tgindex
Ma'rufjon Blogi

Ma'rufjon Blogi

Статистика

Bog‘lanish uchun: @Maruf_JoN YouTube manzil: https://www.youtube.com/channel/UC9bOod_K-A7TKQv2Su0yjLw

Последний пост
12 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
3
Всего постов
24
Тип
открытый
Язык
und
Категория
Видео
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
925
−1 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
184
24 постов
Вовлечённость
19,9%
к подписчикам
Постов в день
0,4
всего 24
Упоминаний
2
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
64
1/48двое суток
73
1/72трое суток
79

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • без подписи

  • ✅ Aktyor Nikolas Holt “Garri Potter” serialida Gilderoy Lokhart rolini ijro etishi tasdiqlandi. ✅ “O‘yinchoqlar tarixi 5” multfilmi 18-avgust kuni raqamli formatda e’lon qilinadi. Mult kinoprokatlarda 1 milliard dollar yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi. Pixar loyihasining bu galgi qismi tarixdagi eng kassabop animatsion filmlar kuchli o‘nligidan joy oldi. @marufjonblogi

  • Jim Kerri filmlarini yaxshi ko‘raman. Ayniqsa, Truman shousi filmini. Buni qarangki, ChatGPT meni shu qahramonga qiyoslabdi. Sababini so‘ramadim hali ) @marufjonblogi

  • Qardoshlarimiz tomonidan ishlangan Piter Parker va MJning to‘yi ) @marufjonblogi

  • Kitoblar va kinolar haqidagi istalgan loyiha qiziqtiradi meni. Yaqinda do‘stlarimiz yangi podkast olishni boshlaganini eshitib, xursand bo‘ldim. Geek madaniyatni boyitish uchun yana bir loyiha ishga tushibdi. Birinchi podkast esa “Dyuna” olamiga bag‘ishlanibdi. Ko‘rib qo‘ysangiz bo‘ladi. https://youtu.be/cqk9Jhe3JWk

  • Piter Parker ancha ulg‘ayibdi @marufjonblogi

  • 6 авг.1592из bilga_tur

    Bilga tur o‘zining ilk faoliyatini boshlamoqda. Jamoa sayohatlarga madaniyat, tarix, ilm, adabiyat va san`at ruhini olib kirishni maqsad qilgan. Bizning tur bilan Siz shunchaki sayohatchi emas, bilgaga aylanasiz. Ilm, madaniyat, adabiyot, san`at insonlari bilan bir davrada bo‘lasiz! Ular bilan borar manzilingiz ruhini, ahamiyatini yanada teran anglaysiz! Jamoa Sizni ilk sayohatga taklif etadi. 15-16-avgust kunlari yilning eng sehrli yulduzli kechasini tomosha qilish imkonini o'tkazib yubormang! Sayohat davomida sizni kutmoqda: 📝 Shoir Najmiddin Turon bilan she'riy kecha; ☀️ Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan Quyosh shaharchasi bo‘ylab olim ishtirokidagi qiziqarli sayohat; ✨Faqat shu kunlarda bo‘lib o‘tayotgan yulduzlar yog‘dusini tomosha qilish; 🔥 Gulhan atrofida unutilmas suhbatlar; 🪕 Xalqona ohang va ashulalar; ☕️ Issiq qahva, yoshlikka qaytaruvchi cho‘g‘da toblangan kartoshkalar; ⛰Toza havo va betakror tabiat; 🏕 Chodir ostida tunash; 🌓Quyosh chiqishini kuzatish; 📸Kechadan foto va video lavhalar 🗓 Sana: 15-16-avgust ⏳Vaqt: 15.00 da Toshkent shahridan jo‘nab ketish 📍 Joy: O‘zbekiston mehmonxonasi oldidan 💰 Ishtirok narxi: 450 ming so‘m Ro'yxatdan o'tish: 📱Telefon: +99850024-26-47 ⚠️ Muhim eslatmalar: Joylar soni cheklangan! 🤍O‘zingiz bilan yeguliklar va issiq kiyim olishni unutmang! 🌏 BILGA tur – aql va ruh bilan sayohat! Rasmiy sahifalar: 📱 Telegram 📱 Instagram 🌐 facebook 🔻 sayt

