Foydali Moliya
СтатистикаMoliyaviy savodxonlik hamda shaxsiy rivojlanish yoʻnalishida 1-raqamli Oʻzbekzabon kanal. 2023-yil 4-mart sanasidan boshlab faoliyat yuritmoqdamiz. Reklama va hamkorlik: @moliyachi_admin
- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 33
- Всего постов
- 53
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Маркетинг (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 5 664
- 1/48двое суток
- 6 078
- 1/72трое суток
- 6 555
Медиана по постам, которые мы застали свежими и померили через сутки.
Посты
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Ertaga, 15-avgust kuni soat 08:00 da oliygohga kirish natijalari — mandat e’lon qilinar ekan... Talabalikka qabul qilinganlarni ham, oʻqishga kira olmaganlarni ham oldindan tabriklayman! Chunki ba’zan ochilgan eshiklar biz kutgan yo‘l bo‘ladi, ba’zan esa yopilgan eshiklar undan ham yaxshiroq imkoniyatlarga boshlaydi. Muhimi — har qanday holatda ham harakatni to‘xtatmaslik. Chunki kelajakni faqat diplom emas, bilim, mehnat va qat’iyat belgilaydi. 🔝 @foydali_moliya — obuna bo‘ling
💸 VALYUTALAR KURSLARI Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan yangi rasmiy kurslarini eʼlon qildi. Ushbu valyutalar kurslari 15, 16, 17-avgust kunlari uchun amal qiladi. 🔔 Eslatma: Tijorat banklarida sotib olish va sotish kurslari biroz farq qilishi mumkin. 🔝 @foydali_moliya — obuna bo‘ling
Markaziy bank aholining kredit qarzdorligi o‘sayotganidan havotir bildirdi Senator Husan Ermatovga ko‘ra, fuqarolarning banklar oldidagi qarzi so‘nggi olti yilda besh baravardan ko‘proqqa oshib, qariyb 231 trln so‘mga yetdi. Biznes qarzlari yillik 12% ga oshgan bo‘lsa, aholi qarzdorligi 21,2% gacha ko‘paygan. Markaziy bank raisi o‘rinbosari Sanjar Nosirov fuqarolar qarzdorligi o‘sishi xavotirli holat ekanini tan oldi. Biroq, bunda o‘tgan davrlardagi qoplanmagan talablarni ham hisobga olish kerak. Uning so‘zlariga ko‘ra, regulyatorni kreditlar hajmidan ko‘ra aholining qarzlarni uzish qobiliyati ko‘proq tashvishga solmoqda. 🔝 @foydali_moliya — obuna bo‘ling
Xalqaro savdoda turli valyutalarda hisob-kitob qilish ehtiyoji ortib bormoqda. Shu imkoniyatlarni hisobga olgan holda, Octobank yuridik shaxslar uchun xalqaro operatsiyalarda foydalanish mumkin bo‘lgan valyutalar sonini 16 taga yetkazdi. Endilikda biznes mijozlari AED, CNH, SGD, EUR, GBP, CHF, PLN, CZK, SEK, NOK, DKK, CAD, MXN, AUD, NZD va JPYda konversiya hamda xalqaro to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin. Bu imkoniyat Xitoy, BAA, Yevropa, Shimoliy Amerika va Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi hamkorlar bilan ularning mahalliy yoki shartnomada belgilangan valyutasida hisob-kitob qilishni osonlashtiradi. Barcha operatsiyalar internet-banking orqali masofadan turib amalga oshiriladi. Mijozga filialga borish yoki hujjatlarni qog‘oz shaklida topshirish talab etilmaydi.
