Usmon Dostonov
СтатистикаBiznes arxitektor. Kanalimda biznesingiz va hayot tarzingizni tartibga solish uchun foydali kontentlar joylab boraman. Murojaat uchun: +998 77 7410555 Telegram: @osman_cso
- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 7
- Всего постов
- 108
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Маркетинг (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 384
- 1/48двое суток
- 440
- 1/72трое суток
- 474
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Xodim vaqt o‘tkazish uchun ishlayotgan bo‘lsa, muammo xodimda emas - tizimda. Agar barcha risk va javobgarlik faqat rahbar zimmasida bo‘lsa, xodim kompaniya natijasiga befarq bo‘ladi. Mas’uliyat va rag‘bat natija bilan bog‘langan joyda xodim boshqacha fikrlaydi. “Kompaniyaga foyda keltirsam, o‘zim ham yutaman.” Kuchli jamoa maosh bilan emas, mas’uliyat va qadriyatlar asosida quriladi. #boshqaruv @usmon_dostonov
Fin Model bo’lmagan biznes - sog’lom biznes emas. Biznesni hissiyot bilan emas, raqamlar bilan boshqarish kerak. Fin Model nima? Fin Model - biznesning moliyaviy xaritasi. U sizga quyidagi savollarga javob beradi: • Narxni oshirsam, foyda qanchaga o’zgaradi? • Yangi filial ochsam, qancha investitsiya kerak? • Investorni puli qachon qaytadi? • Cash Flow qachon minusga tushadi? Har bir Fin Model 5 ta asosiy qismdan iborat: 1. Assumptions - asosiy taxminlar. 2. Revenue Model - daromad modeli. 3. Cost Model - xarajatlar modeli. 4. Financial Statements - P&L, Cash Flow va Balance. 5. KPI Dashboard - LTV, CAC, ROI, EBITDA, Margin va boshqa ko’rsatkichlar. Fin Model nima beradi? ✅ Qarorlarni fakt va raqam asosida qabul qilish. ✅ Risklarni oldindan ko’rish. ✅ Pul oqimini boshqarish. ✅ Investorlar oldida biznesning jozibadorligini isbotlash. Eng ko’p uchraydigan muammolar: • Excel bilan ishlay olmaslik. • Moliya va buxgalteriyani bir xil deb o’ylash. • CFO yollashdan qo’rqish. • P&L, Cash Flow va Balance nima ekanini bilmaslik. Biznesni taxminlar bilan emas, raqamlar bilan boshqaring. @usmon_dostonov
Formula shunaqa. Hozirgacha 7 nafar milliarder bilan suhbatlashish nasib qildi. Ularning fikrlaridan bitta xulosa oldim: $10 000 — mehnat qilib topiladigan pul. $100 000 — aql va strategiya bilan topiladigan pul. $1 000 000 — networking, ishonch va reputatsiya orqali topiladigan pul. Pul miqdori oshgani sari mehnatdan ko’ra, qiymatingiz, aloqalaringiz va obro’ingiz ko’proq ishlaydi. #finance @usmon_dostonov
Jamoaviy ishda baraka bor. Qurilish mollari savdosi bilan shug‘ullanayotgan mijozimizga 5 kishilik jamoamizni biriktirganman. 4-oyning o‘zidayoq natijalar yaxshi bo‘layotganini ko‘rib, mijozimiz bizni qurilish mollari savdosi bilan shug‘ullanayotgan, boshqa bir tadbirkorga tavsiya qilgan ekan. U biznesimizga kelib, natijalarimizni ko‘rib, xizmatimizdan foydalanishga qaror qildi. Hozir 2-oyga o‘tdik. Ishimizdan mamnun ekanliklarini aytib qoldilar. Ha, aytgancha ushbu mijozimiz ham, boshqa mijozimizning biznesidagi natijalarni ko‘rib, bizning xizmatimizdan foydalanishni istagan. @usmon_dostonov
без подписи
6 oydan buyon qurilish mollari savdosi bilan, shug’ullanib kelayotgan korxonani tizimlashtirib berayapmiz. Biznes jarayonlarini tizimlashtirish bilan bir qatorda. Natijalarni bitta dashbordda. Hisobot shaklida real vaqtda ko’rish bosqichiga keldik. @usmon_dostonov
