Bek Olimjon
СтатистикаBalki foydasi tegar… 40 yoshida pensiyaga chiqishni reja qilgan shifokor 📍Norvegiya
- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 2
- Всего постов
- 21
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Маркетинг (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 9 261
- 1/48двое суток
- 10 613
- 1/72трое суток
- 11 446
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
Bundan 8 yil oldin, men 40 yoshda moliyaviy erkinlikka erishaman deb reja qilgan edim. Shunga harakat qildim va Allohga shukurlar bo'lsin erisha oldim. Hozir 39 daman. Moliyaviy erkinlik nima o'zi? Bu topilgan kapitalni to'g'ri investitsiya qilish hisobiga pul uchun ishlashga ehtiyoj bo'lmasligi. Ana shu yo'lda olingan bilimlar haqida kichik guruhdagi do'stlarimiz bilan bo'lishganimizda bu bilimlarga ehtiyoj yuqori ekanligi aniq bo'ldi. Shuning uchun qisqaroq formatda, 10-12 ta epizoddan iborat bo'lgan, videolar to'plami qilishga qaror qildik. Unda moliyaviy erkinlik borasidagi muhim tushunchalar haqida gaplashamiz. Hozirdan aytishim mumkin. Videolar tez pul topish yo'llari haqida emas, balki umumiy tuhsunchalar, ko'nikmalar va strategiya haqida. Kecha shu videolarni birinchi sonini youtube sahifaga joyladik. Mana bu yerda ko'rish mumkin https://www.youtube.com/watch?v=6TrIfk0YNtE&t=3319s Balki foydasi tegar Bek Olimjon 11.08.26 Norvegiya PS. Videoda fikr, maslahat va savol berishni unutmang.
Bu post er va bo’lajak erlar uchun Er sifatida oilangiz hayoti sifatiga juda ijobiy ta’sir qiladigan narsalardani biri bu uyga idish yuvish mashinasini o’rnatish. Atrofingizdagilar qarshilik qilishi mumkin. Qanchalik qarshilik qilishmasin, xato fikrlar…
Bugungi AMA savol-javoblari to'planmasi https://docs.google.com/document/d/1ceH7_p3o0cw2qHrk0739KY-1IcTbpUkqvdLbZYBrVWU/edit?usp=sharing
Ertaga AMA session qilamiz. AMA - Ask Me Anything. Xohlaganingizni so'rang. Ertaga 9-avgust Uzb vaqti bilan soat 09:00 da shu kanalda. Siz xohlagan savolingizni* berasiz. Men imkon qadar javob beraman. *istisno: savol-javobda tibbiy maslahat bera olmayman. Savolingizni qoldirsangiz, tanlab olib javob beraman. Balki foydasi tegar...
Nolishga har kuni imkoniyat bor. Ertagani tanlang. Bek Olimjon 08.08.26 Norvegiya
Biz na o’zimizga, na oilamizga, na bugunimizga, na ertamizga foydasi bor narsalarga juda ko’p energiya va vaqt sarflaymiz. Vaqt va energiya juda cheklangan resurs. Tanlovda idrokliroq bo’lish muhim. Bek Olimjon, 07.08.26 Norvegiya
🎉 Rahimov School'da bepul o'qing! Barcha maktablarimiz: • Lokomotiv filialida — 9-10; • Ibn Sino filialida — 9-10-11; • Farg'ona filialida — 9-10-11- sinflar uchun 100% lik grant e'lon qilyapmiz 🔥 Imtihonni 4 bosqichda o'tkazamiz: • Matematika • Ingliz tili • Insho • Suhbat ⚡️Qachon? • 11-avgust, 9:00 da 📍Qayerda? • Toshkent va Farg'onada 👉 Ro'yxatdan o'ting: forms.gle/Wo6DfzVGSHq1YvGQ7 @RahimovSchool
Barcha og'riqlar turg'un qolishda. Unga toqat qilmaslikni rivojlantirish kerak. Bek Olimjon 06.08.26 Norvegiya
