Birburchak
СтатистикаKitoblar va ularning atrofidagi shaxsiy fikrlarim… Hamkorlik uchun: @MKurbanof
- Последний пост
- 06:57
- Последнее чтение
- 08:57
- Постов за неделю
- 20
- Всего постов
- 163
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Книги (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 1 243
- 1/48двое суток
- 1 424
- 1/72трое суток
- 1 536
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Bugun yakshanba! Ruhiyatingizga yomon ta’sir qilmasin deb olgan sovgʻalarimni faqat dam olish kunlari joylayapman. Qilayotgan mehribonchiligimni his etyapsizmi? Navbatdagi mehmonlarimiz Tarbiyachi nashriyotining “Toʻydan keyin kech” va “Lider bola” kitoblari. “Lider bola” bolalarimiz bilan birga oʻqiymiz ammo “Toʻydan keyin kech”dagi oʻgitlarni oʻqib kech qolgan narsalarimizga armon qilmasak boʻldi edi 😁 ➡️@qora_yigit
Uxlanglar.
Oxirgi paytlarda seriyali kitoblar haqida koʻproq video qildim. Shanba oqshomini kitob bilan oʻtkazmoqchi boʻlsangiz bir-biridan qiziqarli 4 ta seriya haqida gapirib berishim mumkin! 📚 “Kalamush” trilogiyasi: https://youtu.be/LpsYTDxQYb4 📚 “Dunyo klassikasi” seriyasi: https://youtu.be/UQavNu5CAno 📚 T.Harris tetralogiyasi: https://youtu.be/85659-fNAKg 📚 Turkcha seriyalar: https://youtu.be/HSWo8ZWxCA0 Oʻzbek tilidagi qaysi seriyalarga video qilish kerak deb oʻylaysiz? Fikrlaringizni yozib keting. Rejalarimda yoʻq takliflarni albatta roʻyxatimga qoʻshib qoʻyaman. ➡️@qora_yigit
Bugun shanba! Shanba shanbadek oʻtishi uchun esa albatta maqtanmoqlik shart. Huzur nashriyotidan yangi premyera qilingan kitoblarni yuborishibdi. Sinan Akyuzdan “Feruza”, Geyl Formandan esa “Agar yashasam” asarlari. ▪️Kitobxon sifatida bu asarlarning oʻzbekcha nashrida mehnati singanlarga katta rahmat aytaman. ➡️@qora_yigit
Tanlov! Shartlar juda oddiy: ✅Bookerberg va Birburchak kanallariga a'zo bo'lasiz, ✅ Bu postni 30 ta obunachisi bor guruh yoki kanalga yuborib screenshotini izohda qoldirasiz, ✅ Va pastdagi "QATNASHAMAN" tugmasini bosasiz. G'oliblarni telegramning o'zi…
Tanlov! Shartlar juda oddiy: ✅Bookerberg va Birburchak kanallariga a'zo bo'lasiz, ✅ Bu postni 30 ta obunachisi bor guruh yoki kanalga yuborib screenshotini izohda qoldirasiz, ✅ Va pastdagi "QATNASHAMAN" tugmasini bosasiz. G'oliblarni telegramning o'zi random orqali aniqlab beradi. ❗️E’tiborli boʻling, kanallarga a’zo boʻlmasangiz gʻolib boʻla olmaysiz. 🏆Gʻoliblarimiz 3 nafar bo'ladi. Va ularning har biriga Nassim Talebning YANGI KITOBIDAN bittadan sovgʻa qilinadi. Yutuqlarni rasmda koʻrishingiz mumkin. Gʻoliblar 17-avgust oqshomida aniqlanadi. Tanlov haqida kitobxon doʻstlarni ogoh etishni unutmang!