Unit Economikani hisoblaysizmi Korxonalarga borganimda birinchi tahlil qiladigan ko’rsatgichim - Unit Economics. Tadbirkorlar marketinga pul sarflaydi, sotuv bo’limini kengaytiradi. Bitta mijoz qancha foyda keltiryapti, buni hisoblab ko’rmaydi. Unit Economics - bitta mijoz yoki bitta mahsulotning real moliyaviy natijasini ko’rsatadigan ko’rsatkich. Formula: Unit Economics = LTV / CAC LTV (Life time value) - mijoz butun hamkorlik davomida keltiradigan foyda. CAC (Customer aquisition cost) - bitta mijozni jalb qilish uchun sarflangan xarajat. Agar LTV > CAC bo’lsa - biznes foyda keltiryapti. Agar LTV < CAC bo’lsa - har bir yangi mijoz bilan pul yo’qotyapsiz. Masalan: LTV = $5 000 CAC = $1 000 Natija - 5:1. Demak, har bir jalb qilingan mijoz marketing xarajatini 5 barobar qoplayapti. Unit Economics sizga quyidagilarni ko’rsatadi: • Qaysi mahsulot foyda keltirayotganini; • Marketing samaradorligini; • Narx siyosatini to’g’ri belgilashni; • Biznesning investitsion holatini. @usmon_dostonov
Katta ishlar intizomdan boshlanadi. Eng qiyin ish - intizomli bo’lish. Intizom - bu tartibli hayot tarzi. Intizom - bu o’zingizni boshqara olish. Intizom - bu kuningizni reja asosida yashash. Intizom - bu o’zingizga bergan va’dangizga xiyonat qilmaslik. Har kuni kichik intizomlar oxir-oqibat katta natijalarni beradi. #fikrlash @usmon_dostonov
CJM siz sotuv bo’limingizni to’g’ri tizimlashtira olmaysiz. CJM siz CRM ham to’g’ri ishlamaydi. CJM (Customer Journey Map) - mijozning yo’l xaritasi. Mijoz sizni birinchi marta ko’rganidan boshlab, qayta xarid qilgunigacha bo’lgan jarayon. CJM nima beradi? • Mijozni chuqur tushunish; • Sotuvdagi “teshik”larni aniqlash; • Ishonch qaysi bosqichda yo’qolayotganini ko’rish; • Xizmat sifatini oshirish; • Sotuv voronkasini kuchaytirish. CJM 5 ta asosiy bosqichdan iborat: 1. Awareness - Tanishish Mijoz sizni birinchi marta ko’radi. 2. Consideration - Qiziqish Sizni boshqalar bilan taqqoslaydi. 3. Decision - Qaror Xarid qilish yoki qilmaslik haqida qaror qabul qiladi. 4. Service - Xizmat Mijozni mamnunligi aynan shu bosqichda bo’ladi. 5. Loyalty - Qayta xarid Mijoz yana qaytishi va sizni boshqalarga tavsiya qilishi. CJM - mijoz bilan ishlashda butun jarayonni boshqarish tizimi. #sotuv @usmon_dostonov
Bir nechta biznesi bor tadbirkor Biznesini tizimlashtirmoqchi bo’lsa. Ishni eng avvalo moliyani tartibga keltirishdan boshlashi kerak. Agar tadbirkorni o’zi tizimlashtirish jarayonida ishni orqaga tortsa nima qilish kerak? #tizimlashtirish @usmon_dostonov
Kichik yo’qotish - katta yo’qotishdan yaxshiroq.
O’zgarishdan qochadigan odamni ishga olmang! U na o’zi o’sadi, na biznesingizni o’stiradi. Kamiga ichki muhitni ham buzadi. Boshqa xodimlarga ham odatini yuqtiradi. #hr @usmon_dostonov
O‘sish — qulaylik tugagan joydan boshlanadi. 1. Comfort Zone — qulaylik zonasi. • Xavfsiz makon. 2. Fear Zone — qo‘rquv zonasi. • Stress. • Bahonalar. 3. Learning Zone — o‘rganish zonasi. • Qiyinchilik va muammolarni hal qilish. • Yangi ko‘nikmalarni egallash. 4. Growth Zone — o‘sish zonasi. • O‘z maqsadingizni topish. • Maqsadlaringizni amalga oshirish. Siz qaysi zonadasiz? #fikrlash @usmon_dostonov
Qandayni biladigan insonlar. Nima uchunni biladigan insonlar qo’lida ishlaydi. Qanday qilishni bilgan odam - ijrochi. Nima uchun qilishni bilgan odam - rahbar. #boshqaruv @usmon_dostonov
NVIDIA 33 yilda $5 trillionlik kompaniyaga aylangan biznes. Bugun NVIDIA haqida gaplashamiz. NVIDIA 1993-yil 5-aprelda tashkil etilgan kompaniya. Asosiy yo‘nalishi - kompyuter grafikasi va o‘yinlar uchun chiplar sotish edi. 1999 - yilda NVIDIA GPU - grafik protsessor tushunchasini ommalashtirdi. 