- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 16
- Всего постов
- 63
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 680
- 1/48двое суток
- 779
- 1/72трое суток
- 840
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Nolanning Odessey kinosi qanday chiqdi bilmadimu lekin o‘sha — deyarli unutilgan klassik asarni qayta trendga olib chiqdi. Yoshlar o‘qishni boshladi. Kitobdan uzoqlar ham. Butun dunyo! Odessey yengil asar emas. Uni o‘qitish hammaning qo‘lidan kelmaydi. O‘qish ham. Undagi syujetga dooood devoraman. Yo‘q! Hechqayerda yo‘q undagi syujetlar! Aqlga sig‘mas! Bizni dostonlarimizni jamlab, hammasidan eng zo‘r syujetlarni terib, bitta kino qilinsa, dahshat bo‘lardi. Ayniqsa Go‘ro‘g‘li dahshat! Oo, undagi metaforalar. Ishoralar. Ramzlar... @Jontemir_t
https://www.instagram.com/reel/Db-VTa7Izxo/?igsh=emFtMTZhOXh1YTdx Shoirni qo‘llab kelaylik
Qoliplarsiz chizadigan rassom – Elnur Egamov bilan soha muammolari va sanʼat falsafasi haqida suhbat Ustaxona – bugungi oʻzbek rassomi duch kelayotgan muammolarning faqat bittasi, xolos. Bizdagi Rassomlar uyushmasi va Badiiy akademiya tashqaridan qaraganda ijodkorlarni qoʻllab-quvvatlaydigandek koʻrinadi. Lekin islohotlarning taʼsiri faqat “tepada aylanmay” oddiy ijodkorgacha yetib borishi kerak. Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/4951 Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Instagram | X | YouTube
Xalq ohanglariga taqlidan hammaga tushunarli yozadigan, hechqanday yangiligi yo‘q ijodkorlarni Xalqona shoir, ananaviy yozuvchi deyishadi. Ularga o‘xshamaganarga modernchi, g‘alati tamg‘alari bosiladi. Ahmoq shunaqa deydiganlar! Haqiqiy anaana — o‘zigacha kelgan yo‘lni yangilashdir! O‘zigacha kelgan yo‘lda bir xil davom etish hech qachon ananaviy, xalqona ijodkorlik bo‘lmaydi! Ananaʼviylik bu — yangilik olib kirish! Cho‘lponning g‘azallari ananaviy emas, barmoq, sochmadagi sheʼrlari ananaviy! Birov yo‘lini birga bir davom ettirish — kope past qilishdan boshqasi emas. Otani takrorlamagan holda boshqa ota bo‘la olish anana. Havaskorlik, taqlid, taʼsir soyasida tug‘ilgan ishlarni ananaviy, xalqona deb z... qilishni bas qiling! Novator ijodkor — ananaviy ijodkordir! @Jontemir_t
Falon kitob bormi, manov kitobdan qolganmi deb so‘rab, man topgach yo‘qolib qoladigan odamchalar, kim sizni mani asabimni yeyish uchun yollaydi? Yana ora-orada "Qo‘rqinchli odam" haliyam 200 000 mi deb so‘rab turadiganlar bor. Nimani kutyapsiz? Yana 1 mln bo‘lishinimi? Maqsad nima har to‘rt kunda qayta so‘rashdan? Somasapazga: bir tandir somsa yopib qo‘ying, kechga kelaman deb qorqsini ko‘rsatmay ketadigan odamday g‘azabimni qo‘zg‘aydi bir kitobni so‘rab, izlayapman, topib berolasizmi deb, topgach, qochib qoladiganlar. Man qo‘yadigan kitoblar qimmat! Lekin asabim, uni izlashga ketadigan vaqtim bebaho! Bo‘lar-bo‘lmasga vaqtimni olmang!