Infin bankdan kitob taqdimotiga kreativ usulda takifnoma keldi. Kitob bolalar uchun va pul haqida ekan. Oynur bilan boramiz nasib etsa. Piar uchun shu issiqda “chopon” kiyib kayfiyat ulashib yurgan akaga esa alohida tasannolar 🤓 ➡️@qora_yigit
видео или голосовое, без подписи
Badiiy kitoblarni oralatib mana shunaqa kitoblarni ham oʻqib turaman. 3-4 badiiy asardan keyin boshqacha ketadi-da. Gari Keller va Jey Papasan hammuallifligidagi “Yagona narsa” asari Gʻarb olamida ancha mashhur ekan. Negaligiga bir qiziqib koʻrmoq kerak 🤓 ➡️@qora_yigit
#finished Uilyam Golding – "Pashshalar hukmdori" Samolyot halokatga uchraydi. Bir guruh turli yoshlardagi maktab o‘quvchilari kattalarsiz, qoidalarsiz, kimsaning nazoratisiz kimsasiz orolga tushib qolishadi. Avval boshda bu bolachlarga moydek yoqib tushadi. Uy vazifalari yo‘q, uxlash vaqti bo'ldi deb birov seni majburlamaydi. Shataloq otib o'ynash uchun esa butun boshli orol ixtiyorlarida. Avval boshda hammasi yaxshi ketadi. Yetakchi saylashadi, chig‘anoqni ushlab turgan kishi so‘zlash huquqiga ega bo‘lishiga, qutqaruvchilar payqashi uchun gulxan yoqib turishga kelishib olishadi. Ammo keyin... Hammasi asta-sekin parchalanib, ibtidoiy holiga qayta boshlaydi. Golding va "Pashshalar hukmdori"ning kuchi ham shu joyda ko'rinadi. Muallif bizni yovuzlikning tashqaridan kelmasligiga, bu orolda hech qanday yovuz qahramon, maxluq yoki boshqa tahdid yo‘qligiga asta-sekin, zinama-zina guvoh qiladi. Vahima bolalarning o‘zida, uydirma va qo‘rquvlaridan kurtak otadi. Ular qo‘rqayotgan maxluq changalzorda emas har birining ichida yashayotgandi. Aslida har doim ham shunday, eng qo'rqinchlisi inson... Mening, o‘zimning mana shu "madaniylashgan" qiyofam va ichimdagi ibtidoiy qorong‘i kuchlar o‘rtasidagi chegara qanchalik nozik? Ular qanchalik bir-biriga yaqin joyda turibdi? Hech kim kuzatmayotgan, hech qanday qonunlar amal qilmaydigan va hech qanday oqibatlar tahdid solmaydigan vaziyatda mening qadriyatlarim evriladimi yoki yoʻqmi? Kitobdagi vaziyatga tushsam ularga nima bo‘ladi? Sizni shu savollar haqida, ularga aniq javobingiz boʻlmasa-da javoblar haqida oʻylashga majbur qila olishining oʻzi asarning eng katta missiyalaridan biri bajarilganining belgisi boʻlsa ajabmas. Bu romanni nega oʻzbeklar ham oʻqishi kerak oʻzi? Axir u "britaniyalik" yoki "g‘arblik" bolalar haqida emasmi? Bizga nima? Yoʻq, bu kitob butun insoniyat haqida. Va undagi oʻrtaga qoʻyilgan savollar har qanday madaniyat chegarasidan oshib o‘ta oladi. Biz bo‘linishlar, to‘da bo‘lib fikrlash va dononing ovoziga emas, eng baland baqirganning ovoziga ergashtiruvchi vasvasalarga boy zamonda yashayapmiz. O‘z qadriyatlari, qonunlari va ijtimoiy tuzilishi haqida jiddiy qayg‘uradigan xalq uchun bu kitob haqiqiy ko‘zgu desak boʻladi. Faqat shu koʻzguga boqqanimizda uyatsizlarcha bezrayib turmasak bas... ➡️@qora_yigit
видео или голосовое, без подписи
Ota-onangiz bilan kech bo‘lmasdan qilishingiz kerak bo‘lgan 10 tavsiya haqida turkcha maqola o‘qib qoldim. Uning mag‘zini qisqaroq qilib sizlarga ham ulashib qo‘yyapman: 1. Ularning ovozini yozib oling. Oddiy suhbatingizda, bir nimalarni aytib berayotgan samimiy gapirib turgan paytlarida qiling bu ishni. Kun kelib oddiy bir hikoyasini o‘z ovozlarida qayta eshitish uchun dunyolarni berishga arziydigan qiymatdagi narsaga aylanadi. 2. Kulayotgan paytlarini videoga oling. Qandaydir uyushtirilgan, chiroyli kiyintirilib olingan video emas, haqiqiy va ich-ichdan kulgan vaziyatlarini videoga muhrlang. Bu sizga butun umrlik tirik xotira bo‘lib qoladi. 3. Qo‘llarini yaqindan suratga olib qo‘ying. Ayni shu qo‘llar mashaqqatli mehnati bilan butun hayotingizni qurgan. Kun kelib shu rasmni ko‘rganingizda, unga teginganingizda o‘sha mo‘tabar kuchga yana tegingandek hissiyot olasiz. 4. Yozuvlarini saqlab qo‘ying. Oddiy bir yozuv yozdiring. Hozir hamma sms yoki elektron xabar yozadi. Yozuv esa ularning eng shaxsiy izi va eng tez yo‘qoladigan narsalaridan biri. 5. Orzularini so‘rang. Siz tug‘ilmasdan oldin ham ularning o‘z hayotlari bo‘lgan. Bu siz uchun nimalardan voz kechganini tushunishingizga, qiymatlarini anglashingizga yordam beradi. 6. Qiyinchiliklarini so‘rang. Ular yillar davomida og‘ir yuklarni jim ko‘tarishgan. Sizning bolaligingiz yengil va yaxshi o‘tishi uchun… 7. Afsuslarini so‘rang. Bu baholash uchun emas. Sizni ulg‘aytirgan odamlarning oddiy, zaif tomonlarini bilishingiz uchun. 8. Birga ovqat pishiring. Yo‘q, ularga xizmat qilmang. Birgalikda jarayonni yashab o‘ting. Uzoq vaqt esdan chiqmaydigan xotiralardan biri bu oshxonada birga o‘tkazilgan lahzalardir. 9. Ular bilan sevimli filmlarini tomosha qiling. Ular bilan o‘sha filmga aloqador xotiralarini gaplashing. Bunday xotiralar eng chiroylilari bo‘ladi. 10. Jim o‘tirib vaqt o‘tkazing. Telefonlarni chetga qo‘ying. Ba’zida eng katta sovg‘a bu shunchaki yonida bo‘lish. Men bu tavsiyalarni o‘qib o‘zimni boshqacha his qildim. Ularning aksari haqida umumam o‘ylab ko‘rmaganimni va qilmaganimni tushundim. Bu tavsiyalarni amalga oshirish esa juda qiyin ishlar emas aslida. Ota-onalarimiz har doim sog‘-salomat bo‘lishsin. ➡️@qora_yigit
UFQning sentyabrda nashr etilishi kutilayotgan ilk kitobi bilan tanishing: Subhadra Das – Uncivilised: Ten Lies That Made the West Kitob “G‘arb sivilizatsiyasi” deb ataluvchi tushunchaning ostidagi o‘nta asosiy g‘oyani (masalan, ilm-fan, vaqt, huquq, san’at kabi sohalardagi qarashlarni) tanqidiy nuqtayi nazardan ko‘rib chiqadi. Muallif bu asari orqali G‘arb sivilizatsiyasi haqida bizga meros bo‘lib kelgan tasavvurlarni ochib, ularning ortida kim, qanday tarix va qanday manfaatlar turganini tekshirib ko‘radi. ⚡️ UFQ nashriyoti