📚 Faqat ta'lim olish bilan ko'p pul ishlay olmaysiz... Yaxshi ish haqi — sinovdan oʻtgan bilimlar va amaliy ko'nikmalarni talab qiladi. 🔝 @foydali_moliya — obuna bo‘ling
Lisenziya olmasdan, 3 oy davomida tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun imkoniyat yaratilmoqda Qonun (O‘RQ–1164-son, 13.08.2026 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Qonun bilan lisenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni "Biznesga lisenziyasiz kirish" maxsus rejimi doirasida olishning o‘ziga xos xususiyatlari belgilandi. ◾️Rejim doirasida talabgor faoliyatini maxsus elektron tizim yoki YAIDXP orqali vakolatli organga bepul xabar bergan holda, lisenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat olmasdan amalga oshirishi mumkin. 🚫 Rejimning amal qilish muddati 3 oy bo‘lib, ushbu muddat davomida talabgor muayyan faoliyatni (harakatni) lisenziyasiz yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz amalga oshirganlik uchun javobgarlikka tortilmaydi. Talabgor "Biznesga lisenziyasiz kirish" maxsus rejimining amal qilish muddati davomida: ◾️ o‘z faoliyatini lisenziya yoki ruxsat berish talablariga va shartlariga muvofiqlashtirish choralarini ko‘radi; ◾️ tegishli lisenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni belgilangan tartibda oladi yoxud mazkur faoliyatni (harakatlarni) tugatadi. 🔝 @foydali_moliya — obuna bo‘ling
🇺🇿Qashqadaryo viloyati IIB Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi ogohlantiradi ! ⚠️ “Pulni ko‘paytirib beramiz” – yolg‘on va’dalariga aldanmang! “Ishonchli loyiha”, “Halol daromad”, “100% foyda” — bu gaplar ortida ko‘pincha firibgarlar turadi. ⁉️Eng xavfli jihati: 🔹Ular mashhur nom yoki “brend” ortiga yashirinadi 🔹Soxta sahifalar va chiroyli reklama bilan aldashadi 🔹Sizni shoshiltirib, o‘ylashga vaqt bermaydi Yodda tuting: 🔹Tez va oson daromad – bu deyarli har doim tuzoq! Tasdiqlanmagan loyihalarga pul tikmang! Har qanday taklifni tekshiring, shoshilmang! Kiberjinoyatlardan yaqinlaringizni asrang! ✅ Telegram • 🌐 Instagram • 📹YouTube 🔝 @foydali_moliya — obuna bo‘ling
Xorijiy investisiyalar: Xitoyning ulushi 47 foizga yetdi 2026-yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonda iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivojlantirish uchun barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 338,9 trln so‘mlik asosiy kapitalga investisiyalar o‘zlashtirilgan. Ushbu investisiyalarning 69,5 foizi xorijiy investisiyalar va kreditlar hissasiga to‘g‘ri kelgan. O‘zlashtirilgan xorijiy investisiyalar va kreditlar hajmida davlatlar kesimida Xitoy katta farq bilan yetakchilik qilgan. Uning ulushi 47 foizni tashkil etgan. Keyingi o‘rinlarda Rossiya — 7,4 foiz va Turkiya — 6,6 foiz ko‘rsatkich bilan qayd etilgan. 🔝 @foydali_moliya — obuna bo‘ling
HALOL VA HAROM... Ba’zilar "halol va harom" deganda "yeb-ichish mumkin bo‘lgan va yeb-ichish mumkin bo‘lmagan" narsani anglaydilar... Yuzaki tushuncha! Aslida bu - "qilish mumkin bo‘lgan va qilish mumkin bo‘lmagan" amallar degani hamdir... Bilasiz: non eng tabarruk ne’mat. Biroq nopok yo‘l bilan topilgan non ham harom! "Noningni halollab ye", degan gap bejiz aytilmagan. ©️ O‘tkir Hoshimov 🔝 @foydali_moliya — Juma muborak!