2006 - yilda CUDA platformasini ishga tushirdi. Keyinchalik GPU + CUDA ekotizimi NVIDIA ni AI hisoblash infratuzilmasidagi eng muhim kompaniyalardan biri bo’lishiga sabab bo’ldi. Bugungi NVIDIA - videokarta ishlab chiqaruvchi kompaniya emas. NVIDIA - AI va Data Center uchun GPU, server platformalari, networking, dasturiy ta’minot va to‘liq hisoblash infratuzilmasini mijozlarga yetkazib beradi. NVIDIA moliyaviy o’sish ko’rsatgichi: 2022 - $26,9 mlrd aylanma; 2023 - $27,0 mlrd aylanma; 2024 - $60,9 mlrd aylanma; 2025 - $130,5 mlrd aylanma; 2026 - $215,9 mlrd aylanma; 2022-yildan 2026-yilgacha NVIDIA savdosi 800% ga oshdi. Data Center biznesining o‘zi 2026 1-choragida $193,7 mlrd daromad keltirgan bu - kompaniya umumiy daromadining 90% tashkil qiladi. Bozordagi o‘rni 2026-yil 31-iyul holatiga NVIDIA ning bozor kapitallashuvi taxminan $4,86 trillion bo‘lib, kompaniya dunyodagi eng qimmat kompaniya maqomini qayta egallagan. Daromad bo‘yicha 2026-yilgi Fortune Global 500 reytingida NVIDIA 28-o‘ringa chiqdi. Bir yil oldin u 66-o‘rinda edi. Bir yil ichida 38 pog‘ona yuqoriladi. NVIDIA 1993-yilda grafik chiplar kompaniyasi sifatida faoliyatini boshlagan bo’lsa. Bugun AI rivojlanishi uchun kerak bo‘lgan eng muhim hisoblash infratuzilmalaridan birini sotayotgan kompaniyaga aylandi. AI kompaniyalari modellar yaratib daromad topayapti. NVIDIA o’sha kompaniyalar modellarini ishlatishi va o‘qitishi uchun kerak bo‘lgan “resurslar”ni sotayapti. Biznes egalariga tizimlashtirish jarayonida har safar biznes modelni o’zgartirishi haqida aytaman. Bozorga moslashish uchun biznes modelni o’zgarishlarga tayyor holda ushlash kerak. Siz 33 yil ichida shu darajada o’sgan yana qaysi kompaniyalarni bilasiz? #tadbirkorga @usmon_dostonov
Yaxshi bilan Ishonchlini orasida katta farq bor.
Hamma narsani o’zi nazorat qiladigan tadbirkor - juda kam yo’qotadi. Afsuski juda kam topadi. #boshqaruv @usmon_dostonov
Rivojlanayotgan bozorda hamma bilan raqobatlashish shart emas. Bozorda eng katta imkoniyat - bozorning o‘zida raqobatlashish emas. Shu bozorda ishlayotganlarga resurs sotish orqali bo’ladi. Tarixda oltin izlovchilar ko‘paygan paytda, hamma oltin qazishga shoshilgan. Katta daromadni lopatka sotganlar topgan. Bugun AI bozorida shunga o‘xshash vaziyat sodir bo’layapti. AI kompaniyalari model yaratayapti, mahsulot ishlab chiqarayapti. Foydalanuvchilar “biz” uchun raqobatlashayapti. NVIDIA ular ishlashi uchun zarur bo‘lgan AI computing infratuzilmasini - GPU, networking va boshqa hisoblash texnologiyalarini yetkazib berayapti. Raqamlarga qarang: 2026-yilning I choragida NVIDIA: • $81,6 mlrd daromad oldi; • shundan $75,2 mlrd Data Center biznesidan kelgan; • choraklik sof foydasi $58,3 mlrd bo‘lgan. Data Center daromadi bir yil ichida 92% ga o‘sgan. AI bozorida hamma «oltin» qazishga harakat qilayotgan bir paytda, NVIDIA «lopatka» sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib turibdi. Rivojlanayotgan bozorga kirganda faqat: Qanday qilib boshqalardan yaxshiroq mahsulot qilaman? deb o‘ylamang. Bu bozorda pul qilayotganlarning barchasiga nima kerak? Shu narsani soting. Bozorda raqobatlashishdan ko‘ra, bozorni resurs bilan ta’minlash kuchli strategiya. #Tadbirkorga @usmon_dostonov
Rahbarlikdagi eng qiyin ish - o’z nafsini boshqarish. Avvalo xodimlarni emas, o’z hissiyotlaringizni, fe’l-atvoringizni va fikrlaringizni boshqarishni o’rganing. Haqiqiy liderlik o’z nafsini tanib olishdan boshlanadi. O’z nafsini tanib olmagan rahbar na korxonani, na jamoani samarali boshqara oladi. #boshqaruv @usmon_dostonov
Qoidalarga amal qilish muhim. Bugungi maqsadim - 2200 metr suzish edi. Qoida: har 200 metrda 60 soniya dam olish kerak. Men bu qoidaga amal qilmadim. Har 400 metrda 30 - 40 soniya dam oldim. Tanam toliqmagan, energiya yetarli edi. Yurakka tushayotgan yuklama tobora ortib bordi. Natijada nafas olishim qiyinlashdi va suzishni to‘xtatdim. Charchoq yo‘q edi, tanam 2200 metr suzishga moslashgandi. Qoidaga amal qilmaganim uchun maqsadimga erisha olmadim. Hayotda ham xuddi shunday. Ba’zan muammo imkoniyatimiz yetishmasligida emas, qoidalarga amal qilmasdan, noto’g’ri harakatlarlar qilishimizda bo‘ladi. Maqsadga erishish uchun tajriba va imkoniyatning o‘zi yetarli emas. Ishni mohiyatini anglash va unga intizomli amal qilish kerak. #fikrlash