tgindex
JO'RABEK RAMAZON

JO'RABEK RAMAZON

Статистика
@jorabekramazonКнигиузбекский

Iste'dodli va zabardast shoir Jo'rabek Ramazon she'rlari kanali ochildi. Xalqona, nafosatli, go'zal ijodi bilan ko'plab muxlislar orttirgan shoirning oxirati obod bo'lsin! Creator: @Niyatullo_n7

Последний пост
2 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
20
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Книги (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
591
−3 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
691
20 постов
Вовлечённость
116,9%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 20
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
206
1/48двое суток
236
1/72трое суток
254

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Dard meni o'zgartib tashladi butkul, Boshlab bo'larmikan barin boshidan? Haqoratdan tilim charchamas nuqul, Og’rimas yuragim ko'zlar yoshidan. Nogoh eshitilib qolsa biror sas, Lahzada buzilib ketar asabim. Qiynalib yetganda o'pkamga nafas, Sog'lom odamlarga kelar hasadim. Sevgilim bor edi boshqalar kabi, Yashadi yonimda qo'limdan tutib. Dilozorlik meni toliqtirmadi, Charchadi u barin ichiga yutib. Na unga beroldim bironta orzu, Na undan bema'ni orzum yashirdim. U meni kaftidan tushirmadi-yu, Men uning yuziga kaftim tushirdim. Bir o'y kemiradi dilni erta-kech: Nahotki topilmas dardimga davo?! Xudodan mol-dunyo tilamadim hech, So'raganim faqat bir hovuch havo. Hali ham yetsa gar yuragim dodi, Nimaga hayotdan mahrum etyapsan? Erkam, nafasingda havo bor edi, Sen uni kimlarga olib ketyapsan?.. JOʻRABEK RAMAZON http://t.me/jorabekramazon

  • 8 июл.495155

    Севдим сени, орзуларим фалак бўлди, Бошдан токи оёққача юрак бўлди. Кимга дунё, кимга дунё моли керак, Менга эса бир тасодиф керак бўлди. Ой қизларга ойдан ҳам оқ бахт сўрадим, Айрилиқдан анча йироқ бахт сўрадим. Иккимизнинг измимиздан чиқди ҳаёт, Иккимизга бошқачароқ бахт сўрадим. Қўрқма ахир, юзимизга доғ тушмади, Бошимизга ё осмон, ё тоғ тушмади. Ҳайронамиз ҳайрати кўп дунёсида, Шунча ғамдан сочимизга оқ тушмади. ЖЎРАБЕК РАМАЗОН @jorabekramazon

  • без подписи

  • Ijro: SHODIYONA DAVLATOVA JOʻRABEK RAMAZON http://t.me/jorabekramazon

  • 29 мая854103

    BOKIRAM Nimaga erishdim ertamni kutib, Yirtdilar yoqamni galma-gal tutib, Qancha yaxshilarim boʻldi unutib, Umrim malomatga koʻmganlari dam, Sen ham yuz oʻgirma mendan, bokiram. Netayin, sigʻmadim bagʻirlariga, Nishon boʻlib yurdim qahrlariga, Achinmadim yelkam yagʻirlariga, Ogʻriqdan uzilib tushsa ham yelkam, Sen ham yuz oʻgirma mendan, bokiram. Yer yuzidan izzat qidirganim yoʻq, Qornim toʻq boʻlsin deb yugurganim yoʻq, Dardimni hech kimga bildirganim yoʻq, Behuda boʻhtonlar qilganda alam, Sen ham yuz oʻgirma mendan, bokiram. Qayga boray axir, yoʻlim qolmadi, Gadodan uyaldim — pulim qolmadi, Hijroningdan oʻzga oʻlim qolmadi, Halokat boʻlsa-da har bitta qadam, Sen ham yuz oʻgirma mendan, bokiram. Yolgʻizlik jonimga singib ketsa yo, Gʻanimlarim meni yengib ketsa yo, Bir soʻzim qalbingga tegib ketsa yo, Yo mehrim nazdingda tuyulganda kam, Sen ham yuz oʻgirma mendan, bokiram. Orzular osmonga uchib ketsalar, Odamlar oshimni ichib ketsalar, Doʻstlarim butunlay kechib ketsalar, Yonimda qolganda birgina onam, Sen ham yuz oʻgirma mendan, bokiram. Ishonma gar meni oʻlgan desalar, Yo senga sevgisi soʻngan desalar, Endi usiz yashab oʻrgan desalar, Hammani ranjitsa hatto xotiram, Sen-da yuz oʻgirma mendan, bokiram. 2006-yil JOʻRABEK RAMAZON http://t.me/jorabekramazon

  • без подписи

  • 13 мая843168

    Муттасил қовоғин солган одамман, Билмам; ҳеч нарсага зарра ҳавас йўқ. Чунки мен ҳаммасиз қолган одамман, Суянайин десам, бирорта ҳас йўқ. Ҳамма учун гўлман, қўрсман, ёмонман, Чунки юрагимнинг изми томонман. Шунча қарғишдан сўнг ҳам омонман, Сен ҳақсан дегувчи мардона кас йўқ. Ерлигим юзимга солди буюклар, Шўрлигим билдирди кўкси чириклар, Гапини гапириб бўлди тириклар, Фақат Ҳудойимдан бирор бир сас йўқ. ЖӮРАБЕК РАМАЗОН http://t.me/jorabekramazon

  • 6 мая784138из shomuz

    Хазоннинг рангида  яшнади кўклам, Билмадим бу фасл баҳорми, кузми. Ҳеч бўлмаса  олам  қулаётган  дам Севгилим, биз яна учрашамизми? Учрашмоқ? Йўқ, энди кўришмаймиз  биз, Кўришсак-да,  зинҳор сўрашмаймиз  биз, Асли бу дунёга  ярашмаймиз  биз, Севгилим, биз яна учрашамизми? Қай куни айрилдик, қай кун  топишдик, Қай куни йиғладик, қай кун  ўпишдик. Ҳайронман, биз  қайси  осмондан  тушдик… Севгилим, биз яна учрашамизми?  Ишқ – Худо, ёди-ла кечар ҳар оним, Ва унинг пойида менинг осмоним. Худосиз яшашнинг завқи йўқ, жоним… Севгилим, биз яна учрашамизми? ✍️Жўрабек  РАМАЗОН @shomuz   -  Yo‘limiz  bir!

  • 1 мая898113

    Д У Н Ё Бу дунёнинг ранги йўқ, Номи йўқ, сийрати йўқ. Иккимизни бахтиёр Қилмоққа қудрати йўқ. Бу дунёнинг тили йўқ, Бардоши йўқ, дили йўқ. Бўйи билан ҳаётга Қайтарувчи гули йўқ. Бу дунёнинг ҳисси йўқ, Илдизи йўқ, изи йўқ. Кўзларида ёлғонни Яширмаган қизи йўқ. Бу дунёнинг сири йўқ, Боши йўқ, охири йўқ. Сандиқни парчалашга Қодир бир Тоҳири йўқ. ЖӮРАБЕК РАМАЗОН http://t.me/jorabekramazon

  • 26 мар.1 1601510

    Севдим сени, орзуларим фалак бўлди, Бошдан токи оёққача юрак бўлди. Кимга дунё, кимга дунё моли керак, Менга эса бир тасодиф керак бўлди. Ой қизларга ойдан ҳам оқ бахт сўрадим, Айрилиқдан анча йироқ бахт сўрадим. Иккимизнинг измимиздан чиқди ҳаёт, Иккимизга бошқачароқ бахт сўрадим. Қўрқма ахир, юзимизга доғ тушмади, Бошимизга ё осмон, ё тоғ тушмади. Ҳайронамиз ҳайрати кўп дунёсида, Шунча ғамдан сочимизга оқ тушмади. ЖЎРАБЕК РАМАЗОН @jorabekramazon

  • JOʻRABEK RAMAZON OGOHNOMA (Doston) (birinchi qism) XOTIMA Har kimni Haq yoʻliga Boshlovchi tariqat bor. Lek ramzlar ortida ham Qandaydir haqiqat bor. Bolam, nega koʻzimga Tik qarab mungʻayasan? Sen Humo qush qanoti Ostida ulgʻayasan. Biz afsus chekmas boʻldik Sanoqsiz gunoh qilib. Haq kalomi charchadi Doʻzaxdan ogoh qilib. Ey ayol, sen nimaga Gunohga botayapsan: Shu dunyoda oʻzingni Olovga otayapsan! Ey inson, boʻyningdagi Qarzingni oldir, deyman: Shu VATANni bolangga Bus-butun qoldir, deyman! Sen bir elatni boshqa Biridan ustun dema. Yozganlarimni faqat Bir millat uchun dema. Bizga zahar qoʻshilmay Keluvchi ziyo kerak, Terror degan balodan Xoli bir dunyo kerak! Shunda oʻzicha diniy ,, Qahramonʼʼ yoʻqoladi, Tutanxamon tarqatgan Saraton yoʻqoladi. Ulamolar unvon deb Toʻrt tomon yugurmaydi. Inson boshqa insondan Ayb-nuqson qidirmaydi. Zulayho yosh Yusufga Oshiq boʻlsa, nima ayb? Mol oxuri Isoga Beshik boʻlsa, nima ayb? Bobong kulbasin titib, Baland uylar qilyapsan. Tinch zamonning tinchini Buzib toʻylar qilyapsan. Tangri seni hamisha Ezgu ishga yoʻllasin. Har qadamingda Hazrat Bahouddin qoʻllasin! Ozod yasha, to abad Yoʻling boʻlsin munavvar! Qul huvallohu Ahad, Omin! Ollohu Akbar! http://t.me/jorabekramazon

  • JOʻRABEK RAMAZON OGOHNOMA (Doston) (birinchi qism) 21 Bu dunyoning bebaho Koʻp botiri bor edi. Muhammad Yusuf degan Mard shoiri bor edi. Oʻsha: choʻpon mol sotsa, Qaygʻuga botar, dedi. Yurtini sotar boʻlsa, Ziyoli sotar, dedi. Bilsang farishtalarga Shayton mudarris boʻlgan. ,,Nurʼʼli ilm oldim deb, Nechalar dayus boʻlgan. Kim olamga daʼvogar, Kimdir ,,jahon jallodiʼʼ. Biz esa Sharqda oʻtgan Allomalar avlodi. Ular boshidan biron Fikrni tushirmadi. Faqir boʻlib, tilidan Shukrni tushirmadi. Bobo Imom Ismoil Gʻariblardan qochdimi? Yoki oʻzi biron bir Yangi oqim ochdimi? Oʻttizta kitob yozib Qurʼonning tafsirida, Nima uchun Tabariy Ergash demas biriga? Yoki Hazrat Naqshband Malak-la kelishgandi: Bir kuloh tikib, olti Doʻzaxga alishgandi. Oʻzin na bir oqim, na Aqidaga shayladi. ,,Dast ba koru dil ba yorʼʼ Deya mehnat ayladi. Yassaviy oltmish uchda Yer ostiga kirgandi, Olloh unga yuz yildan Ortiq umr bergandi. Ammoki boyish uchun Yoʻl izlab yurganlar bor, Eʼtiqodin manfaat Yoʻliga burganlar bor. Jaʼfari Tarror uchun Qoʻl juda zarur edi, Chunki u olam aro Mashhur kissavur edi. Xudoning bir doʻstiga Na taom, na non berding. Ochlikdan oʻlgan edi, Savob deb kafan berding. Ertasi u masjiding Mehrobiga yopildi. Olloh aytdi: ,,Oʻzimdan Unga kafan topildiʼʼ. Sarkiy biyobon ichra Qismatini koʻrgandi. Oyogʻi shol Sirvoniy Azon payti turgandi. Yirtqichni tizzasida Uxlatgan Ali Bakkor Demadi: bu ishimdan Menga nima foyda bor... Ilk bor jang qurolini Ixtiro qilgan Idris Oʻlmas turib jannatga Kirganiga ne deysiz? Endi bu yogʻi toza Lafzga borib taqalar. Bu amrlar Ollohning Nomi bilan atalar. Nasimiy oʻlimiga Shu lafzni kafil qilding. Oʻzingcha Isoni ham Mahv etding — qatl qilding. Ammo Masih bunday xom Xayolni yoʻq qiladi. Hali Yaʼjuj-Maʼjujni, Dajjolni yoʻq qiladi. Soʻng Shomda rosa qirq yil Podsho boʻlishi kerak. Odam Ato qabrini Quchib oʻlishi kerak. Ey gʻanimim, sening ham Ozgina sabring boʻlsin. Biron kishi ziyorat Qiluvchi qabring boʻlsin! http://t.me/jorabekramazon

  • ,,Huzho, lo taxafʼʼ★ deya. Endi sening koʻzingdan Hirsni sindirishdimi? Ibrohimdek, tomingdan Tuya qidirishsinmi? Garchi zamondoshlarim Guvohiga aylandim, Maslahatgoʻylarning eng Maddohiga aylandim. Bittagina soʻzimga Amal qilsangiz eshman, Goʻyo Rasul qoʻlidan Xurmo olgan darveshman. Asli men ham siz kabi Navoiyga nabira. Faqat tinchlik bermaydi Bir gunohi kabira. Bu sanoqsiz insonning Koʻksidagi ohidir; Vatanda yashab, uni Sevmaslik gunohidir! ★ ,,Olloh oʻzi xohlagan ishni qilurʼʼ. (Qurʼoni Karim, ,,Ibrohimʼʼ, 27-oyat) ★ ,,(...Ularning barchalari bizning dargohimizda hozir qilinguvchilardirʼʼ. (Qurʼoni Karim, ,,Yosinʼʼ, 53-oyat). ★ ,,Qoʻrqmagin! Albatta sen oʻzing gʻolib boʻlguvchisanʼʼ. (Qurʼoni Karim, ,,Tohlʼʼ, 68-oyat). http://t.me/jorabekramazon