*** Joyingiz boshimda, o‘tiring, Joyingiz yelkamda, mingashing. Qoshingizda mehrim shotiri Xizmatingiz qilar engashib. Hislarim yugurdak, lahzadan Sizga baxt, muhabbat to‘qir — qul. Va ruhim (dunyoga maqtanay!) Qo‘lingizga tobe so‘qir gul. Tag‘in kammi? Tag‘in iltijo: Qonib ichay, kimga u sharob? Yuragimga kirmang, iltimos, Yuragimga it tekkan — harom. Jontemir @Jontemir_t
Hechnasasiz qolganda ochiladi odam. Robinzonni eslang. Orolga tushib qolganida nimasi bor edi? Yaratuvchanligi kuchayadi odamning o‘sha payt. Ijodkor ruhi bor odamning. Siz o‘ylamang 8 mlr odam bor deb. Odamlar kam. Qolgani soyalar. Ammo odamlardan ko‘ra soyalar ko‘proq odamlikka daʼvo qilishadi. Qancha ko‘p narsaga ega bo‘lsang, shuncha ko‘p qo‘rquving, yuking bo‘ladi. Bu aslo qashshoqlikni yoqlash emas. Ortig‘iga oshiqmaslik haqida. Nega ibodat qilinadigan xonada ortiqcha narsalar bo‘lmasin deyiladi? Diqqatni, xayolni olmasin, bo‘lmasin uchun. Sendagi ortiqcha har narsa shunday — chalg‘itadi Maqsadingdan. Maksimal ochilish uchun baʼzan maksimal tupikka tushish kerak bo‘ladi. Miya o‘zini saqlab qolish uchun ham dahshatli ishlashga korishadi. Hujayralar, immun tizimimiz ham bor kuchi bilan harakatlanadi. Urush maydonidagi odamni mayda dardlar, kasalliklar bezovta qilmaydi. Uning jismu ruhi yashab qolish uchun booor kuchi bilan tirishyapti! Nima demoqchiligim ham esimdan chiqdi. Ha, ochilish. Orqasidan quturgan it quvmaguncha, odam qancha tezlikda, qancha uzoqqa yugura olishini bilmaydi. Yana aytaman, milliard boylik ustida ham oddiy bo‘lib qolish haqida gap ketyapti. Sodda aytganda shunday. Biz hali ochilmadik. Hali Robinzon holiga tushmadik. Qo‘limizdan, ruhimizdan nimalar kelishini bilmaymiz hali. Hamma narsa tayyor chunki. Ilk odamlar haqiqiy ijodkorlardir! Hozir ularning soyalari yuripti. Ulardan kelayotgan qonning foizi ham juda oz qolgan. Juda... @Jontemir_t
https://youtu.be/xT_9X7TO4rc?si=uelnsHV2DRwN4bCN Bir zamonlar o‘tta kinoman paytlarim topib olgan va tushunmay qayta-qayta ko‘rgan kinocham yo‘limdan chiqib qoldi. 80-yillar olingan. So‘zsiz. Sunʼiy entellektsiz. Birinchi ko‘rganimda nima bu degan savol bo‘lgan. Bo‘ldi. Boshqa hechnarsa. Abdulla Orif bir sheʼrida bir odam hayotini tasvirlayotib, ko‘mib qaytishayotganda: shunga shunchami, deganday achchiq istehzo qotib qolgan miyamda. Hozir ko‘rib chiqib boshqa xayollarga ketdim qorishib... @Jontemir_t
ЗИНДОН 1 Шаҳризода, сени создай бағримга босиб Чалишни истайман нафрат торларингни, рашк торларингни, қайғу торларингни, ашк торларингни. Лекин аввал созламоқ керак юрагинг мурватин муҳаббат билан. 2 Ичимда қайнаган туйғу ҳилидан куйиб, қовжираган томоғим. Ютинсам — ачишар. Фақат оҳанг нурдай сирғалиб ўтиши мумкин бу жизза йўлакдан. Шаҳризода, қани марҳабо! 3 Кўрпасини аёлдай қучиб ухлар ҳамхонам, ҳавасим келар унга, кўраётган тушларига. Менинг кўрпам — менинг дўзахим! Кетгим келар уйғоқ ҳолимда денгиз титроғи, ётоғига асаларининг. Қўрқинч ўйлар зиндонидаман, кеча унинг қайси бўлмаси? Йиртиб ҳарир зулмат тўрвасин чиқолмасми кўзи очиқлар?! Эй муаззин, бунча кечикдинг. 