Mutolaa olami
СтатистикаXush kelibsiz! Kundalikda asarlarga doir tavsiyalar, taqrizlar, kitoblar haqida fikr-mulohazalar ulashib boriladi. <<Kitoblar bizga hayot yuzidagi nafas olish yo'llarini ko'rsatib beradi..>> © Farengeyt boʻyicha 451 daraja
- Последний пост
- 21 июл.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 25
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Книги (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 477
- 1/48двое суток
- 546
- 1/72трое суток
- 589
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Osmon choʻkib qoldi bu oqshom, Ruhimda bir gʻashlik oʻrmalar..
Ertalabdan yangi choynagimiz oilamiz diqqat markazida boʻldi. Mana, men suvni qaynatib boʻldim, ishni doʻndirib qoʻydim degandek suv qaynashi bilan hushtak chaldi. Qanday alomat narsa ekan-a deb hammamiz qarab turdik. Yangi choynagimiz esa battar avjiga chiqdi. Yanada balandroq shovqin solib choyni qaynatganini bildirishda davom etdi. Ana, moʻjiza! Lekin bunday oʻylab qarasam, eski choynagimiz ham aynan shu vazifani bajarardi. Hech bir kamchiligi yoʻq edi. Ammo bunchalik e’tibor markazida emasdi, hammaning tahsiniga loyiq koʻrilmagandi. Chunki suvni qaynatib qoʻydim deb shovqin solmasdi! Hayotda ham shunday. Ishini qoyilmaqom bajargan, ammo nimalar qilganini koʻrsatib bera olmaganlar e’tibordan chetda. Hech nima qilmagandek nazardan chetda boʻladi. Ammo tayinli ish qilmasa-da shovqin koʻtargan, men suvni qaynatib tashladim, unaqa qilib tashadim, bunaqa qilib tashadim degichlar e’tibor markazida va koʻp e’tirof etiladi. Ayni yangi choynagimiz kabi… Men sizga bunday uslubdan foydalaning demayman. Chin dildan, mehr bilan ishlang. Ammo qilganlaringizni koʻrsatib berishni, buni qolganlarga bildirishni ham unutmang. Ana shunda sizdan kechib hushtak chaladigan “choynak”ni oʻrningizga olib kelib qoʻyishmaydi. Unutmang! ➡️@qora_yigit
Ишон, одам, баҳорга ишон, қара, гўдак каби беғубор — мингинчи бор оловдай порлоқ гулларини кўрсатар баҳор. Баҳор сенга ишонар, қара, сузиб чиқди кўзига юрак — қараб турар сенга интизор, сен баҳорни севишинг керак. Кўзига боқ, ҳайдама уни — мингинчи бор қилмагин хато. Остонангдан кетмайди баҳор, сен аслингга қайтмагунча то. Шарқиратар асов сойларин, нафасидан ранглар уфурар, ўйнайверар яшил қушларин, гулларини ёндираверар... Шавкат Раҳмон
❄️ Qish kelayotir. Va u endi yangi ko‘rinishda kelmoqda… 📕 Muqova ochildi. Taxt uchun kurash boshlanadi. Do‘stlik yemiriladi, sadoqat sinovdan o‘tadi. Bu o‘yinda yutish ham xavfli, yutqazish esa — halokat. “Taxtlar o‘yini” — o‘yin boshlanadi. “Qirollar to‘qnashuvi” — qoidalar yo‘q qilinadi. 🤴 TEZ KUNDA SOTUVDA @ZabarjadMedia — eng yaxshisini ilinamiz!
Siqilay desak, muammolar koʻp. Lekin afsuski, yashash kerak.
Havolar sovudi. Odamlar sovuq. Toshkentda qor yogʻdi, qishloqda yomgʻir. Shamollar zabtidan seni qoʻruvchi, Qoʻlingdan tutguvchi mehribon bormi? Sendan xavotirman... Yoʻllar juda yomon. Odamlar yomon. Ishdan qaytadursan toʻliqib, xorib. Hech kimga bildirmay yigʻlaganingda Yoshingni artguvchi mehribon bormi? Sendan xavotirman... Ey mening oʻjarim, xudbin malagim! Ey kunda ming bora vido aytguvchi! Gʻururning zoʻridan qaytmaganingda Yoningga qaytguvchi mehribon bormi? Sendan xavotirman... Balki baxtlidirsan oʻz olamingda, Balki bilmasdirsan gʻam-qaygʻu nadir. Garchi begonasan anchadan beri, Garchi uzoqdasan, balki shungadir, Sendan xavotirman... Ilhom Salimov @salimov_blogi
#koʻzni_quvontiradigan_holat Shoshilib chiqib, yoningda na bir kitob, na Kindle'ni olganingda boshqalarning kitobiga moʻralab oʻqib ketish ham qiziq holat ekan)
#mutolaa Yer yuzidagi butun jonzot shunday: oʻz ichidagi qandaydir oʻzgachalik, begonalikni payqasa, siqib chiqarishga intiladi. Har bir turning yillar davomida shakllangan anʼanalari borki, ular muqaddas qonun ruhiga kirgan. Unga amal qilmaslik jamiyat yuziga oyoq qoʻygandek gap. "Vejetaryen" ni oʻqir ekanman, shu kabi qorishiq hislarga koʻmildim. Qaysidir oʻrinda Richard Bax'ning "Oqcharloq Jonatan.." ini xotirlagan boʻlsam, soʻnggi boʻlimda "Evrilish" ruhini his qildim. Ammo asarning gʻoyasi, maqsadi(balki, hech qanday maqsadi yoʻqdir) bulardan butunlay farq qiladi. Bax'ning asarida qahramon oʻz tipi imkoniyatlari bilan cheklanmay, muhitni yorib chiqqan boʻlsa, Vejetaryen'da qahramon shunchaki, oʻz turidan voz kechadi, odamlikdan, et isidan nafratlana boshlaydi. Kafkaning asarida esa tugal fikr gʻayriixtiyoriy ravishda hasharotga aylangan inson qismati fonida anglatilsa, Han Kang asarida oʻz ixtiyori bilan insoniy odatlardan voz kechgan qahramon va unga jamiyatning turli munosabati muhokama qilinadi. Yozuvchi asari orqali nima demoqchi boʻlganini tugal anglay olmagan boʻlsam ham(balki, hech narsa demoqchi boʻlmagandir), kitobda insoniylikdan voz kechgan va qadriyatlarga mahkam amal qilgan kishilar ziddiyati hamda har ikkisining ham baxtsizligi ochib beriladi. Yonghe oʻzi istaganicha yashashga qatʼiy kirishgani bilan ham halovatga yetolmagan boʻlsa, har doim hamma narsani eng aʼlo darajada qilishga odatlangan opasi ham saodatmand emas: masʼuliyat yuki va vijdon azobi iskanjasida. Umuman, kitob orqali hayotning, inson boʻlib tugʻilishning fojiasini his qildim. Fikrimcha, hayotga bir martagina kelish — bu jazo yoki ojizlik emas, bu — Allohning marhamati.. Mutolaadan charchamang, doʻstlar 💚 @mutolaa_olami
Кечириш керак тушуниш керак инсонларнинг хатоларини оқламоққа бир сабаб бор — улар илк бора яшамоқдалар... Азиз Несин
#mutolaa Elena Ferrante. My Brilliant Friend Odam bolasi tugʻilganida muhit jihatdan katta bir inqilobni boshdan kechirsa, esini tanib, atrof-jamiyatga qoʻshila boshlagan paytda yana bir ruhiy revolyutsiyaga duch keladi. Chunki hali chaqaloq ekan, faqat…