  • JOʻRABEK RAMAZON OGOHNOMA (Doston) (birinchi qism) 20 Dovud paygʻambar bir kun Kaptarni quvib bordi. Quva-quva, bilmayin Bir uyga kirib bordi. Hovlining oʻrtasida Choʻmilardi bir juvon. Uning nozik badani Chiroyli edi chunon. Paygʻambarning qalbini Ajib his choʻlgʻab oldi; Ollohning imtihoni Oldida ojiz qoldi. Uyga qaytib oʻyladi: Bu ayol zebo ekan. Bilsa, eri jihodda, Jangchi Uriyo ekan. Farmon berdi: ,,Uriyo Uyga qaytib kelmasin. Oʻsha yoqdan yana bir Jihod sari yoʻllansin!ʼʼ Uchinchi urush mahal Uriyo shahid boʻldi. Dovud uning bevasin Uyiga olib keldi. Barchadan olqish olib, Unga uylandi nabi. Xotirjam yashar edi Hamma baxtlilar kabi. Bir kun kutilmaganda Kirib keldi ikki kas. Dedi biri: ,,Muammo U qadar qiyin emas. Mening bitta qoʻyim bor, Roʻzgʻorim shunga bogʻliq. Mana bu sherigimda Toʻqson toʻqqizta sovliq. Tagʻin mening qoʻyimni Oʻziga olmoq boʻlar, Sovliqlarin sonini Yuzga yetkazmoq boʻlarʼʼ. Dovud dedi: ,,Oʻzingga U dunyoni toraytding. Bechoraning bir dona Qoʻyiga koʻz olaytding. Men sening niyatingda Shaytonni koʻrajakman. Bu daʼvodan kechmasang, Ogʻzingga urajakman!ʼʼ ,,Havolanma, sen mening Ogʻzimga urolmaysan. Nega oʻzing qoʻl urgan Qilmishni koʻrolmaysan? Bir kam yuz xotining bor, Yana nega shaylanding: Bir gʻaribni oʻldirib, Ayoliga uylanding! Mayli, inson qoʻl urar Katta-kichik xatoga. Ayt qani, qay birimiz Loyiqdirmiz jazoga?..ʼʼ Ular Olloh yoʻllagan Ikkita malak edi. Ammoki Paygʻambarning Yoʻrigʻi boʻlak edi. Qismatiga muhr-la Bitilgan oʻsha juvon, Chunki shu ayolidan Tugʻilgandir Sulaymon. Asli biz turfa edik: Qizil, qora, oq edik. Zero, yaratgan payti Aralash tuproq edik. Bilsang, Hazrati Nuhdan Shokirlik qolgan edi, Zikriyo paygʻambardan Zokirlik qolgan edi. Oʻlim kelsa, aql yoʻq, Taʼma kelsa, sharm yoʻq. Hirs kelganda, koʻngilda Mehr uchun oʻrin yoʻq. Toki koʻksingda bedor Urib turarkan yurak, ,,Ey inson oʻgʻillari!ʼʼ Senlarga nima kerak? Baʼzida Haq kalomin Shunchaki masal deding. Yillar oʻtib, Isoni Oʻpkasi kasal deding. Mana, Hajjoji zolim Qirgan edi insonni — Yigirma yil ichida Yuz yigirma ming jonni. Sen nega ishonmading Osmon teshilganda ham, Ikkita daryo suvi Birga qoʻshilganda ham. Yuz yil uxlab, Kitobni Qayta koʻchirganda ham, Loydan yasalgan qushni Puflab uchirganda ham! Qanday chora topasan Haq savolga tutsa gar: ,, Nega bir-birlaringga Yordam bermayapsizlar?ʼʼ Sen shu kalomni tingla, Aylama oʻzga insho. Kechikmas turib angla: ,, Yafʼalulloh moyashoʼʼ★. Yuguraylik yoʻlimiz Falokat toʻsmasidan; Oyogʻimiz ostida Xarruba oʻsmasidan. Nima holki, oyogʻin Bitta chumoli chaqsa, Butun boshli daraxtni Qoʻporib, oʻtda yoqsa! Hozir na Minotavr, Na Dedal, na Ikar bor. Na Rasulni ,,abtarʼʼ deb Atagandan asar bor! ,,Zuhoʼʼ kelgach anglading Bu bir Haqqa ayon sir: Oyning oʻn beshi yorugʻ, Oʻn beshi qorongʻudir. Oʻzingcha bu olamning Egasisan sen goʻyo. Ammo Olloh aytgan-ku: ,,Shaksiz, meniki dunyo!