Bir do'stim bu kitobni ancha yillar avval ingliz tilida "qizlarni o'rash" uchun o'qib chiqqanman degandi. Foydasi bo'lganmi desam "men o'zi harakter jihatdan doim nazariyotchi bo'lganman" deb kulgandi. Yaqinda esa shu kitobni inglizchasini bir qiz o'qib yurgan ekan. Siz ham bu kitobni yigitlarni o'rash uchun o'qiyapsizmi deyman deb siz ham bu kitobni qizlarni o'rash uchun o'qiyapsizmi devoribman)) Xullas, o'sha har sohada yordamchingiz bo'lishi mumkin bo'lgan "Tana tili haqida mukammal kitob" asari endi o'zbekchada bor. Faqat yomon maqsadda ishlatishmalaring, haymi? 🙃 ➡️@qora_yigit
Bu biz bilgan “Drakula”ning Erondagi muqova versiyasi. Fikringiz qanday? ➡️@qora_yigit
⏰ Vaqtingizni tejang! IYUL oyida nashr etilgan yap-yangi kitoblarning hammasi bilan bitta videoda tanishing: ➡️ https://youtu.be/rav1qqNZmKE Istasangiz undan oldingi ikki oyda yangi chiqqan kitoblar bilan ham sizni tanishtirib qoʻyaman! 🗓 IYUN oyi: ➡️ https://youtu.be/IqIh_m6Mhb4 🗓 MAY oyi: ➡️ https://youtu.be/5erBzZm-_WE Xoʻsh, sizningcha mana shu 3 oyda nashr etilgan eng omadli kitob qaysi? Yana qaysi nashriyotlar chiroyli yurish qilmoqda deb oʻylaysiz? ➡️@qora_yigit
Muhr ovchilari Yaponiyada alohida bir kitobxonlar toifasi bor. Ular yozuvchilarning shaxsiy muhri (Ken’in) urilgan birinchi nashrlarni yigʻishadi. Yaponiyada bunday ashaddiy kolleksionerlarni "Shoshi" (書痴 – "Kitob shaydolari") deb atashadi. Xoʻsh, nega aynan muhrli kitoblar bu qadar qadrlanadi? Birinchidan, kitob muhrlanganligi yozuvchi uni shaxsan ushlagani va tasdiqlaganining isboti. Bu kitobga oʻzgacha tarixiy qiymat va ruh bagʻishlaydi. Ikkinchidan, qizil muhr kitobning kontrafakt emas, balki rasmiy va asl nusxa ekanini kafolatlagan. Uchinchidan esa adiblarning muhrlari oʻziga xos naqsh va kalligrafik uslubda ishlangan boʻlib, haqiqiy miniatyura sanʼati kabi koʻrinadi. Ya'ni "shoshi"lar faqat kitob emas, san'at asari yigʻayotganiga ishonishadi. Bugungi kunda Tokioning Jinbocho antikvar kitoblar mavzesida yapon klassik yozuvchilarining ana shunday qizil muhrli birinchi nashr kitoblari minglab dollargacha baholanadi va kolleksionerlar uchun haqiqiy xazina hisoblanadi. Kitob jinnilarining ham turi juda ko'p ekan a? ➡️@qora_yigit
Yaponiya kitoblaridagi sirli qizil muhrlar Eski yapon kitoblarining eng soʻnggi sahifasini ochsangiz, nashr maʼlumotlari qismida qizil siyohda urilgan muallifning shaxsiy muhriga (hanko) yoki alohida yopishtirilgan naqshli muhr-stikerga koʻzingiz tushadi. Xoʻsh, nega Yaponiya kitoblarida (Meyji davridan to 1950-yillargacha) har bir kitob nusxasiga muallifning shaxsiy muhri bosilgan? Birinchi o'rinda bu tiraj shaffofligi va gonorar nazoratini ta'minlagan. Ushbu tizim yapon tilida "Ken’in" (Tekshiruv muhri) deb atalgan. Oʻsha davrlarda nashriyotlar yozuvchiga kitobning amalda chop etilgan har bir nusxasi uchun haq toʻlagan. Nashriyot muallifni aldamasligi (masalan, 10 000 nusxa bosib chiqarib, muallifga "atigi 2 000 ta sotdik" deb kam pul bermasligi) uchun muallif oʻzi tasdiqlagan nusxalar sonicha kitobga shaxsan muhr bosgan. Noshir faqat muallif muhri bor kitobni sotish huquqiga ega boʻlgan va aynan shu muhrlar soniga qarab muallifga gonorar toʻlagan. Ikkinchidan esa bu qalbaki (pirat) nusxalardan himoya vositasi ham hisoblangan. Muallif mana shunday qizil muhri boʻlmagan har qanday kitob kontrafakt yoki noqonuniy nashr hisoblangan. Xaridorlar ham kitobning oxiridagi ushbu muhrga qarab, uning rasmiy va sifatli ekaniga ishonch hosil qilishgan. Lekin o'sha davrning yulduz yozuvchilari Osamu Dazai, Akutagava va Shimazaki kabilar uchun yangi kitobning chiqishi mashaqqatli "muhr bosish marafoni"ga aylangan. Chunki bu yozuvchilarning asarlari 10 ming tirajdan kam bosilmagan. Bu degani esa yozuvchi o'n minglab kitobga yoki maxsus stikerlarga birma-bir muhr urib chiqishi kerak degani edi. Bu jarayonga yozuvchilar koʻpincha oila aʼzolarini, shogirdlarini yoki nashriyot xodimlarini jalb qilishgan. Adib Toson Shimazaki oʻz xotiralarida kitoblariga muhr bosib chiqish uchun maxsus odamlarni yollagani va bu ish baribir 10 kunlab davom etgani haqida yozgan. Rasmda Osamu Dazaining eng mashhur va soʻnggi asari "Ningen Shikkaku" ya’ni "Insonlikdan mosuvo" kitobining 1948-yil 2-iyulda chop etilgan eng birinchi original nashri soʻnggi sahifasi koʻrsatilgan. Dazai Osamu 1948-yilning 13-iyunida vafot etgan. Kitob esa uning oʻlimidan bir oy oʻtib nashr etilgan. Vafotigacha esa u tirikligidagi oxirigi nashrlarga muhr bosgandi. E'tibor qiling, rasmdagi toʻrtburchak naqsh ichidagi qizil iyeroglif Dazai deganidir. Bu uning kitoblarga bosadigan shaxsiy imzosi hisoblangan. 1950-yillardan eʼtiboran kitoblar tiraji keskin oshib, yuz minglab va millionlab nusxalarda chop etila boshlagach, har bir kitobni jismonan muhrlash imkonsiz boʻlib qoldi. 1959-yildan boshlab yapon nashriyotlari yozuvchilar bilan shartnomaviy tiraj hisobini yuritishga oʻtib, bu amaliyotni bekor qildi. ➡️@qora_yigit
Kecha seni sevdim. Bugun ham seni sevaman. Ertangi kun esa boʻynimdagi qarz, agar yashasam Va’da beraman, yana seni sevaman. Nozim Hikmat ➡️@qora_yigit
G'azo bilan bo'layotgan voqealarni tushunish, yerlik falastinliklarning og'riqlarini his etish uchun musulmon bo'lish shartmas. Shunchaki biroz insoniylik bo'lsa yetarli... Bu kitobda esa rus yozuvchisi Nadejda Kevorkova Falastinni, ayniqsa G'azoni ichidan ko'rsatarkan. 4-5 bet o'qib biroz dam olishga, voqelik va hodisalarni aql, vijdon tarozilariga qo'yib ko'rishga majbur qilarkan. O'g'ir va dardchil kitob ekaniga qaramasdan juda tez o'qib qo'ysam kerak deb o'yladim... ➡️@qora_yigit