Tashqari va ichkaridan keladigan turli xil shovqinlarni, ayniqsa telefondan keladigan shovqinlarni kamaytirish yo’lini topgandekman. Bu men uchun sport vaqtida telefondan foydalanmaslik bo’lyapti. Podcast eshitish yoki nimadir ko’rish yo’q. Musiqa eshitish yo’q. Yugurish va velik davomida quloqchin yo’q. Bir necha yildan beri sinab, amalda qo’llaganim va foyda olganim shu bo’ldi. Albatta 100% amal qilish qiyin. Ba’zan zalda quloqchin taqishga majbur bo’ladi odam. Sababi zaldagi baland bumps-bumps musiqalar. Yoki boshqalar shovqini. Ba’zan motivatsiya shu qadar yo’q bo’ladiki quloqchin bilan o’zimni chalg’itishga majbur bo’laman. Telefonsiz sportni fikrlarni jamlashga, o’ylashga, tahlil qilishga, reja tuzishga katta yordamini sezdim. Ayniqsa jiddiy qarorlar ustida ishlashda velosipedda uzoq masofaga yurish foydasi katta ekanligini sezdim. Agar bunga muntazam bloknotga yozishni ham qo’shsam, balki samarasi yanada ko’proq bo’lar. Bek Olimjon 05.08.26 Norvegiya
Atrofimdagi kam odam tushunib yetgan haqiqat: «Bizda pulimizni yo’qotishdan ko’ra salomatligimizni yo’qotish xavfi ko’proq» Boshqacha aytganda: «salomatligimizni saqlay olsak pul topishda davom eta olamiz» Bek Olimjon 04.08.26 Norvegiya
Biror biznes qurish uchun boshidan boshlab, uni ustida yillar davomida ishlaymiz. Ish o'xshashligi uchun izlanamiz, harakat qilamiz. Huddi shunday kasbiy karyera qurish uchun ham. Institutda o'qiymiz, shogird tushamiz, ish o'rganamiz va hok. Yillar ketadi. Sportni esa oshiqcha vaqtimiz bo'lganda qilamiz. Aslida unga ham huddi biznesimiz yoki kasbimizga bo'lgan yondashuvimiz kerak ekan deb o'ylab qoldim. Uzoq muddatli fitnesga erishish uchun yillar davomidagi muntazam mehnat kerak. Biror biznes yoki kasbni vaqtimiz bo'lganda, onda-sonda, muntazamliksiz qilsak natija bo'lmasligi aniq. Sport ham shu ahvol. Biz onda-sonda qilgan harakatimiz bilan "natijaga" erishgandek ko'rinamiz. Odatda u qandaydir marafon medalini tishlab turgan rasmimiz bo'ladi. Bu yo'qdan ko'ra albatta yaxshi. Ammo biror marafonda qatnashish jismoniy holatimizdagi uzoq muddatli rivojlanish belgisi emasdek. Afsuski, ko'pchiligimiz tashqi e'tiborsiz harakatga kela olmaydigan bo'lib qolganmiz. Bek Olimjon 30.07.26 Norvegiya
Guruh bilan velosiped minishdagi ayrim odob va qoidalar 1. Yo'lni, tezlikni, tanaffuslarni oldindan kelishib olish va unga amal qilish 2. Guruh bilan haydashdagi ishoralarni o'rganib olish 3. Imkon qadar bir qator, maksimum ikki qatordan oshmaslik 4. O'z qatorida yurish, o'zgartirmoqchi bo'lsa baland ovoz bilan bildirish 5. Qarama-qarshi yo'nalishdagi velosipedchilarga qo'l ko'tarib salom berish 6. Tupurish yoki burun qoqishda guruh orqasiga o'tish yoki chetga to'xtash 7. Oldindagi velosiped g'ildiragiga tegmaslik (halokat kafolati) 8. Rulni qo'yib yubormaslik 9. Faqat chap tomondan quvib o'tish 10. Parovoz vazifasidan qochmaslik. Boshqalarga ryukzak bo'lmaslik. Bek Olimjon 26.07.26 Norvegiya
