Sanjar Shams konspekt
Статистика"Oriat Dono" radiosi va "Online KING" loyihasi boshlovchisi. Donat uchun: 6262 7300 4099 7605
- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 24
- Всего постов
- 34
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 1 381
- 1/48двое суток
- 1 582
- 1/72трое суток
- 1 706
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Erkak qayerda bo'lmasin, yo onasi, yo ayoli bor joyga talpinib yashaydi. Bu degani ayol Vatandir. Erkak esa hech qachon Vatan bo'la olmaydi, nari borsa Davlat bo'lishi mumkin. 📌 @sanjarshamss 📌
Kitobxonlar ikki turga bo'linadi. Birinchisi: Omina Shenliko'g'lu yomon yozuvchi emas! Ikkinchisi: Omina Shenliko'g'lu yomon. Yozuvchi emas! 📌 @sanjarshamss 📌
Loylikdan loylikkacha davrni boylikdan boylikkacha ovvorasimiz... 📌 @sanjarshamss 📌
Har dushmanlikning sababi agar hasaddan boshqa narsa bo'lsa, undoq dushmanlik do'stlikka aylanishi mumkindur. Ammo hasaddin chiqqan dushmanlik bo'lsa, buning do'st bo'lishi mumkin emasdur. © Alixonto'ra Sog'uniy ("Tarixi Muhammadiy" kitobidan) 📌 @sanjarshamss 📌
Odam soni ko'payayotgani sababli elektr yetkazib bo'lmayabdi, elektr uzilishlari sabab esa odam ko'payib ketyabdi... 📌 @sanjarshamss 📌
Eng yaxshi kun ham 24 soat, eng yomon kun ham... 📌 @sanjarshamss 📌
Ich-ichimga sho'ng'ib ketmoq istadim, Istadim, sho'ng'isam qalbim qa'riga. Xayolim otini necha qistadim, Vale o'tolmadim sendan nariga. Yetti mo'jiza bor, derlar jahonda, Kim bilsin yettidir yo balki yetmish. Faqat sen barqaror erursan jonda, Alloh seni menga mo'jiza etmish. © Jumaniyoz Jabborov 📌 @sanjarshamss 📌
Yaxshi birla yursa, har kim maqsudi hosil bo'lur, Yursa nodonlar ila, bir kun borib qotil bo'lur. Kattalar qilgan nasihatni kichiklar olmasa, Oqibat xulqi buzuq bir beadab johil bo'lur. © Abdulla Avloniy ("Turkiy guliston yohud axloq" kitobidan) 📌 @sanjarshamss 📌
Insonlar o'zlari istagan tarzda boshqarilmaydi, balki o'zlarining harakterlariga mos tarzda boshqariladi. © Gustav Lebon ("Omma psixologiyasi" kitobidan) 📌 @sanjarshamss 📌
Hayosi yo'qning iymoni yo'q. © Alixonto'ra Sog'uniy ("Tarixi Muhammadiy" kitobidan) 📌 @sanjarshamss 📌
Bolakay onasiga dedi: - Oyijon, ertaga mening imtihonim bor, qo'rqyapman! - Tashvishlanma, hozir barchasini takrorlaymiz! Germaniya poytaxti? - Berlin. - Fransiya poytaxti? - Berlin. - SSSRniki? - Berlin. - Sen qanchalar dahosan, Adolf! 📌 @sanjarshamss 📌
Bolalar bizga uch narsani o'rgatishi mumkin: sababsiz baxtli bo'lishni, muntazam nima bilandir mashg'ul bo'lishni va o'ziga kerakli narsaga qanday erishishni. © Paulo Koelo 📌 @sanjarshamss 📌
Xiyobon bag'riga otilding gulday Va o'zing nogahon gul bo'lib qolding. Bahor sehrlagan oshiq ko'ngilday Entikib-entikib, chuqur tin olding. Balki, bir quchoqsan, bir bog'ning o'zi... Balki, o'xshashi yo'q ilohiy gulsan. Sendadir sevgilim, qalbimning ko'zi, Men senga, sen esa sevgiga qulsan. © Ramz Bobojon 📌 @sanjarshamss 📌
Qaysiki shogird bordir, ustozining mazhabidadir... 📌 @sanjarshamss 📌
Ikki sharhlovchi suhbatlashyapti: - Bu futbolchining o'yini sizga yoqdimi? - U menga Dostoyevskiyni eslatdi. - Dostoyevskiy futbolchimasku! - Men ham shuni aytamanda... 📌 @sanjarshamss 📌
Har bir tug'ilgan kishi - o'limdir oxirgi ishi. © Alixonto'ra Sog'uniy ("Tarixi Muhammadiy" kitobidan) 📌 @sanjarshamss 📌
Bir kuni masjid eshigi oldida bir eshak o'lib qoldi. Masjid imomi tozalikni muhofaza qiluvchi tashkilotlarga xabar bersin, deya hokimiyatdagilarga borib, ushbu xabarni yetkazdi. Shunda hokim imomni mazahlamoqchi bo'lib: - "O'liklarni yuvib-tozalash ishlari bilan siz imomlar shug'ullansangiz kerak", debdi. Imom esa: - "To'g'ri, lekin yuvib dafn etishdan oldin mayyitning ahliga xabar berib qo'yamizda", deb javob qildi. 📌 @sanjarshamss 📌
"Bekman", deya maqtanganlarni ko'rdim, "to'raman", "mo'lloman", deb to'r so'raganlarni, "polvonman", "merganman" deb davra tilaganlarni ko'rdim, Xudoyimning kuniki, "qulman" deb ko'krak kerganlarni-da ko'rgizdi! © Javlon Jovliyev ("Stalinga maktublar" hikoyasidan) 📌 @sanjarshamss 📌
- Men sevaman, - shivirlar ayol, - Kirlaringni yuvib beraman, Dazmollayman ko'ylaklaringni Seni quchgan qo'llarim bilan. Faqat bir kun yoningda yotib Jilmaygancha shivirlasam bas: "Yuragimning ostida kimdir Huddi sendek olmoqda nafas..." © Xurshid Davron 📌 @sanjarshamss 📌
PAXTAKOR 79 Yomg'irlar quyadi. Qor o'tar yog'ib... Men-chi, topganim yo'q, hanuz yupanch so'z. Shahar o'rtasida falakka boqib, Kiprik qoqmay yotar Umidvor bir ko'z. ©️ Usmon Azim 📌 @sanjarshamss 📌