ʼʼ Senga bulbulning oltin Qafasi kerakmasmi? Isoning jon baxsh etar Nafasi kerakmasmi? Musoning moʻjizakor Tayogʻini istarsan? Balki oʻsha Iskandar Mayogʻini istarsan? Semurgʻning qanotiga Minging kelmayaptimi? Olimpning choʻqqisiga Qoʻnging kelmayaptimi? Nimalarni unutib, Nimaga boʻlding noyil? Ne deysan taroziga Chorlaganda Zuqoyil? Nega toʻsqin boʻlasan Olamning kamoliga? Yoki sen ham muhtojmi Urgʻochi chumoliga? Bittagina tariqni Darhol yutsang yaxshimi, Toʻqqiz ming yil ogʻizda Yutmay tutsang yaxshimi? Sen oʻzingcha uzoqroq Yashamoq gʻamin yeysan. Moʼunda turgan daraxt Sargʻaysa, nima deysan? Axir insonni mehnat, Mashaqqatga yaratgan. Rizq uchun koʻkka emas, Zamin uzra taratgan. Nega oʻylamayapsan Hisobot pallasini? Yeging keldimi yoki Shaytonning kallasini? Oʻz boyligi yutgandi Xoʻjayini — Qorunni. Oʻqimagan edingmi ,,Ladayna mahzarunʼʼ★ni? U istadi — xarsangga Jon berdi, boʻldi tuya. Musoga madad berdi

  • JOʻRABEK RAMAZON OGOHNOMA (Doston) (birinchi qism) 19 Qaysi bir zamonada Bor edi odil qozi. Qilgan barcha hukmidan Elu yurt edi rozi. Bir kun uning atrofin Daʼvogarlar oʻrashdi. Bir bolaning onasin Aniqlashni soʻrashdi. Bechora bola qoʻrqib, Lablarini tishlagan. Uning ikki qoʻlidan Ikki ayol ushlagan. Ikkisi ham bolaning Onasi menman, dedi. Qozikalon bagʻoyat Bilimdon odam edi. Dedi: ,,Ey zaifalar, Bu ish juda mushkuldir. Men uchun har biringiz Aytgan gaplar maʼquldir. Onalar ikkita-yu, Biroq bitta bolamiz. Shuning uchun bolani Teng ikkiga boʻlamiz! Mening bu qarorimga Boʻysunmasdan netasiz? Har biringiz yarmini Olib, uyga ketasiz!ʼʼ Bundan birinchi ayol Shunchaki hayron qoldi. Ikkinchisi tiz choʻkib, Yigʻladi, faryod soldi: ,,Men uning onasimas, Men yolgʻonchi, gunohkor! Bolani olib ketsin, Unga bermanglar ozor!ʼʼ Shu yoʻl orqali qozi Uzoqni koʻrgan ekan. U bolani ikkinchi Ayolga bergan ekan... Inson, bugun qilmishing Oʻzingga yarasharmi? Seni ham bolam deya Onalar talasharmi? Nima hol, umidvori Bilganim terror desa. Ona bunday farzandni Tuqqanim bekor desa! Bu kunni bilganimda Pushaymon qilmasmidim; Sen tomon koʻksim tugul Qoʻlim uzatmasmidim. Sen tutgan ,,Iymonga yoʻlʼʼ Qaysi yoʻlga boshlaydi? Yana nechta onaning Koʻzlarini yoshlaydi? Rasul farang yurtiga Borganini aytgandi. Bir avarning uyida Mehmon boʻlib qaytgandi. Ancha avval shu yerdan Qoʻnim topganmish mezbon. Ammo uning vatani Hisoblanar Dogʻiston. Bilsa, qarindoshlari Koʻp ekan, yirik ekan. Hatto, bolam oʻldi deb, Onasi tirik ekan. Uning hayotligidan Darak berganda Rasul, Toʻy boshlab yuborishdi Quvonchdan butun ovul. Ayni bazm avjiga Chiqqan mahalda kampir Shoirni chaqirtirib, Dedi: ,,Rostini gapir, Uning uyi chiroyli, Oʻzi badavlat, deding. Oʻgʻlim bilan sen qaysi Tilda gaplashgan eding?ʼʼ Shoir aytdi: ,,Men ancha Boʻldim boshida sarson; Men ruscha, u farangcha, Oʻrtamizda tarjimonʼʼ. Kampir dedi: ,,Bilasiz, Ulugʻ yoshga toʻlganman. Oʻgʻlim uchun qachonlar Aza ochib boʻlganman. Adashibsan, ey Rasul, Aybing undan kam emas. U sening suhbatdoshing, U mening bolam emas! Bizni buyuk yaratgan Xudoyimga qasamlar, Ona tilin unutgan Bolam yoʻqdir, odamlar!ʼʼ Sen-chi, tilingga qoʻshib Elingni unutdingmi? Tobutdan chiqib turar Qoʻlingni unutdingmi? Inson, onang sen uchun Ming tirilib-oʻlgandir. Hatto Nuh toʻfonidan Asramoqchi boʻlgandir. Sen esa qabohatga Nega yoʻl ochayapsan? Hattoki oʻz onangni Qutqarmay qochayapsan. Qara-ya, qanday toʻldi Miyangdagi boʻshliqlar: ,,Ota ham, ona ham yoʻq! Bordir faqat boshliqlar!ʼʼ Garchi goʻdaklikdagi Beshigingga sigʻmaysan, Nima uchun oʻz uying, Eshigingga sigʻmaysan? Vatan avval oʻsha uy — Ostonadan boshlanar. Jahannamga avvalo Vatansizlar tashlanar! http://t.me/jorabekramazon

  • Senga ayonmi biror Mavjudotning mamoti? Ayt-chi, nega toʻkildi Shamoyilning qanoti? Magʻribdan Mashriqqacha Podsholik qildi toʻrt jon; Ikkitasi kofiru, Ikkitasi musulmon. Birortasi abadiy Hayotga erishdimi? Yo Jabroil singari Qanotga erishdimi? Garchi zamin goh obod, Goh vayron, abgor boʻlgan, ,,Neki bor boʻlgan boʻlsa, U orqali bor boʻlganʼʼ. Yoki ishonasanmi Moʻjiza boʻlsa beshak: Koʻz oldingda tirilsa Uzayr mingan eshak. Sulaymon oq otlarni Nimaga qirgan edi — Haq amrini ulardan Ziyoda koʻrgan edi. Suvo nima, Vad nima, Yagʻusu Yauq nima — Baridan ustun keldi, Choʻkmadi bitta kema. Bu dunyoda har bir ish Imkon bilan boʻladi; Qurʼon bilan boʻlmasa, Sulton bilan boʻladi! http://t.me/jorabekramazon

  • JOʻRABEK RAMAZON OGOHNOMA (Doston) (birinchi qism) 18 Bir faylasuf fikri bor (Bu ham bitta ilmdir): Bilim tugagan joyda Bilimsizlik bilimdir! Sen bilishga eʼtibor Qilmasliging bilmaysan, Oʻzing haqda hech narsa Bilmasliging bilmaysan. Rimliklar radiodan Yangilik tinglar, biroq Oʻsha Mikelanjelo Freskasi afzalroq. Unga boqqan odamlar Aytishadi to hanuz: ,,Ilon qorayibdimi, Demak, yomgʻir kutamiz!ʼʼ Sigir bilan bellashdi NASAdagi apparat — Ob-havoni oldindan Aytish kerak, marhamat! Bu bellashuv chogʻida Qoramol tengsiz boʻldi: Aniqlikda bu hisob Oʻn toʻqqiz-sakkiz boʻldi! Baltimor gazetasi Baridan oʻzgan edi: Olti yil ob-havoni Adashmay yozgan edi! Aslida bu ularni Avval kuldirgan ekan, Chunki bashoratlarni Mushuk bildirgan ekan! Rasululloh ham mushuk Uyqusini buzmagan. Aytasanmi: u kishi Ob-havoni sezmagan? Qaysi yili men togʻda — Qishloqda boʻldim mehmon. Uy egasi soʻzlandi Yigʻishtirgach dasturxon: ,,Ertalab qaytolmaysiz, Yomgʻir yogʻib, sel kelar. Qariya qoʻshnimiz bor, Buni oldindan bilarʼʼ. Kulib qoʻydim, eh, sizlar Nihoyat sodda, dedim. Havoni qarang, qanday Issiq, ozoda, dedim. Osmonga nazar soling, Bulut ham yoʻq bir parcha. Qayerdan kelar ular To ertalab boʻlguncha?.. Biroq tongda yomgʻirning Shovqinidan uygʻondim. Pishqirib oqqan selning Toshqinidan uygʻondim. Keyin choldan soʻradim: ,,Bu biron karomatmi? Yoki ertangi kunni Koʻrishdan alomatmi?ʼʼ Kuldi: ,,Men na kitob, na Tushlarni kuzataman, Shunchaki hayvonlarni, Qushlarni kuzatamanʼʼ. Tangri oʻzi biz uchun Alomatlar beradi. Faqat buni chin dildan Istaganlar koʻradi. Sen Ollohning amrini Buzishni-da bilding ep: Ostonadan hatlading ,,Huttaʼʼ emas, ,,hintaʼʼ deb. Mayna ortidan kelgan Vabo ham taqdir edi. Devorlarni qulatgan Sen emas, takbir edi. Yo quyoshni botishdan Toʻxtatgan sen edingmi? Kalimullohga sabr Oʻrgatgan sen edingmi? Hali oyoq qoʻymagan Qadamni bilganmiding? ,,Boshiga moy surtilganʼʼ Odamni bilganmiding? Sherlar bilan quduqda Och yashagan paygʻambar Ollohga taʼna qilib Soʻz qotdimi, birodar? Shod kuningda doʻstlarni Jamlab, sharob ichasan, Xayolingda, istasang, Buroq minib uchasan. Boshingga kulfat tushsa, Izlamay alomatni, Ikkilanmay boshlaysan Tangriga malomatni. Balki sen aybdormas, Barini Oʻzi qildi. Inson gunohi uchun Isoni ,,Qoʻziʼʼ qildi. Ochiq Kitob yaratib, Yozib qoʻygan ham oʻzi. Bir oliy musabbab bor — Sabablar sababchisi. U kimga uzoq umr, Kimgadir Kitob bergan. Suygan elchilariga Sendan koʻp azob bergan. Birinchi otashparast Birinchi qotil edi; U Odamning birinchi Bolasi Qobil edi! Lut qavmining boshiga Kelgan darddan qutildi. Lekin undan qutulib, Battariga tutildi. Qizi bilan yotishin Bilganida bu inson, Oʻzin oltingugurtga Urmasmidi beomon? Yunus baliq qornida Zikrni unutmadi. Yusuf zindon ichida Shukrni unutmadi. Dovudning qirq oʻgʻlini Olganini bilasan. Ayyubning ne dard bilan Tolganini bilasan. Sulaymonning poyiga Oʻlik bola tashladi. Ibrohimga amr etib, Jon joyidan ushladi. Shayton tortib, etagi Koʻringanda paygʻambar, Uni daraxtga qoʻshib Arralab tashladilar. Jiyanin nikohiga Olmoqchi boʻlgan Haddor Adolatli Yahyoni Oʻldirgan edi, gʻaddor! Sen sabrga boʻysunmay, Nega gʻoʻrlik qilasan? MADAD eng oxirida Kelishini bilasan. Garchi Ayyub paygʻambar Ayolini suygandi, Yuz qamchi uraman, deb Qasam ichib qoʻygandi. Yaratgan amri uni Choraga burgan edi; Yuzta novdani bogʻlab, Bir marta urgan edi. Paygʻambarga tosh otgan Bu Lahab nima boʻldi: Oqibatda xor oʻlib, Toshlar bilan koʻmildi. Yo ,,olov otasiʼʼga Oʻtin qalagan juvon Oʻtinning arqoniga Boʻgʻilgancha berdi jon. Ikki yuzta tuyani Soʻraganda Muttalib, Yovuz Abraha birdan Savol tashladi kulib: ,,Men shahringni — Kaʼbani Vayron qilaman desam, Sen faqat tuyalarni Ber, deya oʻtiribsan?ʼʼ Men tuyaning egasi, Gaping bekor, dedi u. Kaʼbani qoʻriqlovchi Egasi bor, dedi u. Fili Mahdumga qarshi Abobil qushlari bor... Qurtlar yemaganida Sulaymonning hassasin, Devlar ishga yana koʻp Qoʻshar edi hissasin. Arshning ostida turib Qichqirganda bir xoʻroz, Ikkala dunyo aro Maʼlum boʻlar bu ovoz. Bu Haq kalomin yetti Falakka parvozidir; Goʻyoki oʻsha Hazrat Bilolning ovozirdir.

  • Deb xabar yetkazdilar. Soʻrdi ayol: ,,Qayerim Yoqqan ekan, ayt qani?ʼʼ Javob qildi: ,,Koʻzlaring Maftun etmishdir uniʼʼ. Ayol ikki koʻzini Oʻyib, laganga soldi. Choparga tutqazdi-yu, Tagʻin tayinlab qoldi: ,, Mana, men unga sevgan Koʻzini qildim tuhfa. Shunga qarab oʻtirsin, Boshqa qilmay bezovtaʼʼ. Ataba bu holatdan Koʻp iztirob yutgandi. Tavba qilib, Ollohning Kalomini tutgandi. Har bir kesilgan mato Bayroqqa aylanmadi. Ne-ne goʻzal siynalar Tuproqqa aylanmadi. Koʻzingni och, ey basir, Jismga oshiq boʻlma. Insondagi biron bir Qismga oshiq boʻlma! http://t.me/jorabekramazon