#mutolaa Elena Ferrante. My Brilliant Friend Odam bolasi tugʻilganida muhit jihatdan katta bir inqilobni boshdan kechirsa, esini tanib, atrof-jamiyatga qoʻshila boshlagan paytda yana bir ruhiy revolyutsiyaga duch keladi. Chunki hali chaqaloq ekan, faqat ota-onasi va boshqa yaqinlari gʻamxoʻrligida oʻsib, keyinchalik koʻchada teng-toʻshlariga qoʻshilganda bunday munosabat/eʼtibor koʻrmasligi, tengdoshlari oʻrtasida qanaqadir oʻlchovlarga koʻra rahnamo hisoblangan kimdir boʻlishi va unga yondosh yurish, oʻxshash ham bir obroʻga aylanishi kabi holatlar bolani ruhan shoshiltirib qoʻyadi. Asarda ham xuddi shunday holat — bolalikda qaysidir sifati uchun koʻr-koʻrona ergashganimiz, kiyinish, gapirish, yurish-turish tarziga taqlid qilgan doʻstlarimiz va ularning hayotimizdagi oʻrni haqida soʻz boradi. Undagi qahramonlar Elena va Lila bir-biri uchun hamma narsa: doʻst ham, raqib ham, ilhom manbayi ham. Muallif bu davomiy munosabatlarni shunday ochiq tasvirlaydiki, bunga oʻxshash holatlar, hislar oʻz hayotingizda ham boʻlganiga, asar yuragingiz tubiga koʻzgu tutganiga guvoh boʻlasiz. Tan olish yoki eslash qiyindir, har birimiz ham bolalik paytlarimizda jamoamizda lider boʻlgan qiz yoki oʻgʻilga beixtiyor talpinganmiz, u bilan alohida yaqinlik, doʻstlik qurishni istaganmiz. Sinfimizda bir qiz boʻlardi, bolalarcha chiroyi va oʻqituvchimizning qizi boʻlgani uchun hammamiz unga havas qilardik. U bilan oʻrtoq boʻlish bir obroʻday edi. Aynan uning nazariga tushish uchun qattiq oʻqishga kirishganim esimda. Doʻst boʻldik ham. Ammo voyaga yetganimizda uning xarakteri, istaklari oʻzgardi. Mening axloq meʼyorlarimga toʻgʻri kelmaydigan soʻzlarni aytib hazillashadigan qizlar bilan oʻrtoq boʻlishni istab qoldi. Avvallari unga yaqin boʻlish uchun har nimaga tayyor edim. Ulgʻaygach, bunday qilolmadim. Tanaffuslarda sinfda yolgʻiz dars qilib oʻtiradigan, boshqa qizlarga qoʻshilmaydigan boʻlib qoldim. Yillar oʻtib, bakalavrni bitirish arafasida uni koʻrib qoldim, shunaqayam quvonib ketdimki, agar undan ham javob boʻlganida bagʻrimga bosgan boʻlardim. Lekin bilmadim, negadir mendan oʻzini olib qochgandi(ehtimol, universitetga kirolmagani, oʻqishni tashlab qoʻyganidan uyalganmidi). Ozgina suhbatimizda ham men oʻqiyotgan joy va talabalar yotoqxonasini yerga urayotganidan sezdimki, unda oʻz holidan uyalish ham, gʻayirlik ham, nopisandlik ham bor edi. Lekin kitobni oʻqir ekanman, oʻzimning ham oppoq boʻlmaganim, oʻsha paytlardagi hislarim esimga tushardi. Maktab paytlarimda baʼzan u darsga kelmay qolsa, ich-ichimdan xursand boʻlardim. Chunki butun sinf, ustozlar hurmati menga qaratilar edi-da. Baribir menga aniq bir yoʻlni topishda bilib-bilmay yordam bergani, asosiy maqsadga yoʻnaltirgan turtki boʻlgani uchun ham oʻsha qizdan minnatdorman. Umuman, asar kishini shu tariqa bolaligimizning olis xotiralariga olib borib, oʻzining kattagina hajmini bilintirmay ketadi(kitob har biri 400-500+ sahifali 4 jilddan iborat): ravon oʻqiladi, kitobxon diqqatini qizgʻin ushlab turadi. Hali 3-kitobini yarimlamagan boʻlsam ham, 4-kitobini ham bukriderga yuklab qoʻydim. Ajoyib kitob tavsiyasi uchun Dildora'ga rahmat!💚 P.s.: rasm internetdan. Yaxshi kitoblar mutolaasidan charchamang, doʻstlar! @mutolaa_olami