Velosiped minishdagi qoidalar 1. Quloqchin (naushnik) ishlatmaslik 2. Ko'zoynak kaska ipi ustidan taqiladi, tagidan emas 3. Ketayotgan joyingizni yaqinlarga doim ayting, yoki live tracking yoniq bo'lsin 4. Yo'l qoidalariga doim amal qilish 5. Velosipedchi ishora belgilarini o'rganib olish va ishlatish 6. Ehtiyot qismlar (eng kamida zahira kamera, nasos, klyuch) bo'lishi shart 7. Teshilgan kamera almashtirishni bilish shart 8. Orqada o'chib yonuvchi qizil va oldinda oq chiroq bo'lishi. Haydovchilar sizni ko'rishi juda muhim. Qorong'uda refleks bo'lishi 9. O'z chegaralaringizni bilish va har doim qo'shimcha energiya zahirasi bo'lishi 10. Kaskasiz hech qachon velik haydamaslik (Amsterdamda ishga qatnasangiz, mayli, kaskasiz mumkin) Bek Olimjon 25.07.26 Norvegiya
https://open.substack.com/pub/bekolimjon/p/creating-memories?r=19nsqj&utm_campaign=post-expanded-share&utm_medium=web
без подписи
Shaxsan o'zim bilan kecha yuz bergan voqeani bo'lishmoqchiman *********************** Yoshlar orasida sportga qiziqish kuchaymoqda. Ayniqsa velosportga qiziqish ancha kuchaydi. Bu juda yaxshi. *************** Ammo bir holatga tez-tez guvoh bo'lyapman. Uzbda velosport bilan shug'ullanayotganlar orasida kaska (dubulg'a) kiymaydiganlar ancha ko'p ekan. Bu juda-juda achinarli holat. **************** Nima bo'ldi? Kecha odatdagi velomashg'ulotga chiqdim. Tezligim baland emas, 25km/s atrofida edi. Juda tekis yo'l. Hech qanday halaqit beradigan narsa yo'q. Haydovchilar velosipedlarni hurmat qiladi. Uch soniyaga osmondagi samolyotga chalg'idim. Yo'ldan chiqib ketib, halokatga uchrashimga shu uch soniya yetarli bo'ldi. Velosiped old g'ildiragi yo'l chetidan chiqib ketib, men rul ustidan oldinga qarab boshim va yelkam bilan yiqildim. Asfalt chetiga tushib yaxshigina urildi. Telefonim orqa cho'ntagimda edi. Uni 5 metr uzoqdan topdim. Allohga shukurki, jiddiy jarohat olmadim. 5-6 kunda tuzaladigan yengil lat yeyishlar. Sinish yoki ichki a'zolar jarohati yo'q. Agar boshimda kaska bo'lmaganida, hozir komada yotgan bo'lish ehtimolim yuqori edi. Kaska juda muhim azizlar. Oliftagarchilik juda qimmatga tushishi mumkin. Bek Olimjon 23.07.26 Norvegiya
Nega Ironman’da qatnashmayapman? Mendan “Nega Ironman qilmaysiz?” deb so‘rashadi. Yaxshi savol. Avval Ironman haqida qisqacha: Ironman - bu triatlonning eng mashhur brendi. 3,8 km suzish + 180 km velosiped + 42 km yugurish. Hammasini bir kunda bosib o'tish kerak. Dunyoda yiliga 50 mingdan ortiq odam marrani bosib o‘tadi. Men triatlon bilan jiddiy shug‘ullana boshlaganimga 1 yildan oshdi. Hozir dunyodagi eng yaxshi murabbiylardan biri bilan ishlayapman. Haftasiga 15 soat atrofida mashq qilaman (10 oy oldin 12 soat edi). Bu hajm suzish, velosiped, yugurish, kuch va yogadan iborat. Lekin bu 15 soat to‘liq Ironman masofa uchun bu yetarli emas. Nima uchun? Uzoq muddatli atlet rivojlanishi degan tushuncha bor. (LTAD - The Long-Term Athlete Development). U 7 bosqichdan iborat jarayon. 