  • JOʻRABEK RAMAZON OGOHNOMA (Doston) (birinchi qism) 17 Men birovni behuda Insofga chaqirmadim. Nima uchun muhabbat Haqida gapirmadim? Nimani oshkor qilib, Nimani xaspoʻshlaymiz? Kel, buni ham bir oddiy Hikoyadan boshlaymiz. Boʻyi yetgan boʻz bola Bir qizni koʻrib qoldi. Mahliyo boʻlib unga, Orqasidan yoʻl oldi. Taqqa toʻxtadi birdan, Burilib, soʻradi qiz: ,,Nega mening ortimdan Ergashib kelayapsiz?ʼʼ Yigit der: ,,Bir koʻrishda Sevib qoldim deganlar Ehtimolki ming karra Haqiqatgoʻy ekanlar! Mana, menda isboti, Bunga duch kelgan oʻzim. Seni baxtli qilaman, Chindan, yigitlik soʻzim!ʼʼ Bir oz oʻyga botgan qiz Dedi: ,,Sal shoshmay turing; Ortimdan singlim kelar, Uni ham bir bor koʻringʼʼ. Toʻxtab, ortga qayrilgan Yigit qildi eʼtibor, Lekin orqa tomonda Na qizi na bir zogʻ bor. Qadamin shaxdam qilib, Yetib oldi qizga tez. Dedi: ,,Yolgʻon gapirib, Nimaga erishdingiz?ʼʼ Qiz aytdi: ,,Sevamanʼʼ deb Ortimdan yugurdingiz. Ammo nega qayrilib, Singlimni qidirdingiz? Meni chindan sevsangiz, Koʻnglingiz toʻq boʻlardi; Boshqa bir qizga qarash Istagi yoʻq boʻlardi!ʼʼ Sen ham muhabbat haqda Bir nima bilarmisan: Yoring qayga qaraydi — Eʼtibor qilarmisan? Dil bergan odamingni Bir marta sinadingmi? Yo u bilan ikki-uch Panada tunadingmi? Ishq sinovi desa, kim ,,Gulistonʼʼ ni eslaydi. Hazrat Navoiy esa Shayx Sanʼonni eslaydi. U bir tarso ayolga Oshiq boʻlib qoldi-yu, Unutdi — dunyo nima, Unutdi — nima uyqu. Qiz uni sinash uchun Bir soʻzda muqim turdi: Kalomullohni oʻtga Tashlaysan, deb buyurdi. Shayx oʻn mingta muridin Koʻzlarini yoshladi: Kalomullohni oʻtga Ikkilanmay tashladi. Lol qoldi butun dunyo: Bu qanaqa ish edi? Hech qaysi qalbda goʻyo Takrorlanmas ishq edi! Qiz dedi: ,,Bu nahotki Shunday ishqi bor odam?! Axir, unga kam erur Olam sultonligi ham. Men bunday ishq qoshida Boshimni egadurman: Avval muslima boʻlib, Soʻng unga tegadurman!ʼʼ Mana Olloh karami — Chin ishq uchun inoyat. Ming yillarki, tillarda Dostondir bu hikoyat. Sen bu kabi hikmatni Yana qayda koʻrganding? Hattoki muhabbatni Fanga solib oʻrganding. Har narsaga gap topding, Bariga ruxsat deding. Don Juan qismatini ,,Ludus muhabbatʼʼ deding. Yana uni ajratding ,,Erosʼʼga, ,,maniyaʼʼga Xullas, havola qilding Nima kelsa miyaga. Endi muhabbatni ham Boʻlim va bob qilarsan. Lekin Haqqa atalsa, Qanday xarob qilarsan? Qani hamma yashasa Sokin ,,storgeʼʼ bilan. Erkak bir bor uylansa, Ayol bitta er bilan... Vafosizlik boʻlmasa, Taloq boʻlmasa edi. Majnun yetib kelguncha, Layli oʻlmasa edi... Edgar Po sinfdoshin Onasini sevgandi, Unga ishq izhor qilib, ,,Sevamanʼʼ ham degandi. Oʻgʻlim degan bolaning Ishqin hazm qilolmay, Ayol oʻzin oʻldirdi Ne qilarin bilolmay. Ayt-chi, bu muhabbatning Qaysi bobiga mansub? Yo fanda ochasanmi Yana bir yangi qutb? Yoki endi oʻn sakkiz Yoshga yetib qolgan qiz Oltmish yoshli Ebenni Sevganiga ne deysiz? Bettina-chi, yigirma Yettiga toʻlgan edi, Qariya Gyotega Mahbuba boʻlgan edi. Yo shu yoshda Kamilla Nimani esga oldi; Oʻlim toʻshagidagi Geyneni sevib qoldi! Qisqasi, muhabbatni Rangga solib boʻlmaydi. Yoki biror yangicha Fanga solib boʻlmaydi. Kimlargadir bu yoʻlda Yashamoq oson emas; Chunki jononi uchun Oʻzin joni jon emas! Rus elida bir shoir Sevgisi rad qilindi. Oʻshanda muhabbatning Qadri unga bilindi. Bir ishqiy kitob tuzib, Qizga yuborgan edi, Xushtori maktub yozib, Izhoring qabul, dedi. Lekin bechora shoir Boshqa sheʼr yozolmasdi, Hattoki nikoh uchun Muhr ham bosolmasdi. Chunki u oʻygan edi Qoʻl terisini shilib, Kitobga qoʻygan edi Uni muqova qilib. Nodon oʻris, oʻzingga Yomonlik tilaysanmi? Shu majruh qoʻling bilan Yor sochin silaysanmi? Nega Olloh baxsh etgan Tanni saqlamas butun; Uni qurbon qiladi Bandasi banda uchun. Qays Laylining birgina Yuzini sevganmidi? Yo Ataba singari Koʻzini sevganmidi? Darvoqe, u ayolga Bir chopar ketkazdilar, ,,Ataba senga oshiqʼʼ

