tgindex
Keyingi bekat - London 🇬🇧

Keyingi bekat - London 🇬🇧

Статистика
@magic0nузбекский

@KBLondonbot Ҳаётимизнинг абадий ва олий мақсади – эзгуликдир. Яхшиликни биз қандай тушунмайлик, ҳаётимизнинг ўзи яхшиликка интилишдан бошқа нарса эмас. Л.Н.ТОЛСТОЙ

Последний пост
18 мар.
Последнее чтение
14 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
20
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
373
мало замеров
Замеров пока мало
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
257
20 постов
Вовлечённость
68,9%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 20
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Еврейлардан нега даҳолар чиққан? Шу кунларда бир турдаги мақолаларга кўп кўзим тушаяпди: - Украина Яқин шарқ давлатларига дронлардан химояланиш учун ёрдам бермоқчи… - Япония Украина дронларини сотиб олмоқда… - Бир замонлар Украинани Европа пулларига қараб қолган давлат деб кўрган Венгрия ҳозир Украинадан қўрқаяпти. Энди савол, Украина қачон бунақа кучайиб кетди? Ўзи урушда энасини кўриб юрувдику яқин кунлардаям. Ҳамма гап шундаки, уруш украинларни комфорт зонадан чиқарди. Улар мақсадларини “мазза” қилиб яшашга эмас, просто “тирик қолиш” учун қайта созлаб чиқишди. Ўзи олдинам шунақа бўлган. Уруш давлатларни буюк қилишга, инсонларни комфорт зонадан чиқиб янгилик яратишга, фикрлашга “мажбурлаган”. Гапимни мисоли сифатида инсоният учун энг керакли ихтиролар қилинган периодларга қаранг: - Пенцилин (II жаҳон урушида) - Қон қуйиш (I жаҳон урушида) - Радарлар - Интернет (Ядро мулоқотни олиб бориш учун) - Самолётлар - Пластик - GPS Ана ўшанақа пайтлари Еврейлардан нега Нобел мукофоти олганлар, ёки олимлар кўп чиққан деган саволга жавоб топкандай бўламан: - А ҳар доим қувғинда бўлгандан кейин уларни мияси тирик қолишга мослашган, улар мияни комфорт зонага тиққиси кемайдида, дегим келади. Узоққа бормаймиз. Амир Темурни буюк қилган ҳам аслида ўша пайтдаги вазият эди. Агар ўшанда бизни мўғуллар босиб олмаганда Амир Темур эҳтимол мўғулларга қарши курашиб давлатни бирлаштирмаган, номимизни буюк қилмаган бўларди. “Қийин пайтлар буюк одамларни яратади” деган гап ҳам балки шунгадир. Мияси комфортга ўрганган, 10 секундли видеолар билан кунини ўтказаётган ҳозирги авлодни кўриб эса эзиламан.

  • Mana shu okaxonni teniymiz. Namangondagi katta tadbirkorladan. Shaharda katta dori zavodlari bor. Bir tomondan qonunni ishlayotkani odamni xursand qiladi. Qonun puli borniyam, puli yo’qniyam ayamayapti. Ijrosi qanaqa bo’lishi mayli keyingi masala. Lekin har xolda ommaga chiqarilyapti, puli va jamiyatda avtoriteti borlar uchun shuning o’zi eng katta jazo. Reputational damage ni zarari hali ko’p yillar birga bo’ladi hali bu tadbirkor bilan. Lekin masalani men ko’rgan boshqa tomonlari: 1. Yaxshi tadbirkor lekin yomon qo’shni. Birinchi kamerada qo’shnilari oldida o’zini va bolalarini oqlagan. Agar o’shanda bolalarining aybini tan olib qo’shnilaridan uzur so’raganda bu video ommaga chiqib ketmasdi, chiqqandayam reputatsiyaga bunchalik shikast yetmasdi. 2. Tergovxonadayam to’liq aybiga iqror emas. Qo’shnilarini ayblashga harakat qilayapti. Bolalariga silar balki noto’g’ri ish qilgandirsilar lekin asosiy ayb bizni “sotgan” qo’shnilarda degan signal bormoqda. Bolalarida otasi o’zlarining qilmishi uchun emas, qo’shnisining “qilmishi” uchun 5 sutka o’tirdi degan tushuncha uyg’onadi 100%. 3. Tarbiya masalasi. Jamiyatda shunaqa odamlarni ko’ramiz. O’zini nohaqligini bilsada, lekin baribir manfaati uchun talashaveradilar. Unaqa odamlar hamma joyda bor: yo’l talashadi (yo’llar xuddi ularga tegishliday), joy talashadi (navbatda turish madaniyati 0%), gap talashadi (izzat hurmatini egosiga almashadi). Tepadagi holatlar eng birinchi noto’g’ri olingan tarbiya sabablidir. Ota aslida role model bo’lishi kerak. Nimadir xato ketayaptimi tan olsin, aybiga iqror bo’lsin. Tan olish ham aslida mardlik, bolalar mardlikni o’rganishadi. Lekin xato va kamchiliklarni aralashtirib tashlab, o’zini oq ko’rsatish uchun, vaqtinchalik “prav” bo’lish uchun bolalarga noto’g’ri o’rnak bo’linsa, kechirasizu siz o’zingiz uchun ham, jamiyat uchun ham, va bolalarning o’zi uchun ham yomonlik tilayapsiz. Sizning - bir kun bolalarni ng o’zini aql idroki ochilsa, sizning otalik reputatsiyangiz shundog’am ketadi. Jamiyat - bolalarning aql idroki ochilmagan taqdirda, butun jamiyatni o’ziga dushman qiladi. O’zlariga - aybni tan olmaslik oxir oqibat vijdonni chiritadi. Ruhiy bosimlar, psixologik uzilishlar o’ziga hurmatni tushiradi. Ular ham otasining xatosini takrorlaydi. Zanjir uzilmaydi. Prosto o’ylang. Shu narsalar kerakmi? To’g’ri xato qilmaslik qiyin ish, hech bo’lmasa tan olishdan qochmaylik. Zanjirni uzaylik. Bizning bolalarimiz bizdan baxtliroq yashashga imkon beraylik.