1. Active Start - faol ibtido 2. FUNdamentals - asoslar 3. Learn to Train - jismoniy shug'ullanishni o'rganish 4. Train to Train - shug'ullana olish uchun shug'ullanish 5. Train to Compete - raqobatlashish uchun shug'ullanish 6. Train to Win - yutish uchun shug'ullanish 7. Active for Life - butun hayot davomida jismoniy faol bo'lish Har bir bosqich bir necha oylardan yillargacha davom etadi. Men ayni vaqtda to'rtinchi bosqichdaman deya olaman. Jiddiy shug'ullanish uchun tanani tayyorlash bilan bandman. Meni tanam hali Ironman to'liq masofali musobaqada qatnasha olish uchun talab etiladigan jismoniy yuklamani o'zlashtira oladigan darajada emas. Bunga keyingi yil ham tayyor bo'lmayman. Shunday ekan, 2027 yilda ham to'liq masofada qatnashish rejada yo'q. Shu o'rinda bir qiziq fakt Bugun Ironman to'liq masofada ishtirok etsam, uni tugata olamanmi? Albatta. Bunga hech qanday shubham yo'q. Ammo bu menga nima beradi? Faqat mendagi egoni sug'oradi xolos. Uzoq muddatli jismoniy tayyorgarlikka erisha olmayman. Qisqa yo'lni tanlagan bo'laman. Asosiy maqsadga - uzoq muddatli jismoniy rivojlanishga erisha olmayman. Mendagi maqsad bitta Ironman tugatish va sportni tashlash emas. Afsuski, bunday holatni ko'pchilikda ko'ramiz. 5-6 oy tayyorlanadi, Ironmanni bir amallab tugatib oladi va shu bilan sportdan uzoqlashadi. Suhbatlashsangiz jarayondan maza qila olmagan. Tayyorlanish jarayoni va musobaqani qandaydir travma bilan xotirlaydi. Unga qaytgisi kelmaydi. Bunga sabab balki birinchi o'rindagi maqsadi shunchaki "Ironman tugatish" bo'lgandir. Aslida buham noto'g'ri maqsad emas, ammo marra chizig'ida hech narsa yo'qligini tushunib yetish muhimroq. Bek Olimjon 22.07.26 Norvegiya
Chemodanda yashash... Ko'plab musofirlar bilan suhbatda bo'laman. Juda ko'pi musofirchilikda 15-20 va undan ko'p yillardan beri yashaydi. Farzandlari shu yerda tug'ilgan, shu yerda hayot qurgan, o'zlari shu yerda karyera qurgan, qadr topgan. Ular umrining ko'p qismini o'z yurtidan ko'ra chetda o'tkazgan. Bir qiziq kuzatuv meni doim hayron qoldiradi. Shu odamlar juda ko'pida qandaydir tushkunlik kayfiyatini sezadi odam. Yaxshilab surishtirsangiz ular na ona yurtida, na hozir yashayotgan yurtida hayot kechirayotgan bo'ladi. Ular chemodanda yashashadi. Tushkunlik kayfiyatida bo'lgani uchun o'zlari tanlab musofir bo'lib kelgan yurtdagi muammolardan noliydi. Bir vaqt o'zida ona yurtidagi muammolardan ham tinmay noliydi. Nega maza qilib yashamaysiz ma'nosida savol berasiz. Ular qachondir qaytaman baribir degan xayol bilan umr o'tkazishayotgan bo'ladi. 20 yil umr. Shuncha umr "chemodan ichida" o'tib ketadi. Shu sabab, na u yoqda, na bu yoqda xayot qurishadi. Umr esa bir onda tugab bo'ladi. Yechim nima? Har jamiyat ijobiy va salbiy jihatlari bor. Yashab turgan jamiyatni imkon qadar ijobiy jihatlariga fokus qilib, bor imkoniyatlardan maksimal foydalanib, bugun o'zimiz va atrofdagilarga foydali bo'lish ustida ishlash. Yechim qishloqda 20 yildan keyin qaytish uchun 2 qavatli uy qurish emas... Bek Olimjon 01.07.26 Norvegiya
Onangizga har kuni telefon qilganingizda har doim ham ko’tarmaydimi? Bu juda yaxshi belgi… ********* Bek Olimjon 26.06.26 Norvegiya