❗️ Prezident Shavkat Mirziyoyev bir guruh tadbirkorlarni mukofotladi "Mamlakatimiz taraqqiyoti va eksport salohiyatini yuksaltirish, investisiyalarni jalb qilish, import o‘rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarish, zamonaviy xizmatlar ko‘lamini yanada kengaytirish, yangi ish o‘rinlari va daromad manbalarini yaratish orqali aholi farovonligini oshirish yo‘lida alohida jonbozlik ko‘rsatayotgani uchun" - deyiladi Farmon matnida. Mukofotlanganlarning 👉 to‘liq ro‘yxati 👈 🔝 @foydali_moliya — obuna bo‘ling
💸 VALYUTALAR KURSLARI Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan yangi rasmiy kurslarini eʼlon qildi. Ushbu valyutalar kurslari 14-avgust kuni uchun amal qiladi. 🔔 Eslatma: Tijorat banklarida sotib olish va sotish kurslari biroz farq qilishi mumkin. 🔝 @foydali_moliya — obuna bo‘ling
🔵 O‘zbekiston avtomobil bozorida xaridorlar tanlovi o‘zgarmoqda 2026-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonda 210 mingdan ortiq avtomobil sotildi. 📉 Bozordagi eng katta o‘zgarishlardan biri — UzAuto Motors ulushining kamayishi bo‘ldi. Kompaniya ulushi 81,5 foizdan 74,6 foizgacha tushdi. 📈 Shu bilan birga, Xitoy avtomobillarining bozordagi ulushi sezilarli oshdi: 11,6 foiz → 17,8 foiz. Bu nimani anglatadi? Bugungi xaridor avvalgidek faqat arzon va ommabop sedanlarga emas, balki qulaylik, zamonaviy dizayn va ko‘proq imkoniyat beradigan avtomobillarga e’tibor qaratmoqda. Bunga misol — B-klass sedanlariga qiziqish pasayib, ixcham SUV-B krossoverlariga talab ortmoqda. 2026-yilning 7 oyida ushbu segmentda 47,9 mingta avtomobil sotildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 10,2 mingta ko‘p. 🔝 @foydali_moliya — obuna bo‘ling
👍 O‘sish qulaylikdan tashqarida boshlanadi Yangi sohani o‘rganish, katta loyihaga qo‘l urish yoki yuqori mas’uliyatni zimmaga olish oldidan ko‘pchilikda bir xil o‘y o‘tadi: "Men bunga hali tayyor emasman..." Lekin haqiqiy o‘sish aynan shu qo‘rquv va noqulaylik chegarasidan boshlanadi. Google va Yahoo kompaniyalarida top-menejer lavozimida ishlagan Marissa Mayer bu haqida shunday deydi: Men har doim o‘zimni hali to‘liq tayyor emasman deb hisoblagan ishlarga qo‘l urganman. Fikrimcha, inson aynan mana shunday o‘sadi — o‘ziga noqulay va qiyin bo‘lgan chegarani bosib o‘tgandagina oldinga siljiydi. 📌 Xulosa: Har safar yangi ish boshlashga ikkilansangiz, shu nuqta sizni yangi bosqichga olib chiquvchi debocha ekanini yodda tuting. 🔝 @foydali_moliya — obuna bo‘ling
💸 VALYUTALAR KURSLARI Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan yangi rasmiy kurslarini eʼlon qildi. Ushbu valyutalar kurslari 13-avgust kuni uchun amal qiladi. 🔔 Eslatma: Tijorat banklarida sotib olish va sotish kurslari biroz farq qilishi mumkin. 🔝 @foydali_moliya — obuna bo‘ling
O‘zbekistonda 1 ta aviachipta uchun 25 kun ishlash kerak "Boston Consulting Group" kompaniyasining boshqaruvchi direktori Suresh Subudi Oʻzbekistonda aviachipta narxlari ancha yuqori ekanligi haqida toʻxtaldi: O‘zbekistonda o‘rtacha aviachipta narxi taxminan 25 ish kuniga teng keladi. Taqqoslash uchun, bu ko‘rsatkich Qozog‘istonda — taxminan 4 ish kunini, rivojlangan iqtisodiyotlarda esa taxminan 1 ish kunini tashkil etadi. 🔝 @foydali_moliya — obuna bo‘ling