatnashdi va 21 ta medal olindi). Oltin medal olganlar ichida Gulmirzayev Salimbek 100 foizlik natijani ko‘rsatdi. Salimbekni 2-sinfdanoq bilaman. O‘tgan yili SUPER FINAL olimpiadamizda ham, YOZGI MAKTAB finalida ham 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan edi. Bu safar uni yangidan kashf qildim. 18-may kuni soat tungi 02:40 lar atrofida Istanbuldan uchgan samolyotimiz Boku aeroportiga qo‘ndi. Hamma tun yarmida chala uyqu bilan transfer zonasiga o‘tdik va rejamiz ertalabgacha uxlab, keyin Bokuni aylanish edi. Tonggi soat 06:20 da uyg‘ondim va (bolalar mas’uliyati katta yuk) ko‘zimni ochishim bilan bolalarni qidirdim. Hamma uxlayapti (xayriyat), faqat bir bola — o‘zimizning Salimbek uxlamasdan kitob o‘qiyapti. Darhol videoga oldim va onasiga yubordim (internet tezligi pastligi sababli video soat 09:50 lar atrofida yetib boribdi). Onasining yozishicha, Salimbek biror yutuqqa erishsa ham, sovg‘a sifatida kitob so‘rar ekan. Shunchaki havas qildim. Bilasizmi, aytish esimdan chiqibdi. Salimbekning bobosi Gulmirza ustoz menga maxsus maktabda matematikadan dars bergan, onasi Nasiba (Abdullayeva) ustoz esa mening 6–9-sinflarda sinf rahbarim bo‘lganlar. (Dars vaqtida shevada gapirsak, “5” ololmasdik. Shu sababdan 6-sinfdanoq adabiy tilda gapirishga odatlanganmiz. Bu endi alohida mavzu 🙂) Qissadan hissa shuki, g‘oliblikning siri — boshqalar o‘ynayotgan paytda ham bilim olishing va kitobni eng yaqin do‘stga aylantirishingda. Ha, darvoqe, bu yakshanba eng oxirgi olimpiadalardan biri o‘tkaziladi. Batafsil :➡️ t.me/khiso/5816

  • 14 мая3 1683

    видео или голосовое, без подписи

Sardor Bazarbaev — tgindex