  • 8 мар.213из magic0n

    Гибрид эркаклар (8-мартга бағишланади) "...Қўлингдан келса, хотинингни шу ерга чақир ёки қайтиб кет. Одамлар келяптику хотин бола чақасини олиб." https://telegra.ph/Gibrid-erkaklar-8-martga-bagishlanadi-03-06

  • 8-mart xotin qizlar bayrami bilan barcha ayollarimizni, onalarimizni, singillarimizni tabriklaymiz💐💐💐 Oldin yozilgan mana shu post haliyam dolzarb.

  • Bu davlatda g’alati ishlar bo’layapti. Voyaga yetmagan bola YPX xodimini mashinada urib o’ldirib qo’yyapti. UKdaligimda mashinaga nisbatan bitta to’g’ri qarash bor edi: - pistolet o’qi 7-8 gram turadi va tezligi 1200 km/soat. - mashina 1000 kg va tezligi 200 km/soat Mashinayam aslida noto’g’ri qo’lga tushsa odamlarni qirg’in qiladigan temir vosita. Nimadir o’zgaradimi? Ko’zim yetmaydi. Bundan oldinam shunga o’xshash shovqinli voqealar bo’lgan. Xulosa chiqarilmagan. Bundan keyinam chiqarilmaydi. Natija uchun 1-2 kun hammasi yaxshi bo’p turadi. Unutilgandan keyin yana o’sha eski ko’z bo’yamachiliklar. Essiz bevaqt ketgan YPX xodimi.

  • без подписи

  • без подписи

  • Iroqda bir rasm olgan edim: Bolalarning beg’uborligi haqida. Ko’nglim g’ash, g’ussaga botkan paytlarim shu Iroqlik bolakayning rasmiga qarab orom olaman. O’zi atrofimiz to’la go’zallik. Lekin tashvishlar, muammolar o’sha go’zallikni ko’rishimizga halaqit beradi. O’shanaqa paytlari shu rasm yurakka taskin beradi. Rasmda bolakay atrofga qarab kulayapti, xursand bo’layapti. O’sha “Atrof” haqida qisqacha: derazalari singan yoki yo’q binolar, ko’zlari siniq yoki g’amgin odamlar, tartibsiz o’sgan palma daraxtlari, qo’lida kalashnikovi bilan kimnidir qidirgan harbiylar.

  • без подписи

  • Ha aytkancha, yaqinda Toshkentdagi bir farmatsevtika korxonasiga bordik. O’rta Osiyoda yagona bo’lgan bu dori-darmon ishlab chiqaruvchi zavod shartnoma evaziga xohlagan doringizni Yevropa standarti bo’yicha ishlab chiqarib berarkan. Bog’dodda shunga o’xshagan zavodga kirganimda to’g’risi havas qilgan edim. Bizda bunaqasi bo’lmasa kerak deb o’ylagandim, lekin undanam zo’ri bor ekan o’zimizni Toshkenda. Xullas, kalovini topgan qishdayam qorni yondiradi deyishadiku. Ko’z tegmasin bizdayam shunaqa tadbirkorlar bor. Vaqtida va joyida qilingan to’g’ri qaror, risklarni to’g’ri baholash, pulni to’g’ri yo’naltirish, imkoniyatlardan samarali foydalanish baribir o’zining natijasini beradi. Ma’lumot uchun: Gap $40-50 mln lik zavod haqida ketayapti.

  • Bunday uchrashuvlar shunchaki murojaatni qabul qilish emas, balki uni chuqur o‘rganish, tahlil qilish va aniq yechim ishlab chiqish jarayonidir. Zarur hollarda normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish kiritish, yangi mexanizmlar joriy etish yoki amaldagi…

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • 21 февр.210из hukumat_komissiyasi

    Bunday uchrashuvlar shunchaki murojaatni qabul qilish emas, balki uni chuqur o‘rganish, tahlil qilish va aniq yechim ishlab chiqish jarayonidir. Zarur hollarda normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish kiritish, yangi mexanizmlar joriy etish yoki amaldagi tartibni takomillashtirish bo‘yicha tashabbuslar ishlab chiqiladi. Muhimi, har bir masala yuzasidan faqat muhokama bilan cheklanib qolinmaydi — mas’ul tashkilotlar aniq vazifalar va muddatlar bilan belgilab beriladi. KANALGA OBUNA BO‘LING #hukumatkomissiyasi #ochiqmuloqot _______ Подобные встречи — это не просто приём обращений, а полноценный процесс их глубокого изучения, анализа и выработки конкретных решений. При необходимости разрабатываются инициативы по внесению изменений в нормативно-правовые акты, внедрению новых механизмов или совершенствованию действующих процедур. Важно, что рассмотрение каждого вопроса не ограничивается обсуждением — за ответственными ведомствами закрепляются конкретные задачи и устанавливаются чёткие сроки их исполнения. ПОДПИШИТЕСЬ НА КАНАЛ #правкомиссия #открытыйдиалог