  • Bu qahramon — Ram. Biz bir paytlar tomosha qilgan “Ramayana” (1987-yil) serialidagi bosh qahramon. Hind aktyori Arun Govil ushbu rolni ijro etgan. “Ramayana” hind diyorining qadimgi eposlaridan biri. Yaqinda “Sony” ushbu epos asosida ishlangan filmning treylerini taqdim etdi. Albatta, bu treyler men uchun ham qiziq edi. Chunki bolaligimda sevib tomosha qilgan qahramonlarim haqida yana bir film ishlanmoqda. Eng qizig‘i, bu kinoda ham Arun Govil rol ijro etibdi. Avval Ramni o‘ynagan aktyor endi yoshi ulg‘ayib, Ramning otasi Dashrath rolini ijro etibdi. Bittada tanidim bu aktyorni. Avvalroq, Arun Govil 1997-yilda ishlangan “Lav va Kush” filmida Ramning ukasi Lakshman rolini ham ijro etgani haqida o‘qigandim. Arun o‘sha biz sevib tomosha qilgan “Ramayana” serialidagi Ramni ham, keyinchalik uning ukasi Lakshmanni ham, ana endi otasi Dashrath rolini ham ijro etyapti. Govil bu eposni juda yaxshi ko‘radi, shekilli ) 1987-yilgi “Ramayana”ni ko‘rganlar bormi? @marufjonblogi

  • O‘zga sayyoraliklar haqidagi har qanday badiiy va hujjatli filmlar qiziqtiradi. Lekin bu film juda g‘alati taassurot qoldirdi. Na syujetda qiziq narsa bor, na aktyorlar ijrosida. Butun ommaga o‘zga sayyoraliklar borligini shunchaki telefonni yoqib ham e’lov qilib yuborsa bo‘lardi. TVga yetib olguncha kutmasdan. Lekin shu oxiridagi bir necha daqiqada o‘zga sayyoraliklar bilan bog‘liq epizodlarni juda yaxshi ishlashibdi. @marufjonblogi

  • Bugun muhim sana. Aynan 2026-yil 4-avgust kuni Rey Bredberining "Mars xronikalari" turkumidagi "Yomg‘ir yumshoq yog‘adi" hikoyasida tasvirlangan voqealar sodir bo‘ladi. Mashhur multfilmda voqealar 31-dekabrga ko‘chirilgan, ammo kitobda aynan shunday yozilgan: «Bugun Kaliforniya shtatining Ellendeyl shahrida 2026-yilning 4-avgusti, — dedi oshxona shiftidan yangragan boshqa bir ovoz. U sanani yaxshiroq esda qolsin deb uch marta takrorladi. — Bugun janob Featherstonning tug‘ilgan kuni. Tilita nikohining bir yilligi» Hikoyada tasvirlangan voqealar (hozircha?) ro‘yobga chiqmagani juda quvonarli! Va Yer yana bir kunni yashamoqda. Ha, aytgancha, hikoya asosidagi multfilm “O‘zbekfilm” kinostudiyasi tomonidan 1984-yilda ishlangan. Rejissyor Nozim To‘laxo‘jayev. https://youtu.be/quyaaszg6jc @marufjonblogi

  • Yillar davomida mehnat qilasan: kontent uchun material izlaysan, ssenariy yozasan, video olasan, uni montaj qilasan, YouTube’ga yo Instagram’ga yuklaysan. Natija: 200 ta ko‘rishlar soni. Shunda kimdir shunchaki 2 soniyalik videoni shunchaki Instagram’ga yuklaydi va u 1 milliard ko‘rishlar soniga ega bo‘ladi ))) Dushanbada shunaqa yangiliklar ))) Mana o‘sha video: https://www.instagram.com/reel/Da6DPjrsSgB/?igsh=djJvdXd4aHdsZXJr @marufjonblogi

