Muhriddin's blog
СтатистикаBecome the best version of yourself! #Learner of #Medicine, #Neuroscience, #English, #Productivity, #Selfgrowth...
- Последний пост
- 23 июн.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 24
- Тип
- открытый
- Язык
- английский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Daraja baribir o'z so'zini aytdi. Va uning ustiga Xayrulla Xamidov sharhda to'g'ri aytdi: o'zing ochqaganimda ro'paramdan chiqmasliging kerak edi.
Shunaqa daftarlar sotvogan ekanman, lekin albatta bugun o'zimizni milliy jamoani qo'llab quvvatlayman. Yigitlarga omad! Olg'a Uzbekistan 🇺🇿 ♥️
Assalomu alaykum! Qurbon hayiti muborak bo’lsin! ✨
Oilasi uchun vaqt ajratmagan erkak haqiqiy erkak emas. •kinodan P.S. Kelajakda oilada osh(palov)ni faqat o'zim qilishni rejalarimga qo'shdim. Shu bahonada ham oilam uchun ko'proq vaqt ajratishim mumkin bo'ladi. "Work-life balance" uchun ham bu yaxshi. Bitta…
Insonlar 2 turga boʻlinadi: 1-tur: Prefrontal korteksi yaxshi ishlamaydiganlar 2-tur: Prefrontal korteksi yaxshi ishlaydiganlar
Bu fikr nazariy jihatdan toʻgʻri, amaliy jihatdan juda qiyin, chunki rasmiy daromadini, qoʻshimcha boyliklarini va nechta xotini borligini yashiradiganlarni hammasi bizda.
Antikapitalist sifatida men soliqlar, jarimalar, sogʻliq, taʼlim va boshqa xarajatlar insonlar daromadiga proporsianal boʻlishi tarafdoriman. 206 ming tugul eng qimmat jarima ham BMWsi borlar uchun qiymatsiz.
https://t.me/md_muhriddin/719 Bu postimda ham shu kabi fikrlarni aytib o'tganman.
"Professionallik" yohud "Rezidentning betakror qovun tushurishi" Rezidenturaning 3-oyi endi boshlangandi. NCC (neyroreanimatsiya) da senior rezidentsiz qolgan kunim. Butun jamoaga men javobgarman. Ertalabki round hali boshlanmagan. Intubatsiya qilingan bemorlarga javobgar respirator terapevt (RT) ishini tez qilmoqchi bo'ldimi yoki boshqa sababdanmi, bir bemorni ekstubatsiya qilishga shoshiraverdi. Bemor bosh miya travmasi, asos suyaklari sinishi bilan yotqizilgan. Sedatsiyani kamaytirishni va undan keyin qaror qabul qilishimni aytdim. Bemor uyg'ondi, ekstubatsiya qilish kriteriyalariga mos keldi. RT yana tezlataverdi. Ekstubatsiya buyrug'ini faqat MD (medical doctor) berish huquqiga ega. Hayolimdan "bemor yaxshiku, nega uzoq muddat sun'iy nafasda ushlashimiz kerak ekan, RT ham bu yerda anchadan beri ishlaydiku, ichki qoidalarni bilar" degan fikr o'tdi va buyruqni berdim. Aynan o'sha xafta programmamizning yangi PDsi NCCda ish boshlagan edi. Unga ekstubatsiya qilayotganimiz haqida sms yozib qo'ydim. Ekstubatsiyadan bemor yaxshi chiqdi. Birozdan keyin bemorning agressiyasi kuchayib, hech kimning gapiga quloq solmaydigan darajaga keldi. Bemorning kritik mental ahvoli, qayta intubatsiya qilish natijasida kelib chiqadigan asoratlarni o'ylab ichim shuvillab, ko'zlarim qorong'ilashib ketdi. Bor kuchimni yig'ib bemorni tinchlantirishga kirishdim. Xona butun NCC hamshiralari, shifokorlarga to'lib ketdi. Bu orada PD ham keldi, keyinroq telefonimni ochib qarasam menga "iltimos, men borgunimcha kutib tur" deb yozgan ekan. Yillab intubatsiya qilishga o'rganib ketgan PD yangi ishchiligi hisobigami, yoki bemorning miya asosi jarohatlari xavfi uchunmi tavakkal qilmay, reintubatsiya uchun anesteziya guruhini chaqirdi. Allohga shukrki, hammasi yaxshilik bilan tugadi. Lekin o'zimni juda yomon his qildim. Yana PD dan oxirgi evalyuatsiya* oladigan kuniyam shunday qovun tushuramanmi? Shuncha "o'zimni ko'rsatganlarim" bir kunda yuvilib ketdi. RT esa "bo'lib turadi" deb hijolat bo'lib qo'ydi. Hammasi tugagandan keyin PD "hech qachon o'zingiz mustaqil reintubatsiya qilish darajasiga kelmaguningizcha ekstubatsiya qilish mumkinmas" dedi. Ekstubatsiya buyrug'ini ham faqat attendinglar berishi mumkinligini o'shanda bildim. Xatto mexanik ventilyatsiya mashinalariga ruxsatsiz tegish mumkinmas ekan. Qanday evaluatsiya oldim bilasizmi? "Nega unday qilding, shuncha odamni ovora qilding! Sen uchun endi qancha gap eshitaman. Ichki policyni bilmas ekansan, so'ramaysanmi?!" emas, "Meni stressli vaziyatlarda o'zingni tuta olishing, javobgarlikni his qilishing va xatolardan xulosa chiqarishing xursand qildi. Hammamiz ham shunday o'rganamiz, biz bu yerda shuning