  • JOʻRABEK RAMAZON OGOHNOMA (Doston) (birinchi qism) 16 Yolgʻiz boʻlsa odamzod, Davron surmas, deydilar. Oyogʻingga besabab Tikan kirmas, deydilar. Besh non bilan besh ming kas Toʻyganiga sabab bor, Xizrning yosh bolani Soʻyganiga sabab bor. Mashrabning dor ostida Kulishi ham sababli. Tovusning oʻz patini Yulishi ham sababli. Aytgin ammo, Sudanning Buguniga sabab ne? Afgʻonning koʻkka oʻrlar Tutuniga sabab ne? Liviyaning qulagan Tuzumi kimga kerak? Eronning ,,gap qaytararʼʼ Tizimi kimga kerak? Qaysi mahorat uchun Olqishlaymiz insonni — Yuz metrdan bexato Uradi deb nishonni. Kolt toʻpponcha yaratib, Quvonchga toʻlgan edi. Armiyaga bormasdan Polkovnik boʻlgan edi. Garchi inson u bilan Qiradi bir-birini, Biroq bilmas hali ham ,, Kalashnikovʼʼ sirini. Xaritada yoʻq ammo Sayyoramizda mavjud Dunyodagi eng maxfiy ,,Ellik birinchi hududʼʼ. AQSHning bu zonasi Garchand ,,beyurakʼʼ emish, Taraqqiyot tufayli Insonga kerak emish. Chunki bu yerda sirli NUJlar oʻrganilarmish, Turli-tuman samoviy Kuchlar oʻrganilarmish. Inson, qoʻlingdan kelsa, Avval oʻrgan oʻzingni. Haqning qoshida turib, Kattaroq och koʻzingni. Odam yaratamiz deb Olqishlar bir-birini. Lek anglolmay ovora Bir oshqozon sirini. Rasul hojatxonaga Chap oyoq-la kir, dedi. Buni oʻqib, baʼzi bir Olimlar kulgan edi. Lekin buning boisin Bildi-yu, hayron boʻldi. Hayronligi tugagach, Moʻmin-musulmon boʻldi. Avvalo na Odamni, Na ochunni yaratdi; Hammasidan ilgari Kofu Nunni yaratdi. Kun dedi — boʻlgin dedi, Har narsa paydo qildi, Fayakun — bas, boʻldi, deb Olamni bino qildi. Oʻtdan yaralgan edi Muzakkar va Muannas; Biri ilonga oʻxshar, Ikkinchisi chayon, bas. Ikkisi juft boʻldi-yu, Jinlar tugʻildi nogoh. ,,Biz jinlarni olovdan Yaratdik dedi Olloh. Bugun olov qoplagan Yerlarda ham jin bormi? Oʻt ichida yashagan Odamlarga kun bormi? Nega oʻylamayapsan Ozod insoniyatni; Olti ming olti yuzu Oltmish olti oyatni! Bir zamon bashariyat Tashna-yu abgor edi, Musoning tayogʻi-la Chiqqan suvga zor edi. Suv bugun ummonlarda Pishqirib sado qilar. Suv qaytarib bersinmi Gap uqmas nodonlarni — Bermud uchburchagida Yoʻqolgan insonlarni. Kim tarixga qaytganmish, Kim koʻrganmish ertani. Birortasi besabab Boʻladimi ayt qani! Nega Gaitida yer Silkinib, ofat keldi? Ming-minglab oʻlimlardan Soʻng yana oʻlat keldi. Okean oʻrtasiga Sen yordam qilolmaysan. Nima edi ularning Gunohi — bilolmaysan! Qoʻy, oʻzingni qiynama, Buni bilar bir Zot bor; U istasa, hayot yoʻq, U istasa, hayot bor! U har aytar soʻzingni Haq sari yoʻlla, dedi. Qiyomat boʻlmasidan Qoʻshningni qoʻlla, dedi. Mana, katta oʻrmonda Yashardi ikki oʻrtoq. Biri soʻqir, birida Yoʻq edi ikki oyoq. Oʻrtoq emas, aslida Ular gʻirt agʻyor edi. Goʻyo adoqsiz oʻrmon Ikkisiga tor edi. Bir kuni oʻt ketdi-yu, Yona boshladi oʻrmon. Hamma tomon alanga, Tutunga toʻlgan osmon. Koʻr har tomon sapchiydi — Tavakkal yurar edi. Yo olovga va yoki Daraxtga urar edi. Majruh esa otashdan Qochmoq boʻlmasin harchand, Yongʻin uning yoʻlini Qilar edi darrov band. Soʻqir dedi: ,,Bu yerdan Chiqmoqning bor bir yoʻli: Hozir ikkimizga ham Kerakdir doʻstlik qoʻli! Kel, yelkamga oʻtir tez, Men senga boʻlay oyoq. Koʻzim boʻlib koʻrsatgin — Qayerda xavfsiz soʻqmoqʼʼ. Xullas, olov qopladi Hoʻl-quruqli oʻrmonni. Lek ikkisi kelishib, Asrab qolishdi jonni. Shunday ekan, ey agʻyor, Kel, qoʻling uzata qol. Yorugʻ kelajak sari Doʻstingni kuzata qol! Kim qorniga, kim esa Qadri uchun yigʻlaydi. Goʻyoki ikkitasi Bir dunyoga sigʻmaydi. Ey inson, yoningdagi Odamni avaylaysan; Bu bilan sen kurrai Olamni avaylaysan. Asramoqchi boʻlganing Olam yovi boʻlsa-chi?! Va uning sayohati ,,Odam oviʼʼ boʻlsa-chi?! Botsang hamki gunohga, Boshqa yoʻlni koʻrgung ep; Yuzlanasan Ollohga: ,,Fantaqomna minhumʼʼ★ deb. ★ — ,,Biz ulardan intiqom oldik...ʼʼ (Qurʼoni Karim, ,,Zuxrufʼʼ, 25-oyat). http://t.me/jorabekramazon