  • YouTube kanalimda ham onda-sonda videolar qo‘yib turibman. Bu safargisi Nolanning “Odissey” filmi haqida bo‘ldi https://youtu.be/1AJ_52tuuoQ?si=CkX43EcVSp5LLfcy

  • без подписи

  • Shu kitobga qiziqqandim. Erta-indin olamanmi degandim. Lekin internetdan Mahmud Amin ismli yozuvchini topolmadim. ChatGPT esa shunaqa javob berdi. Kitob haqida to‘liqroq ma’lumotni nashriyotdan boshqa hech qayerda topib bo‘lmas ekan. Shu kitob haqida ma’lumot berishsa zo‘r bo‘lardi. Rosa qiziqqandim shu kitobga. @marufjonblogi

  • Gomerning ikkala dostoni bo‘yicha juda ko‘p ekranizatsiyalar qilingan. Hamma har xil rakursdan boqadi. Kristofer Nolan ham shu ishga qo‘l urdi. O‘ziga xos tarzda. “Odissey” filmiga tushdik. Aytish joiz, kino dinamikasi juda zo‘r. Qariyb 3 soat davomida birorta joyida zerikib qolmaysiz. Boshqa kinoadaptatsiyalardan farqli o‘laroq, Nolan Odisseyning ichki dunyosiga ko‘proq e’tibor bergan (o‘zi oxirgi yillarda qahramonlarning ruhiyatiga qarash ancha ommalashdi). Odissey Troya jangida ko‘p narsani anglaganini, mas’uliyat o‘zidaligi, aybdorligini anglab yetadi. Kinoga bunday yondashish, umuman syujetni olib borilishi menga yoqdi. Bolaligimda meni qo‘rquvga solgan Siklop va qo‘ylar sahnasi ham yaxshi olinibdi. Siklopni ekranda kamroq ko‘rsatgani, uning vajohatini yanada oshirgan. Qo‘rquvga solib turadi. Eslaysizmi, 2005-yildagi “Kingkong”ni 1 soat davomida ko‘rsatmay, u haqidagi dahshatlar bilan tomoshabinni ushlab turishgan. Ana shunaqa kadrda personaj kam ko‘rsatilib, yoki umuman ko‘rsatilmay dahshati bilan ushlab turilishi yoqadi. Ha aytgancha, internetda shov-shuv bo‘lgan Axilles, Yelena mavzulari ortiqcha haypdan boshqa narsa emas. Aktyor Elliot Peyj Axillesni emas, Sinon rolini ijro etgan. Sohibjamol Yelena ham atigi 2-3 daqiqa kadrda ko‘rinadi va fokus umuman ularga qaratilmagan. Bilmadim, bu shov-shuvlar nega kerak edi?! Umuman olganda, Nolanning bu filmini 1 yildan oshiq vaqt davomida kutgandik va bu kutuvlar o‘zini oqladi. @marufjonblogi

  • Bir qarasangiz kulgili ko‘rinar, lekin juda og‘riqli video. Hozirgi kundagi anchagina muammolarga in’iko bo‘lib beribdi shu lavha. @marufjonblogi

  • https://youtu.be/irVNGjRFZGk?si=FM5_vgoW2s5BVuQV

  • Ash eksperimenti haqida avval ham yozgandim. Shunga oid video qildim https://www.youtube.com/watch?v=efevqJnHlOI

  • Barsachilar intiq kutgan, lekin tarixdagi eng zerikarli final bo‘ldi. Torres uchun xursand bo‘ldim. Heytlarga javob berdi! Endi Ispaniyada ikkita yulduzcha bo’ladi.

  • без подписи