uchun kerakmiz, bu teaching hospital " dedi! Qanchalar professionallik-a? Hamshira ham uning ishini x20 marta ko'p qilganimga qaramay, "you killed it" deydi. Juda hijolat bo'lib uzr so'radim. O'shanda intervyularda "your failure" degan savolga mos tajriba bo'ldi deb o'ylagandim. Hozir esa bu voqeani eng muhim o‘rganish nuqtalarimdan biri deb bilaman. Qissadan hissa: Professionalizm aslida umuman xato qilmaslik emas, balki xatoga qanday munosabat qilish; rezident/talabani bilmaslikda ayblash emas, balki o'rgatish. Hech kim bu dunyoda hamma narsani bilib tug'ilmagan. Shuningdek, sizni ish joyida manipulyatsiya qilishlariga aslo yo'l qo'ymang, ayniqsa ichki qoidalarni bilmagan davringiz. *Evaluatsiya — har bir blok yakunida rezidentlar supervisor attendingdan og‘zaki va elektron shaklda feedback (baholovchi fikr-mulohaza) oladigan rasmiy baholash jarayonidir. #Residency@SadoqatHamdam #Tibbiyot@SadoqatHamdam #Saboq@SadoqatHamdam
без подписи
без подписи
Мобил интернетни икки ҳафтага ўчириш диққат ва руҳий саломатликка ижобий таъсир қилар экан Яқинда PNAS Nexus журналда чоп этилган тадқиқот шундай хулоса қилган: смартфондаги мобил интернетни ўчириш, қўнғироқ ва SMS фаол бўлган ҳолда ҳам, икки ҳафтада катта психологик фойда келтириши мумкин Икки ҳафта ичида диққат қобилияти сезиларли даражада ошган - бу худди 10 йиллик ёшга боғлиқ сусайишни орқага қайтаргандек таъсир қилган Рухий саломатлик яхшиланган - депрессия ва хавотир аломатлари камайган, ҳатто баъзан антидепрессантлар билан солиштириладиган даражада яхшиланиш бўлган Фаровонлик ҳисси кучайган - ҳаётдан қониқиш ва ижобий кайфият ўсган. 91% иштирокчилар камида битта соҳада ижобий ўзгаришни ҳис қилган. Тадқиқотда барча иштирокчилар тўлиқ интернетдан ўзиб қўйилмаган, баъзилари қисман фойдаланган, аммо ҳатто улар ҳам тўлиқ фойдаланганларга нисбатан яхшиланиш ҳис қилган Одамлар юзма-юз ижтимоий алоқага кўпроқ вақт ажратган, машқ ва табиатда бўлиш каби фаолиятлар билан шуғулланган, доимий телефонни текширишдан озод бўлган. Бу тадқиқотга кўра, мобил интернетнинг доимий ва барқарор мавжудлиги диққат ва кайфиятга салбий таъсир қилиши мумкин, қўйилган рақамли танаффуслар фикрни тоза ва руҳни енгил қилиш учун самарали
NOL NUQTASI: BIR XIL DIPLOM, AMMO SHIFOKORLARNING TURLICHA HAYOTI Bitiruv suratida barcha talabalar birdek baxtli ko‘rinadi. Hammasi tengdek tuyuladi. Ammo bu — ulkan illyuziya: Oradan 10 yil o‘tib, bu insonlar o‘rtasida tubsiz jarlik paydo bo‘ladi. Biri tuman poliklinikasida davlatni qarg‘ab, chaqa sanab o‘tiradi. Boshqasi esa dunyoning eng yaxshi klinikasida ishlab, ilmiy maqolalar yozadi. Ushbu maqola nima uchun bir xil diplom turlicha hayotga yetaklashini va nima sababdan boshqalar uxlayotganda, tunlari chirog‘i yonib turadigan "lunatik" bo‘lishga jasorat topish kerakligi haqida. 🖥 Maqolani o‘qish: https://telegra.ph/Nol-nuqtasi-01-25 🕊farkhodmd
Must read!
Xotirjam bo’lmoqchimisiz? Hayotingizni solishtirmang! Solishtirishni to’xtatmoqchimisiz? Instagram ishlatmang! Instagramning tomoshabini bo’lishning zararlari haqida yangi inshomizda gaplashdik.
Аҳмоқ одамнинг хатосини тўғриламанг, у сизни ёмон кўриб қолади. Ақлли инсоннинг хатосини тўғриланг у сизни қадрлайди -Брюс Ли
Kitobdan qaydlar: -Yigitcha shunday qilginki, toki noming nimanidir anglatsin. -Vaqt bu investitsiya. Investtitsiyaga esa pulga qaraganda ehtiyoj katta. Sizda rivojlanishga vaqt qancha ko'p bo'lsa, shunchalik tezroq maqsadingizga yetasiz. Vaqtdan qanchalik yaxshi foydalansangiz, N1 raqamli bo'lish imkoniyati shunchalik yuqori. -Hamma uchun yaxshi bo'lish mumkin emas. -O'zingizda optimizmni rivojlantiring. -Kim bilan birga kulishish mumkin bo'lsa, u bilan birga ishlash mumkin. -Qachonki o'quvchi tayyor bo'lsa o'qituvchi keladi. -"Yo'q" deb aytishni o'rganing. -Dastavval sen obro' uchun ishlaysan, keyin obro' sen uchun ishlaydi.
Top 1% bo'lish uchun hech narsa yaxshi ustoz yoki ustozlar kabi sizning harakatingizni tezlashtira olmaydi. 📚 Игорь Борисович Манн "Sohangizda 1-raqamli bo'lishni istaysizmi?"
#tavsiya
Muhriddin's blog pinned «Lekin yarim yo'lda to'xtab qolishni xayolinga ham keltirma. Oldinga yurish kerak. Oxirigacha kurashish kerak, oxirigacha. ©Jek London "Martin Iden"📚»