Boshqaruv samaradorligi agentligi
СтатистикаO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi sahifasi Facebook: https://www.facebook.com/BSA.pressa/ Instagram: https://www.instagram.com/bsa.uz/ Youtube: https://www.youtube.com/@%D0%91%D0%BE%D1%88%D2%9B%D0%B0%D1%80
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 57
- Всего постов
- 148
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- Категория
- Видео
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 6 663
- 1/48двое суток
- 7 635
- 1/72трое суток
- 8 234
Медиана по постам, которые мы застали свежими и померили через сутки.
Посты
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Odil sudlov – 2030”: Yangi O‘zbekistonda inson huquqlarini ishonchli himoya qiluvchi xalqchil va adolatli sud tizimini barpo etish strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni Rasmiy sahifalarimiz Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Namanganda investitsiya loyihalarini amalga oshirishdagi imkoniyatlar o‘rganilmoqda Namangan viloyatida hududlarning mavjud iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish, investitsiya loyihalarini jadallashtirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda tadbirkorlik subyektlarining muammo va takliflarini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh tomonidan amaliy o‘rganishlar davom etmoqda. Navbatdagi o‘rganish Namangan tumanining “Mirshikor” MFY hududida faoliyat yuritayotgan “Toshbuloq invest group” MChJ QKda o‘tkazildi. Korxonada sement ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ishlab chiqarish tannarxini kamaytirish va energiya resurslaridan samarali foydalanish maqsadida 30 gektar maydonda 20 MVt quvvatga ega quyosh panellarini o‘rnatish loyihasi amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Umumiy qiymati 20 mln AQSH dollarini tashkil etuvchi loyihaning 15,6 mln dollari xorijiy kredit liniyasi hisobidan moliyalashtirilishi ko‘zda tutilgan. Loyiha ishga tushirilishi natijasida 15 ta doimiy ish o‘rni yaratiladi. O‘rganish davomida loyiha bo‘yicha amalga oshirilayotgan tashkiliy jarayonlar, mavjud muammolar va tadbirkor tomonidan bildirilgan takliflar atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, loyihaning keyingi bosqichlarini o‘z vaqtida yakunlash, mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanish, energiya samaradorligini oshirish hamda ishlab chiqarish quvvatlarini tezroq ishga tushirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Aniqlangan muammo va imkoniyatlar asosida loyihani jadallashtirish, investitsiya mablag‘laridan samarali foydalanish va uning iqtisodiy samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli choralar belgilanmoqda. Rasmiy sahifalarimiz Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Prezident Shavkat Mirziyoyev sud-huquq islohotlarining natijalari va sohadagi ustuvor vazifalarni muhokama qilish yuzasidan sud tizimi rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazdi. Rasmiy sahifalarimiz Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Hudud imkoniyatlarini natijaga yo‘naltirish: Buxoroda amaliy takliflar muhokama qilindi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligining Buxoro viloyati filiali hamda O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasining Buxoro viloyati bo‘limi vakillari ishtirokida hudud imkoniyatlaridan samarali foydalanish va badiiy ijodkorlik salohiyatini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqot davomida Buxoro viloyatining mavjud madaniy, ijodiy va turizm salohiyatini aniqlash, undan samarali foydalanish hamda hudud rivojiga yo‘naltirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, tasviriy va amaliy san’at yo‘nalishlarini rivojlantirish, mahalliy rassom va hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodiy mahsulotlarini turizm yo‘nalishlariga keng jalb etish, muntazam ko‘rgazma va ijodiy tadbirlar tashkil qilish hamda yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflar bildirildi. Shuningdek, sohadagi mavjud muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqish va natijaga yo‘naltirilgan boshqaruv yondashuvlarini kuchaytirish masalalariga e’tibor qaratildi. Tadbir doirasida Buxoro shahrining tarixiy Eski shahar qismidagi madaniy meros obyektlarida milliy san’at asarlarini namoyish etish va ijodiy tadbirlarni tashkil qilish imkoniyatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi. Uchrashuv yakunida hududning mavjud imkoniyatlaridan samarali foydalanish, ularni aniq loyihalarga yo‘naltirish va boshqaruv samaradorligini oshirish bo‘yicha hamkorlikdagi ishlarni davom ettirish yuzasidan vazifalar belgilab olindi. Rasmiy sahifalarimiz Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: – Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; – Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; – Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; – Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; – aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; – qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; – Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; – Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. Rasmiy sahifalarimiz Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Qonuni Rasmiy sahifalarimiz Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
“Istiqbolli davlat xizmatchisi – 2026” tanlovining amaliy bosqichi yakunlandi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi hamda Boshqaruv samaradorligi agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali hamkorligida tashkil etilgan “Istiqbolli davlat xizmatchisi – 2026” tanlovining amaliy bosqichi Nukus shahrida bo‘lib o‘tdi. Tanlovning dastlabki bosqichlarida jami 1 274 nafar nomzod hujjat topshirdi. Dastlabki saralashdan so‘ng bilim sinovlarida 1 019 nafar nomzod ishtirok etdi. Test natijalariga ko‘ra eng yuqori natija qayd etgan 219 nafar nomzod keyingi bosqichga yo‘llanma oldi. Amaliy bosqichda ishtirokchilarning boshqaruv vaziyatlarida to‘g‘ri va tezkor qaror qabul qilish, tahliliy va tanqidiy fikrlash, muammoli vaziyatlarni hal etish, vaziyatni har tomonlama tahlil qilish hamda samarali yechim taklif etish ko‘nikmalari baholandi. Tanlovning keyingi bosqichlarida: 4-bosqichda ishtirokchilarning xorijiy tillarni bilish ko‘nikmalari, 5-bosqich — yakuniy suhbatda esa yetakchilik, samarali boshqaruv va natijadorlik kompetensiyalari baholanadi. Tanlov jarayonlari ochiqlik, shaffoflik va xolislik tamoyillari asosida tashkil etilmoqda. Rasmiy sahifalarimiz Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa
#Ekspert_sharhi Men mehnat ta’tiliga chiqdim. Bu davrda menga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilishi mumkinmi? Ushbu savolga ekspert, Toshkent davlat yuridik universiteti katta o‘qituvchisi Muhammadamin Karimjonov javob beradi. Rasmiy sahifalarimiz Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa
#Strategiya_2030 81-maqsad: Meritokratiya — davlat xizmatida halollik va professionallik Davlat fuqarolik xizmatiga munosib kadrlarni tanlash, professional salohiyatni oshirish va meritokratiya tamoyillarini mustahkamlash — “O‘zbekiston — 2030” strategiyasining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. 📱Batafsil Rasmiy sahifalarimiz Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa