Savodxon.uz
СтатистикаSavodxon dasturi oʻzbek tili imlo qoidalarini ommalashtirish va savodxonlikni targʻib qilish uchun ishlab chiqilgan dasturiy vositadir. Sayt: https://savodxon.uz Lugʻat: @SavodxonBot Instagram: https://www.instagram.com/savodxonuz Aloqa: @savodxonuz
- Последний пост
- 27 мая
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
🌙 Qurbon hayiti muborak bo‘lsin! Bu ulug‘ ayyom qalblaringizga xotirjamlik, xonadoningizga fayz-u baraka olib kelsin. Qilgan ezgu niyat va duolaringiz ijobat, mehr va saxovat esa doimo hamrohingiz bo‘lsin. Hayot yo‘llaringiz yorug‘, qalbingiz esa bayram tongidek musaffo bo‘lib qolsin. ✨ Yaqinlaringiz bag‘rida unutilmas va iliq lahzalarga boy hayit tilaymiz. 🌿
Bahorni olib keluvchi ayollar, sizlarni samimiy muborakbod etamiz. 🌸 Sizlar hayotimizga mehr, go‘zallik va ilhom baxsh etasiz. Har bir kuningiz quvonch, baxt va ehtiromga to‘la bo‘lsin. Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ayollar! 💐
Yangi yil sizga va oilangizga sogʻliq, farovonlik va tinchlik olib kelsin! Har bir kuningiz quvonchli lahzalar, yaxshi yangiliklar va samimiy tabassumlarga boy boʻlsin. Orzularingiz amalga oshib, niyatlaringiz ijobat boʻladigan yil boʻlsin! 😊🎉
Barchangizni til bayrami bilan qutlagan holda, sizga ananaviy chegirmalarimizni taqdim qilamiz. Siz bugun barcha obunalarni yarim narxida xarid qilishingiz mumkin. Ushbu aksiya faqat 24 soat davom etadi.
Endi Savodxon dasturi imkoniyatlaridan MS PowerPoint dasturi ichida turib foydalanishingiz mumkin. Koʻplab foydalanuvchilar istagini hisobga olgan holda, biz MS PowerPoint uchun ham ilova ishlab chiqdik. Ilovani quyidagi sahifadan yuklab olishingiz mumkin: https://savodxon.uz/ilovalar/msppoint Yangi ilovani sinab koʻring!
Har bir ustoz — kelajakni bunyod etuvchi me’mordir. Siz bizni ilmga oshno etib, qalblarimizga ezgulik urug‘ini ekasiz. Hayotingiz nurga, qalbingiz esa quvonch va muhabbatga to‘lsin. Sizga sog‘liq, baxt va farovonlik tilaymiz. Sizni har doim cheksiz ehtirom bilan yodga olamiz. Bayramingiz muborak, aziz ustozlar!
MS Word 4.12 versiyada matnning izoh (сноска) qismida kuzatilayotgan kamchiliklar bartaraf etildi. “Toʻliq tozalash” tugmasi matnning izoh qismini ham tozalaydi. Ilovani yuklab olish: https://savodxon.uz/ilovalar/msword
Xalqaro xotin-qizlar kuni muborak boʻlsin! 🌸✨ Siz hayotimizning gulshanisiz, mehr va goʻzallik timsolisiz. 🌷💖 Har doim yuzingizdan tabassum, qalbingizdan esa baxt arimasin! 😊🌿 Sizga sihat-salomatlik, quvonch va cheksiz muhabbat tilaymiz! 💐💫
Yangi 2025-yil sizga yangi imkoniyatlar, yoqimli oʻzgarishlar, xursandchilik va farovonlik olib kelsin. Har kuningiz sizga qiziqarli onlarni taqdim etishini tilab qolamiz. Bayramingiz muborak, azizlar!🎄
Hurmatli foydalanuvchilar, Savodxon sayti xizmatlarini optimallashtirish va sizlar uchun qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida 2025-yil 1-yanvardan boshlab quyida keltirib oʻtilgan oʻzgarishlar joriy qilinmoqda. Birinchidan, yakshanba kunlari imloni tekshirish va yozuvni oʻgirish imkoniyatlaridan foydalanish uchun faol obunaga ega boʻlish talab etilmaydi. Yaʼni, sizning Savodxon saytida amaldagi obunangiz boʻlmasa ham, yakshanba kunlari matn imlosini tekshirish va yozuvni oʻgirish imkoniyatlaridan toʻliq foydalana olasiz. Bunday tartib Savodxon sayti xizmatlaridan kamdan-kam foydalanadigan yoki doimiy obuna olishga imkoni yoʻq foydalanuvchilarni hisobga olib joriy qilinadi. Eslatib oʻtamiz, bu qulaylik matnni tarjima qilish xizmatini oʻz ichiga olmaydi. Ikkinchidan, 1 kunlik va 7 kunlik obuna muddatlari ortiq taklif etilmaydi. Yangi yildan boshlab foydalanuvchilar faqat 30 kunlik, 90 kunlik, 180 kunlik, yoki 365 kunlik obuna sotib olishlari mumkin boʻladi. Bu tartib loyiha ishini uzoq muddatli obuna egalari talablariga muvofiqlashtirish va ularga koʻrsatilayotgan xizmat sifatini yaxshilash uchun joriy qilinadi. Shunday qilib, 2025-yil 1-yanvardan Savodxon sayti xizmatlariga obuna boʻlish uchun quyidagi yangi narxlar belgilanadi: 30 kunlik — 50 000 soʻm 90 kunlik — 120 000 soʻm 180 kunlik — 150 000 soʻm 365 kunlik — 240 000 soʻm 1-yanvarga qadar obuna muddatlarini hozirgi narxlarda sotib olish mumkin. @savodxon_uz
без подписи
Izohli lugʻatimiz qayta tiklandi! Lugʻat sahifasi (https://savodxon.uz/izoh)da soʻzlarni lotin yoki kirill harflarida izlang — sizga toʻgʻri variantlari taqdim etiladi. Shu soʻzlar ustiga bosish orqali ularning izohini koʻrishingiz mumkin. Shuningdek, @savodxonBot Telegram Bot orqali ham lugʻatdan foydalanishingiz mumkin. @savodxon_uz
Endi lotin-kirillga oʻgirishda istalgan soʻzlar yoki matnlarni belgilab, ularni oʻgirmasdan qoldirishingiz mumkin. Kerakli matnni belgilang va rasmda koʻrsatilgan [a] tugmasini bosing - matnni boshqa yozuvga oʻgirganingizda shu belgilangan matn yoki soʻzlar oʻgirilmasdan qoladi. Ushbu belgilarni bekor qilish uchun tekshirish tugmasi oʻng tarafidagi “Bekor qilish” tugmasini bosing. @savodxon_uz
Savodxon.uz pinned a photo
Savodxon loyihasidan til bayramiga anʼanaviy chegirma __ Hurmatli foydalanuvchilar, Oʻzbek tili bayrami munosabati bilan ertaga — 21-oktyabr kuni barcha obuna muddatlariga 50 foizli chegirma eʼlon qilinadi! Uzoq muddatli obunani arzon narxda sotib olish uchun yaxshi imkoniyat. https://savodxon.uz/ @savodxon_uz
Aziz ustoz va murabbiylar! Kelgusi avlod barkamolligini taʼminlash orqali jamiyatimiz ravnaqiga qoʻshayotgan ulkan hissangiz uchun barchangizning qarshingizda doimo taʼzimdamiz. Bugungi ayyomingiz muborak boʻlsin!
Aziz foydalanuvchilar, Sizning ishingizni yana ham osonlashtirish uchun biz Savodxonni mashhur brend nomlarini tanib olishga oʻrgatdik. Brend nomlariga qoʻshimchalar qoʻshilganda imlo qanday boʻlishi kerakligi rasmiy qoidalarda keltirilmagan. Ammo oʻzbek tilidagi koʻp manbalarda bunday holatda brend nomiga ayirish belgisi yordamida qoʻshimcha qoʻshish urf boʻlgan (masalan, Facebookʼdagi, Telegramʼdan, Googleʼning, va hokazo). Biz ham dasturimizda shu qoidaga amal qilishga qaror qildik. Agar Savodxon sizning matningizda keltirilgan biror brend nomini tanimasa, bizga https://t.me/savodxonuz Telegram manzili orqali xabar bering — biz uni ham lugʻatimizga qoʻshib qoʻyishga harakat qilamiz. @savodxon_uz
Biz saytimizning doimiy foydalanuvchilarini juda qadrlaymiz va ularning sadoqatini loyiq darajada mukofotlashga qaror qildik. Endi saytdagi Savodxonlik darajangiz qancha yuqori boʻlsa, sizga shuncha katta chegirmalar beriladi! Savodxonlik zobiti darajasiga erishgan foydalanuvchilarga yangi obuna sotib olishda 20%, Savodxonlik qoʻmondoni darajasiga erishganlarga esa — 40% chegirma taqdim etiladi. Savodxonlik zobiti darajasi dasturimiz orqali jami 100 mingdan oshiq soʻz tekshirganlarga taqdim etiladi. Savodxonlik qoʻmondoni darajasini olish uchun esa 1 milliondan oshiq soʻz tekshirgan boʻlishingiz kerak. Oʻz darajangizni profilingizda koʻrishingiz mumkin. @savodxon_uz
Savodxon logotipi yangilandi!
Azizlar, biz tahrir oynasini yanada soddalashtirdik! Endi siz yagona oynada ishlay olasiz. Lotin va kirill oynasi yuqoridagi tugmalar orqali almashadi va matningiz avtomatik oʻgiriladi. Ortiqcha tugmalarni olib tashlab, saytning eng zarur tugmalarini pastga joylashtirdik. Faylni oʻgirish imkoniyati hali ham mavjud. Pastdagi tugma orqali ushbu alohida oynada ochiladi: https://savodxon.uz/office Marhamat, sinab koʻring. Kamchilik-xatolariga duch kelsangiz, bizga telegram (https://t.me/savodxonuz) orqali xabar bering — tuzatib qoʻyamiz. (Qurilmangiz yangilanishni birinchi marta yuklab olishi uchun biroz kutib turing.) @savodxon_uz