#Yangi_kitob Kecha "Huzur" nashriyotidan yangi kitob berib ketishdi. Muqova va kitob sifati aʼlo darajada. Tarjima ham sifatli ekaniga shubha yoʻq, Ilhom soʻzni nozik his qiladi. Yaqinlashayotgan taʼtil uchun ajoyib tanlov, oʻqib chiqqach, yana fikrlar ulashaman. Sovgʻa uchun rahmat, kitobingizga kitob qoʻshilsin 🌻 @mutolaa_olami
#life Daryoni bogʻchaga qoʻyib qaytarkanman, ortimda ikkita maktab bolasining suhbatini eshitib qoldim: — Nimani hidi kelyapti? — Kent mix 6*, dadam xuddi shundan chekadilar, man yonlarida hidlab oʻoʻoʻtiraman.. *mahsulot nomida adashgan boʻlishim mumkin. Doʻstlar, agar sizga oʻzingizniki-ku mayli, yoningizdagi yosh avlodning ruhiy va jismoniy salomatligi bir tiyin ekan, siz uchun eng yaxshisi — bu farzand koʻrmaslik!
без подписи
#sovgʻa Nasim kutub'dan ajoyib sovgʻa. Tashakkur, kitobingizga kitob qoʻshilsin 💚 @mutolaa_olami
Айтилишича, бу видеони ўчиртиришибди. Ҳақ гапни айтган одам доим овози ўчиртирилади негадир бизда #BizgaTozaHavoKerak
Daryo qizim, turonko‘z qizim, Nigohlaring oppoq xarita. Men ularga bir surat chizdim Sen bilmagan dunyo haqida. Unda hamma manzillar ayri, Unda hamma yo‘llar chuqurli, Unda hamma hammaga g‘ayri, Unda hamma hammasi sirli. Unda bitta Vatan bor, unda... sen bor, men bor, ayang bor, xalq bor. Ertaklar bor — ishonma bunga. Shiorlar bor — hammasi yolg‘on... Yo‘q, bu surat senga arzimas, Hayf u jajji dudoqlaringga. Shunga uni sidirib otdim, Sening oppoq nigohlaringdan. Daryojonim, tushungin meni, Og‘ir olma dilchalaringga. Bu Vatanni shu ahvolida Tutgim kelmas qo‘lchalaringga.
#mutolaadan "..Shu kitob degani gʻalati narsa-da — yosh oʻtgan sari ahamiyati oshib boraveradi. Garchi hamma narsaning oʻrnini boʻlmasa-da, kitoblar ichkariroqqa, hech kim kirib borolmagan qaʼrgacha yetib boradi. Avvallari kitob koʻp oʻqimasdi, endilikda esa kitoblar oʻziga xos devor vazifasini oʻtamoqda. Himoyalashga-ku himoyalay olmaydi, ammo allanechuk tasalli topsa boʻladi. Tirik qolishga yordam bermasa ham, lekin dunyoni yoppasiga zulmat qoplagan zamonda tushkunlikdan asrab qoladi. Shuning oʻzi katta gap axir.." © Remark. Zafar darvozasi Ayni paytda kitoblar xuddi shu afzalligini aʼlo darajada namoyon etyapti, men uchun.. @mutolaa_olami
#mutolaadan — U ajrashishga 250 ming shilling soʻradi. — Arzon-ku, pul bilan hal qilish mumkinmi, demak, arzon.. © Remark. Zafar darvozasi Remarkning oʻtkir tilini juda sogʻinibman) @mutolaa_olami
Boshqalardan xafa boʻlmaslikning eng yaxshi yoʻli — ular bilan gaplashmaslik/muloqot qilmaslik.