tgindex
Bank | Moliyaviy savodxonlik | Sherzod Saydaliev

Bank | Moliyaviy savodxonlik | Sherzod Saydaliev

Статистика

Bank va moliyaviy savodxonlik bo'yicha sara kontentlar 14 yillik tajribaga ega bank mutaxassisi Sherzod Saydaliev tomonidan berib boriladi. Hamkorlik bo'yicha: @uzbankinfo_bot Kanalni qo'llab-quvvatlash: https://t.me/boost/uzbankinfo

Последний пост
07:51
Последнее чтение
17 авг.
Постов за неделю
11
Всего постов
76
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Экономика (по похожим)
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
21 258
+340 за 5 дн.
Сутки
+30
+0,14%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
3 862
40 постов
Вовлечённость
18,2%
к подписчикам
Постов в день
1,6
всего 76
Упоминаний
14
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
3 097
1/48двое суток
3 549
1/72трое суток
3 827

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 07:51937415

    ❓Qaysi banklar tomonidan imtiyozli ta'lim krediti ajratilmoqda? ▪️Taʼlim krediti axborot tizimida (talim-krediti.mf.uz) taʼlim kreditini quyidagi banklar orqali rasmiylashtirish mumkinligi koʻrsatilgan: 🏦 Hamkorbank - Batafsil 🏦 SQB - Batafsil 🏦 MKBANK - Batafsil 🏦 OFB - Batafsil 🏦 Xalq Banki - Batafsil 🏦 Turonbank - Batafsil 🏦 O'zmilliybank - Batafsil 🏦 Asakabank - Batafsil 🏦 BRB - Batafsil 🏦 Agrobank - Batafsil 🏦 Aloqabank - Batafsil Kredit shartlari quyidagicha: ➖ kredit miqdori — shartnoma asosida; ➖ kredit muddati — oʻqish davri + 7.5 yil; ➖ foiz stavkasi — 14% (xotin-qizlar uchun 0%); Kredit miqdori: ➡️ Birinchi kurs talabalari uchun - toʻlov-shartnoma summasi miqdorida; ➡️ Ikkinchi va yuqori kurs talabalari uchun: fanlarni oʻzlashtirishning oʻrtacha koʻrsatkichidan kelib chiqib belgilanadi. "Ijtimoiy reyestr"dagi talabalarga GPA ko‘rsatkichidan qat’i nazar to‘liq ajratiladi. ❗️Ta'lim krediti olish uchun universitet va talaba o'rtasida rasmiylashtirilgan shartnoma kerak bo'ladi. 📌 Qaysi o‘qish shakliga beriladi? ✅ Respublika hududidagi barcha davlat, nodavlat (xususiy) va xorijiy OTMlar hamda professional ta’lim tashkilotlarining faqat KUNDUZGI ta’lim shaklida o‘qiyotgan bakalavr va magistrlariga beriladi. ❌ Sirtqi, kechki, masofaviy ta’lim shakllari hamda tabaqalashtirilgan (super) kontrakt uchun ajratilmaydi. 🔹 Ta’minot va birgalikda qarz oluvchi: Doimiy daromadga ega oila a’zolari yoki uchinchi shaxslar birgalikda qarz oluvchi bo‘lishi mumkin. "Ijtimoiy reyestr"dagi oilalar farzandlaridan garov va kafil talab etilmaydi. @uzbankinfo

  • 07:2896848

    🎓 Imtiyozli va Tijoriy ta’lim krediti: Qaysi biri kimga beriladi va asosiy farqlari nimada? To‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotgan talabalar hamda ularning ota-onalari uchun ta'lim krediti turlarining asosiy shartlari va talablari bo‘yicha batafsil qo‘llanma: 1️⃣ Davlat imtiyozli ta’lim krediti (PQ-5203-sonli qaror asosida): Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi resurslari hisobidan tijorat banklari orqali taqdim etiladi. 🔹 Foiz stavkasi: Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida (yillik 14%). Agar Markaziy bank asosiy stavkasi pasaytirilsa — kredit stavkasi ham mutanosib pasayadi, oshirilganda esa o‘zgarishsiz qoladi. 🌸 Xotin-qizlar uchun: 0% (mutlaqo foizsiz) — foiz to‘lovlari to‘liq davlat budjetidan qoplab beriladi. 🔹 Qaytarish muddati va imtiyozli davr: Rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng 7-oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi. O‘qish davrida faqat foiz to‘lanadi (xotin-qizlar o‘qish davrida hech qanday to‘lov qilmaydi). 🔹 Ta’minot va birgalikda qarz oluvchi: Doimiy daromadga ega oila a’zolari yoki uchinchi shaxslar birgalikda qarz oluvchi bo‘lishi mumkin. "Ijtimoiy reyestr"dagi oilalar farzandlaridan garov va kafil talab etilmaydi. ❗️Bosqichlar bo‘yicha kredit miqdori va GPA talabi: 1-bosqich talabalari hamda professional ta’lim o‘quvchilari: Kontrakt summasining 100% miqdorida ajratiladi. 2-bosqich va undan yuqori talabalar: HEMIS tizimidagi GPA ko‘rsatkichi “3” va undan yuqori bo‘lsa — kontraktning 100% qismi qoplanadi ; agar GPA “3” dan past bo‘lsa — kontraktning ko‘pi bilan 80% qismiga beriladi (dastlabki 20% qismini talaba o‘zi to‘lagach ajratiladi). "Ijtimoiy reyestr"dagi talabalarga GPA ko‘rsatkichidan qat’i nazar to‘liq ajratiladi. 📌 Qaysi o‘qish shakliga beriladi? ✅ Respublika hududidagi barcha davlat, nodavlat (xususiy) va xorijiy OTMlar hamda professional ta’lim tashkilotlarining faqat KUNDUZGI ta’lim shaklida o‘qiyotgan bakalavr va magistrlariga beriladi. ❌ Sirtqi, kechki, masofaviy ta’lim shakllari hamda tabaqalashtirilgan (super) kontrakt uchun ajratilmaydi. 2️⃣ Tijoriy ta’lim krediti (Banklarning o‘z mablag‘lari hisobidan ajratiladi): Davlat imtiyozli krediti mezonlariga to‘g‘ri kelmaydigan holatlarda banklarning o‘z mablag'lari hisobidan ajratiladigan tijoriy ta'lim kreditlaridan foydalanishingiz mumkin. 🔹 Foiz stavkasi: Bozor talablaridan kelib chiqib belgilanadi (o‘rtacha 22% – 28% atrofida). 🔹 Qaytarish muddati: Odatda 1 yildan 3–5 yilgacha. 🔹 To‘lash tartibi: Kredit rasmiylashtirilgan oydan boshlab asosiy qarz va foiz oylik grafik asosida to‘lanadi (uzoq yillik imtiyozli davr berilmaydi). 🔹 Ta’minot: Jismoniy shaxs kafilligi, sug‘urta polisi yoki mol-mulk garovi talab etiladi. 📌 Qaysi o‘qish shakliga beriladi? ✅ Sirtqi, kechki va masofaviy ta’lim shakllari; ✅ Ikkinchi mutaxassislik kontrakt to‘lovlari; ✅ Super-kontrakt (tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt) to‘lovlari; ✅ Xorijdagi xorijiy OTMlar yoki xususiy o‘quv markazlari uchun. 💡 Xulosa: 1) Agar siz kunduzgi bo‘limda o‘qisangiz — albatta talim-krediti.mf.uz yoki my.gov.uz orqali imtiyozli kreditga ariza bering (ayniqsa, xotin-qizlar uchun foizsiz ajratiladi). 2) Agar ta’lim shaklingiz sirtqi, kechki yoki super-kontrakt bo‘lsa — tijorat banklarining o‘z mablag'lari hisobidan ajratiladigan tijoriy ta’lim kreditlaridan foydalanishingiz mumkin. P.S. Keyingi postda qaysi banklar tomonidan Imtiyozli ta'lim krediti va Tijoriy ta'lim kreditlari ajratilayotgani va ularning shartlari haqida batafsil ma'lumot beramiz. Albatta kuzatib boring👀 @uzbankinfo — Moliyaviy savodxonlik va bank yangiliklari!

  • 17 авг.2 960510

    ❗️Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga tashrif buyuradi. Davlatimiz rahbari hududda sanoat, ta’lim, transport, turizm va boshqa sohalarda amalga oshirilayotgan yangi loyihalar hamda yaratilgan infratuzilma bilan tanishadi. Shuningdek, bir qator yangi loyihalarni ishga tushirish va qurilishiga start berish rejalashtirilgan. Tashrif doirasida ertaga, 18-avgust kuni tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqot bo‘lib o‘tadi. P.S. Demak, ertaga tadbirkorlar uchun bir qator yangiliklar e'lon qilinishi mumkin. @uzbankinfo

  • 17 авг.2 889732

    Kredit ta'tili bo'yicha eng ko'p berilayotgan savollarga javoblar 1 - savol. Kredit ta'tili olish imkoniyati xususiy banklarga ham tegishlimi? Kredit to'lovlari bo'yicha ta'til olish, kredit shartlarini qayta ko'rib chiqish talabi barcha banklarga tegishli. 2-savol. Kredit ta'tili berish bo'yicha ayrim banklar asos yo'q, bizda berilmaydi degan javoblar bermoqda. Bu bo'yicha asos bormi? Kredit to'lashda qiynalganlar, og'ir moliyaviy va hayotiy ahvolga tushib qolgan mijozlar uchun yengilliklar berish bo'yicha Markaziy bank tomonidan qabul qilingan 2 ta qonuniy asos bor. Barcha banklar ular asosida mijozlar arizalarini ko'rib chiqishlari shart. Birinchi asos: 3030 - sonli “Bank xizmatlari isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisidagi" Nizom. Ikkinchi asos: 2696 - sonli "Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi" Nizom. 3-savol. Kredit ta'tili olish uchun nima qilish kerak? Tartibi qanday? Kredit ta'tili olish uchun tegishli bankga yozma ariza bilan murojaat qilish kerak. Ba'zi banklarning Tartiblarida arizani filial va BXMlarga topshirish kerakligi, ba'zilarida bankning rasmiy pochtasiga elektron tarzda tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda yuborish mumkinligi yozilgan. 🔘Qaysi holatlarda yengillik beriladi? ✔️qarz oluvchining ikki oydan ortiq davr mobaynida vaqtincha mehnatga layoqatsiz bo‘lib qolishi; ✔️qarz oluvchining mehnat shartnomasi bekor qilinishi va ish qidirayotgan shaxs sifatida tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlarida ro‘yxatga olinishi; ✔️qarz oluvchining birgalikda qarz oluvchisi va (yoki) kafili bo‘lgan turmush o‘rtog‘i vafot etishi; ✔️I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar qarz oluvchining qaramogʻiga olinishi yoki uning qaramog‘idagi I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar sonining ortishi; ✔️qarz oluvchiga nisbatan nogironlikning I yoki II guruhi belgilanishi; ✔️tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning yuzaga kelishi; ✔️qarz oluvchining homiladorlik va tug‘ish ta’tiliga chiqishi. 🔘Qancha muddatga kechiktirish mumkin? ✔️Homiladorlik va tug‘ish ta’tilida — 10 oygacha; ✔️Boshqa og‘ir holatlarda — 6 oygacha; ✔️Shu muddatlarda to‘lov kechiktirilsa kredit sifati pasaytirilmaydi. ✔️Kredit shartlari qayta ko‘rib chiqilgan deb baholanmaydi. Muhim eslatma - bu holatlar bankka murojaat qilingan sanadan oldingi 4 oy ichida yuz bergan bo‘lishi kerak. Banklar tomonidan arizaga asoslantirilgan holda yozma javob berilishi lozim. Ijobiy qaror qabul qilinsa, kredit shartnomaga o'zgartirish kiritish bo'yicha qo'shimcha kelishuv imzolanadi. Rad qilinsa, buning sabablarini batafsil bayon etgan holda javob xati taqdim qilinishi belgilangan. @uzbankinfo

  • 14 авг.3 9833215

    ❗️Muhabbatga oshno oshiq yigit hikoyasi... Sizga albatta turmushga chiqaman": Virtual muhabbat qurboniga aylangan yigit 25 million so'mga chuv tushdi. P.S. Shunaqasi ham bo'lib turarkan. Ota-bobolarimiz bekorga aytmagan: Ming marta eshitgandan, bir marta ko'rgan afzal! @uzbankinfo

  • 13 авг.4 6533913

    Qarzga to'y qilish kerakmi yoki yo'q? So'nggi vaqtlarda kredit yoki qarz evaziga to'y qilayotganlar tez-tez uchramoqda. Bu holat bo'yicha o'zimni shaxsiy fikrlarimni ushbu kontent orqali bildirib o'tdim. https://www.instagram.com/reel/Db73vdDIFIn/?igsh=aWhpMW9yZ2k0azRz Sizning fikringiz ham manga qiziq. Nima deb o'ylaysiz, qarzga/kredit olib to'y qilish kerakmi yoki yo'q? Kerak - 😱 Kerak emas - 👍 @uzbankinfo

  • 12 авг.4 4502116

    🧐 Xususiy maktab yoki farzandingiz uchun kapital: qay biri foydali? Hozir ko'pchilik: "Bolamni xususiy maktabga berishim kerak" deydi. Chunki u yerda sifatli ta'lim, qulay sharoit, kelajakda asqotishi mumkin boʻladigan networking bor. Lekin keling, bir hisob-kitob qilib ko'raylik: Xususiy maktablar O'zbekistonda o'rtacha oyiga 3 mln so'mdan boshlanadi va har yili kamida 10% ga qimmatlashadi. Endi muqobil variantni ko'raylik: Farzandingizni davlat maktabiga berib, xususiy maktabga to'laydigan xuddi shu summani — oyiga 3 mln so'mdan boshlab, har yili 10% oshirib borgan holda — 18% yillik daromad beruvchi investitsiyaga qo'ysangiz-chi? 👆 Rasmda koʻrsatilganidek, oyma-oy 9 yil davomida (goʻyoki maktabga toʻlov qilgandek) siz pulni investitsiyaga yoʻnaltirsangiz, oʻz qoʻyilmangiz va 9 yil davomida murakkab foiz natijasida qariyb 1 milliard soʻmdan ortiq kapital boʻlar ekan. Bu — farzandingiz maktabni bitirganda, uning oliy ta'limi, ilk biznesi yoki uy-joyi uchun jiddiy boshlang'ich kapital. Albatta, bu yerda ikkala variantda ham oʻziga yarasha xatarlar mavjud: 1️⃣ Xususiy maktab varianti: 🔸 "Yaxshi maktab = yaxshi natija" degani emas — bola muvaffaqiyati ko'p omilga bog'liq (oila muhiti, motivatsiya, o'qituvchi sifati) 🔸 Pul qaytarilmaydi — bu sof xarajat, aktiv emas. 🔸 Ijtimoiy muhit effekti sabab, bola turli qatlamlar bilan muloqot tajribasidan mahrum bo'lishi mumkin. 2️⃣ Davlat maktabi + investitsiya varianti: 🔸 Investitsiya — bu risk demak. Pulingizdan ayrilib ham qolishingiz mumkin. 🔸 Inflyatsiya — 9 yildan keyingi 1 mlrd so'mning real xarid qobiliyati bugungidan past bo'ladi. 🔸 Intizom va davomiylik talab qiladi. 9 yil davomida har oy pul ajratib, investitsiya qilinmasa yoki kutilmagan xarajat tufayli mablag' erta olinsa, murakkab foizning kuchi yo'qoladi Bular — har bir oila o'zi hal qiladigan masala. Lekin bir narsa aniq: raqamlar bilan o'ylash — har doim foydali. Sizningcha, qaysi yo'l to'g'ri? Xususiy maktab varianti 👍 Davlat maktabi + investitsiya varianti 🔥 @uzbankinfo

  • 12 авг.4 465617

    ❗️Кредит рекламасида хавфлар кўрсатилади, шартномада қарзни тўламаслик оқибатлари ҳақида йирик огоҳлантириш берилади ва чалғитувчи кредит маҳсулотлари учун банкларга санкция қўлланилади Марказий банк банк хизматлари истеъмолчиларини ҳимоя қилишга қаратилган янги талабларни жорий этишни режалаштирмоқда. Жамоатчилик муҳокамасига қўйилган қарор лойиҳасига кўра, кредит рекламаси ва кредит шартномаларига мижозни қарз олишдан олдин молиявий хавфлар ҳақида аниқ огоҳлантирувчи янги талаблар киритилмоқда. ☑️ Амалдаги тартибда реклама тусидаги ахборот истеъмолчини бевосита ёки билвосита чалғитмаслиги, маълумотлар икки хил маънода қўлланилмаслиги ёки ошириб кўрсатилмаслиги ҳамда банк хизмати шартлари бўйича мижознинг танловига нотўғри таъсир қилмаслиги белгиланган. 👉 Энди ушбу талабни кучайтириш таклиф қилинмоқда. Лойиҳага кўра, банк кредит рекламасида кредит бўйича мажбуриятларни бажармаслик молиявий хатарларга олиб келиши мумкинлиги ҳақида огоҳлантириш бериши шарт бўлади. Эътиборлиси, бундай огоҳлантириш шунчаки майда ёзув сифатида қолиб кетмаслиги керак — у рекламанинг асосий майдони ва вақтининг камида 10 фоизини эгаллаши лозим. ☑️ Кредит шартномаларида ҳам мижоз учун алоҳида ва кўзга ташланадиган огоҳлантириш пайдо бўлиши кутилмоқда. Ҳозир амалдаги талабларга кўра, жисмоний шахс билан тузиладиган кредит шартномасида кредитнинг тўлиқ қиймати биринчи варақнинг ўнг юқори бурчагида махсус рамка ичида кўрсатилиши шарт. Шунингдек, шартномада кредитни бериш муддати, шартлари ва ундан фойдаланиш тартиби каби маълумотлар аниқ акс эттирилиши лозим. 👉 Янги лойиҳа эса бунга қўшимча равишда кредит шартномаси матни бошланишидан олдин, дастлабки қисм асосий юзасининг камида 30 фоизини эгаллайдиган огоҳлантириш жойлаштиришни назарда тутмоқда. Унда кредит бўйича мажбуриятларни ўз вақтида бажармаслик умумий қарздорлик миқдорининг ошишига, қарзни мажбурий ундириш чоралари кўрилишига, қарздорликни қоплаш учун мол-мулк ундирувга қаратилишига, ҳисобварақлардаги маблағлар хатланишига ҳамда кредит тарихига салбий таъсир қилиб, келажакда кредит олиш имконияти чекланишига олиб келиши мумкинлиги ҳақида мижоз олдиндан огоҳлантирилади. 👉 Бу маълумотни фақат матн шаклида бериш шарт эмас. Огоҳлантириш мазмуни тўлиқ сақланган ҳолда график, инфографика ёки бошқа визуал шаклда ҳам тақдим этилиши мумкин. Лекин унинг жойлашуви ва ўлчами лойиҳада белгиланаётган талабларга мос бўлиши керак. ☑️ Яна бир муҳим ўзгариш банкларга нисбатан қўлланиладиган санкциялар билан боғлиқ. Амалдаги тартибда Марказий банк молиявий хизматлар истеъмолчиларининг ҳуқуқлари ва қонуний манфаатлари бузилганда банкнинг айрим молиявий операцияларини ёки инфратузилмаси кенгайишини олти ойгача чеклаши ёки тақиқлаши мумкин. 👉 Энди ушбу асослар қаторига яна бир ҳолат қўшилиши таклиф қилинмоқда — банк томонидан таклиф этилаётган кредит маҳсулоти истеъмолчини чалғитувчи деб топилса, Марказий банк унга нисбатан тегишли чеклов ёки тақиқ чораларини қўллаши мумкин бўлади. @uzbankinfo

  • 11 авг.3 3461418

    без подписи

  • 11 авг.3 33573

    🚨 29 trillion so‘mlik noqonuniy pul chiqib ketishining oldi olindi IIV tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, yil boshidan buyon kiberjinoyatlarga qarshi kurashish doirasida: 🔹 29 trln so‘mlik mablag‘ning noqonuniy ravishda chetga chiqib ketishining oldi olingan; 🔹 jinoyatlarga aloqador bo‘lgan 18 838 ta bank kartasi bloklangan; 🔹 6 oy davomida 9 282 ta kiberjinoyat fosh etilgan; 🔹 13 mingdan ortiq fuqarolarga yetkazilgan 120 mlrd 496 mln so‘mdan ortiq moddiy zarar qaytarilgan; 🔹 kiberxavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot ishlari 23 milliondan ortiq aholini qamrab olgan. 📌 Bu raqamlarning o‘ziyoq kiberfiribgarlik masalasi qanchalik jiddiy ekanini ko‘rsatib turibdi. Shuning uchun bank kartangiz ma’lumotlari, SMS-kodlar, mobil ilovadagi tasdiqlash kodlari yoki PIN-kodingizni begona shaxslarga bermang. Telegram messenjeri orqali yuborilgan APK, EXE kabi fayllarni yuklab olmang. Notanish va shubxali adresli havolalarni ochmang. “Bank xodimiman”, “IIBdanman”, “kartangiz bloklanadi” yoki “hisobingiz xavf ostida” degan qo‘ng‘iroqlarga ham ishonib ketmang. ⚠️ Firibgarlar sizni shoshiltirishni yaxshi ko‘radi. Siz esa aksincha, shoshilinchda noto'g'ri qarorlar qabul qilmasangiz bo‘ldi. @uzbankinfo

  • 11 авг.3 492412

    без подписи

  • 11 авг.3 56536

    ❗️Dropper - jinoyat zanjiridagi vositachi #kiberogohlantirish Bank kartangiz yoki hisobraqamlaringiz orqali o'tadigan amaliyotlarga ogoh bo'ling! Dropperga aylanib qolmang! Yaqinlaringiz bilan videoni ulashib, ogohlantirib qo'ying✈️ @uzbankinfo

  • 11 авг.4 2402255

    ❗️Тошкент шаҳридаги айрим хусусий мактабларнинг 2026/2027-ўқув йили учун нархлари: ➖ Global Elite School — ойига 3,1 млн сўмдан 4,1 млн сўмгача. ➖ Wisdom School — ойига 4,4 млн сўм. ➖ Intello School — ойига 4,5 млн сўмдан 6 млн сўмгача. ➖ Salam International School — ойига 4,5 млн сўмдан 7 млн сўмгача. ➖ Evrika — ойига 4,6 млн сўмдан 6,2 млн сўмгача. ➖ Lumos Mind — ойига 4,8 млн сўм. ➖ UK School of Tashkent — ойига 5 млн сўм. ➖ Nshtein School — ойига 5 млн сўм. ➖ Wise School — ойига 5 млн сўм. ➖ Rahimov School — ойига 5,1 млн сўмдан 6,5 млн сўмгача. ➖ Little Harvard — ойига 5,2 млн сўмдан 7 млн сўмгача. ➖ «Вселенная знаний» — ойига 5,3 млн сўм. ➖ Cool Kids — ойига 5,5 млн сўм. ➖ Al Beruniy International School — (маълумот текширилиши керак). ➖ International Goldstars School — ойига 5,9 млн сўмдан 8,7 млн сўмгача. ➖ Euroasia School — ойига 6 млн сўм. ➖ Humo School Academy — ойига 6 млн сўмдан 7 млн сўмгача. ➖ Oriental School of Tashkent — ойига 6 млн сўм. ➖ Vosiq International School — ойига 6,592 млн сўмдан 8,652 млн сўмгача. ➖ Mezon Inspiring School — ойига 6,9 млн сўм. ➖ Smart School — давлат дастури бўйича ойига 6,9 млн сўм; Cambridge дастури — ойига $825–1 050. ➖ «Школьная Академия» — ойига 7 млн сўм. ➖ Profi School — ойига 7,222 млн сўмдан 10 млн сўмгача. ➖ Happy Time — ойига 7,8 млн сўм. ➖ Diplomat International School — ойига 7,9 млн сўмдан 9,8 млн сўмгача. ➖ Sehriyo — ойига 7,9 млн сўм. ➖ Wunderkind Study — ойига 8,4 млн сўм. ➖ Bek School Future Education — ойига 8,5 млн сўм. ➖ Oxbridge International School — ойига 8,5 млн сўмдан 25 млн сўмгача. ➖ Intellect — ойига 8,6 млн сўм. ➖ Leader School — ойига 9,6 млн сўмдан 12,5 млн сўмгача. Йиллик тўловли мактаблар: ➖ International Talent Academy — йилига 133,5 млн сўмдан 207,5 млн сўмгача. ➖ Westminster International School — йилига 155,05 млн сўмдан 262,3 млн сўмгача. ➖ The British School — йилига 173,28 млн сўмдан 328,444 млн сўмгача. ➖ Invento the Uzbek International School — йилига 178,8 млн сўмдан 246 млн сўмгача. ➖ Cambridge International School — йилига 208,818 млн сўмдан 323,001 млн сўмгача. ➖ Tashkent International School — йилига $23 000 дан $33 000 гача. Эслатма: айрим мактабларда нарх синф, таълим дастури, таълим тили ёки филиалга қараб фарқ қилади. Кириш ва рўйхатдан ўтиш бадаллари ўқиш тўловидан алоҳида бўлиши мумкин. Маълумотлар 2026 йил 6 август ҳолатига. Манба: Afisha.uz @uzbankinfo

  • 10 авг.3 672918

    📢 Kredit foizi yillik 30%, lekin aslida sizga qanchaga tushadi? Kreditning toʻliq qiymati (KTQ) haqida bilib oling! Kredit olmoqchi boʻlganingizda bank eʼlon qilgan yillik nominal foiz stavkasi (masalan, 30%) kreditning haqiqiy narxini toʻliq koʻrsatmaydi. Chunki foizdan tashqari boshqa xarajatlar ham mavjud bo'lishi mumkin! Barcha xarajatlarni oʻz ichiga olgan haqiqiy va real yillik koʻrsatkich — KTQ (Kreditning toʻliq qiymati) deb ataladi. 💡 Keling, aniq misol bilan hisoblaymiz: 📌 Kredit shartlari: Kredit summasi: 50 000 000 soʻm Muddati: 24 oy (2 yil) Nominal foiz stavkasi: yillik 30% Sugʻurta toʻlovi: yiliga 2% (2 yil uchun jami 2 000 000 soʻm) 📊 Hisob-kitob natijasi: 1️⃣ Asosiy qarz va foizlar: 50 mln soʻm kredit uchun 30% stavkada 24 oy davomida jami ~17 000 000 soʻm foiz hisoblanadi (annuitet usulida). 2️⃣ Sugʻurta xarajatlari: Garov yoki kredit riski sugʻurtasi uchun 2 yilga 2 000 000 soʻm toʻlanadi. 3️⃣ Jami mijoz to'laydigan mablag': 50 000 000 + 17 000 000 + 2 000 000 = 69 000 000 soʻm. 🔴 Haqiqiy KTQ koʻrsatkichi: Bank reklamada foiz stavkasini 30% deb koʻrsatgan boʻlsa-da, ushbu qoʻshimcha sugʻurta xarajatlari sababli kreditning toʻliq qiymati (KTQ) yillik 35,2% ni tashkil etadi! ❗️KTQ tarkibiga nimalar kiradi va nimalar kirmaydi? ✅ Kiradi: ▪️Nominal foiz stavkasi; ▪️Uchinchi shaxslar foydasiga toʻlovlar (masalan, garov mulkini sugʻurtalash, garovga topshirilayotgan mulkni baholash uchun baholovchi tashkilotga toʻlanadigan toʻlovlar); ▪️Kredit olish va xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq majburiy toʻlovlar. 🚫 Kirmaydi: ▪️Shartnoma shartlarini buzganlik uchun jarima va penyalar; ▪️Pulni bankomatdan naqdlashtirgani uchun komissiyalar va boshqa shu kabi kredit mablag'i bank kartasiga kirim qilingandan keyin olinadigan komissiyalar. 📌 Eslatma: Qonunchilikka koʻra, banklar mijoz talabiga ko'ra kreditning to‘liq qiymati haqida ma’lumot berishi kerak. Kredit reklamasida esa mijoz murojaat qilganda KTQ hisoblab berilishi ko‘rsatilishi lozim. ❗️Kreditning to‘liq qiymati haqida "Bank xizmatlari isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisida NIZOM"da (02.07.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3030) batafsil ma'lumot berilgan. Ushbu Nizom ilova qilinadi. @uzbankinfo

  • 10 авг.3 60441

    Kuppa-kunduzi odamiga yuborishdi-ku😁 O'zim shunaqa fayllarni ochmanglar deb targ'ib qilib, o'zim yuklab olsam, g'alati bo'lsa kerak😅 @uzbankinfo

  • 10 авг.4 263812

    ⚡️9 августдан банкдан шахсни тасдиқловчи ҳужжатларсиз 500 долларгача нақд чет эл валютасини олиш мумкин бўлади Эндиликда фуқаролар банкдан 500 АҚШ долларигача бўлган нақд чет эл валютасини паспорт, ID-карта ёки уларнинг ўрнини босувчи бошқа ҳужжатларсиз олишлари мумкин бўлади. Бу ҳақдаги тегишли идоравий ҳужжат Адлия вазирлиги ташаббуси билан ишлаб чиқилган бўлиб, у 2026 йил 8 май куни давлат рўйхатидан ўтказилган. Ҳозир амалдаги тартибга кўра, мижозлар ҳужжатсиз фақат 100 долларгача нақд валюта олиши мумкин эди ва янги ўзгариш билан ушбу лимит 5 баробарга оширилмоқда. @uzbankinfo

  • 9 авг.4 080715

    📌 Kredit to‘lamaslik, kafil javobgarligi, garov, sud, auksion va MIB haqida Advokat bilan ochiq suhbat Bu galgi podkastimiz mehmoni advokat va huquqshunos Muxriddin Shamsiddinov bo‘ldi. Suhbat davomida quyidagi muhim mavzularni muhokama qildik: ✅ Kredit to‘lamaslikning huquqiy oqibatlari; ✅ Kafilning javobgarligi va kafillikdan voz kechish mumkinmi? ✅ Garovdagi mulkni sotish, almashtirish yoki garovdan chiqarish tartibi; ✅ Garovdagi mulk bo‘yicha auksion savdolari qanday o‘tadi? ✅ Sud jarayonlari va amaliyotdagi real holatlar; ✅ MIB qarzdorlar bilan qanday ishlaydi?; ✅ Kredit ta’tili olish imkoniyatlari; ✅ Bankrotlik e’lon qilib qarzlardan qutulish mumkinmi? ✅ Ajrim paytida kredit qarzlari va mulk qanday taqsimlanadi? Podkast davomida qonunchilikdagi normalar va sud amaliyotida uchraydigan real keyslar misolida batafsil tushuntirishlar berildi. Agar siz: • kredit olgan bo‘lsangiz; • kafil bo‘lgan bo‘lsangiz; • mulkingizni garovga qo‘ygan bo‘lsangiz; • kredit ta’tili olishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz; • ajrimda kredit va mulk taqsimoti masalalariga qiziqsangiz, ushbu podkast siz uchun foydali bo‘ladi. Videoni yaqinlaringiz va do‘stlaringiz bilan ulashing. Balki aynan shu ma’lumot kimningdir muammosini hal qilishga yordam berar. Obuna bo'lishni unutmang! Podkastni tomosha qilish uchun havola👇👇👇 https://youtu.be/Hdm_w4DVjyY?si=tmNUqhItvLVIU7-I

  • 8 авг.3 915428

    Salom bankdoshlar! Sizga qulay bo'lishi uchun shu kungacha YouTube kanalimizda joylangan video-kontentlarni bir yerga to'pladik😇 Agar hali ham YouTube kanalimizga obuna bo'lmagan bo'lsangiz, hozir ayni vaqti⏰ Shu kabi foydali mavzularda yana ko'plab video-darsliklar olishni reja qilganmiz✊ Quyida videolarga link qoldiraman. Eng muhimi, kontent (darsliklar) vaqti 5-10 daqiqa atrofida🎥 va oddiy so'zlar bilan mavzular yoritib berilgan😊 1. Bankda suhbat qilish jarayoni va nomzodlarga maslaxatlar. 2. Firibgarlik turlari va ularni oldini olish yo'llari. 3. Annuitet va Differensial to'lov usuli - kredit olishda qaysi biri foydaliroq? 4. Kreditga foiz qanday hisoblanadi? Real misolda ko'rib chiqamiz. 5. Qora ro'yxat: Sabablari va undan chiqish yo'llari. 6. Skoring nima va skoring ballni yaxshilasa bo'ladimi? 7. Kredit tarixini yaxshilash yo'llari. 8. Kredit tarixini olish yo'llari va unda mavjud ma'lumotlar tahlili. 9. Qarzlarni hisobini to'g'ri yuritish va qarzlarni to'lashning samarali usullari. 10. Kreditga taqiq qo’yish. 11. Kafillik haqida. 12. Birov uchun nomiga kredit olib berish oqibatlari. 13. Imtiyozli davr foyda yoki zarar? 14. Birovni krediti uchun garovga mulk qo'yish oqibatlari. 15. Kredit to'lov jadvalida (график) qanday ma'lumotlar bor? 16. Sug'urta haqida ochiqchasiga gaplashamiz (podcast). 17. Kelajakda banklarda qaysi kasblar TOP bo'ladi? (podcast). 18. Kredit to‘lamaslik, kafil javobgarligi, garov haqida, sud, auksion va MIB haqida (podcast). 19. Eng baland bank binosiga sayohat - SQB. Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzatib boring❤️ Sahifalarimizga obuna bo'lishni unutmang✅ Instagram | YouTube |Telegram

  • 7 авг.4 13243

    Markaziy bank tomonidan 2026-yil II chorak yakunlari bo‘yicha bank xizmatlari sifatini oshirish va mijozlar manfaatlarini ta’minlash maqsadida banklar faoliyati yuzasidan kelib tushgan murojaatlar tahlil qilindi ▪️2026-yil II chorak davomida Markaziy bankka to‘g‘ridan-to‘g‘ri va boshqa davlat organlari orqali banklar faoliyati yuzasidan jami 11 331 ta murojaat kelib tushgan. ▪️Mijozlar soniga nisbatan murojaatlar ulushining yuqori bo‘lishi quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratish zarurligini ko‘rsatadi: ✔️ mijozlarga bank mahsulotlari va xizmatlari bo‘yicha yetarli tushuntirish berish; ✔️ murojaatlarga o‘z vaqtida va sifatli javob taqdim etish; ✔️ takroriy murojaatlarga sabab bo‘layotgan tizimli kamchiliklarni bartaraf etish; ✔️ mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifati va ichki nazorat mexanizmlarini kuchaytirish. ▪️Shu munosabat bilan banklarga ko‘rib chiqish uchun kelib tushgan murojaatlar sabablarini chuqur tahlil qilish, ularni ko‘rib chiqish jarayonlarini takomillashtirish hamda mijozlar manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan choralarni kuchaytirish tavsiya etiladi. Eslatma: mazkur indeks bankning moliyaviy barqarorligi yoki ishonchliligini baholamaydi. U faqat mijozlar soniga nisbatan kelib tushgan murojaatlar ulushini aks ettiradi. Chorak davomida 100 tadan kam murojaat kelib tushgan banklar bo'yicha indeks hisoblanmaydi. @uzbankinfo

  • 7 авг.4 3948

    без подписи