4 Марина жомадон учун Пастернак келтирган ингичка арқонга ўзини осди, муҳаббат билан. Жони чиқар маҳал хижолатда шивирлади: Сени қийнаб қўйдим-а, арқон? Шоирни кўтарар ҳатто ғалтак ип, аммо шеърни... Ай, кимнинг қўлида менинг арқоним? 5 Болалик ҳайратим еб қўйди йиллар. Қўшиғим бўларди, жўшиб, берилиб ҳиргойи қилардим тоғ этагида. Нима ҳақда эди ўшал таронам? Гул, Тангри, денгиз... Эсласам, Шаҳризода, агар эсласам, топар эди қийноқлар якун ва ҳайиқмай бағримга босиб чертар эдим нафис торларинг. 6 Зиндон туйнугидан мўралар оқлик, қичқирар: қуёшга, қуёшга! Қадаганми бетаҳорат қўл, ҳузурига ўсиб боролмам. Унутганман у ёдлатган қўшиғимни ҳам... Жонтемир @Jontemir_t
O‘zingni insoniyatga tushuntirishning ijoddan boshqa yo‘li yo‘q! Eng kuchli ijodkorlar — eng tushunilmagan odamlardir. Bir umr istaklari, ruhiyati, tabiatini tushuntirish uchun ijod qilib o‘tadi. Odam o‘zini faqat ijod qilib yo ijod orqali (boshqalarning ijodi) tushuntiroladi. Buni anglamagan holda qilasiz. Masalan siz sahifangizga joylayotgan rasmlar, videolar, sheʼrlar, sitatalar... hammasi ijodiy ishlar soyasida o‘zingizni anglatishga bo‘lgan harakat. Ayniqsa hislar! Uni ijoddan boshqa nima ko‘rsatadi? Bir gul yo shimol yog‘dusini ko‘rib, hapriqib ketgan ko‘ngil ijodsiz o‘zini ifoda qiloladimi? Odamning dardi kattargan sari ijodiy anglami kuchayib boradi. Ijod hamdardlikning eng yuqori cho‘qqisi chunki! Tug‘ilish, o‘lishimizni ham ijod ifodalaydi. Janozada yaqinini yo‘qotgan odamning ichidan so‘zga qo‘shilib qaynab chiqayotgan yig‘idan balanroq ijod bormi? Yolg‘iz ijod eeeng-eeng ichkarimizgacha kira oladi. Va o‘sha yerdagi aslimizni olib chiqoladi. Dunyo ham Tangrining ijodi! Hayotimiz — ohang! O‘zing kuyla! Kuylolmasang boshqa ijodkor kuyga solganidan zavqlan! @Jontemir_t
Odamni jamiyat, boshqalar yasab bergan qo‘rquvidan chiqarish mumkin, lekin o‘ziga o‘zi qurib olgan qo‘rquv qudug‘idan chiqarish azob. Kafka "Kovak" hikoyasida (Labirint kitobiga kiritilgan) shu — o‘z qo‘rquvi to‘rida chirishni tasvirlaydi. Bu holatda tashqaridan keladigan har qanday yangilik sizni cho‘chitadi. Hatto tovush ham! Lahza sayin chuqurlashib borayotgan qo‘rquv qudug‘ingizga shu qadar moslashib, o‘rganib qolasizki, oxir oqibat o‘sha quduqning o‘ziga aylanib ketasiz. Endi sizni qo‘rquvdan ajratib bo‘lmaydi. Nimaki yangi harakat boshlansa, qochasiz. Avval oqibati haqida o‘ylagan bo‘lsangiz, endi o‘ylashni ham xohlamaysiz. Shunchaki rad etasiz. Qo‘rquv qudug‘ingizga ip tashlagan kimsa — dushman ko‘rinadi. Quduqdagi komfortni, biqsib yotgan hidni buzib, quduqdan tashqaridagi hayot to‘g‘ridagi konservativ tasavvuringizni parchalab yuborishi mumkinligi dahshatga soladi sizni. Adashmasam Arastuning "G‘or" hikoyasida g‘ordan chiqib, haqiqatni ko‘rib kelgan odamga, g‘ordagilar ishonmay, hatto uni o‘ldirishlari mumkinligi aytiladi. Yaʼni haqiqatga yaqinlashishdan qochishimiz — ungacha bo‘lgan xayoliy haqiqatlarimiz yolg‘on bo‘lib chiqishidan qo‘rqishdir. Shuning uchun odamlarning katta qismi o‘z illyuziyasida qolishni afzal ko‘radi. Sevgi haqidagi! Haqiqat haqidagi! Xudo haqidagi! Ilm haqidagi... illyuziyar. O‘zimiz yasab olgan qo‘rquv qudug‘i esa shu illyuziyaramizni himoya qiladi. Tashqaridan yangi narsa kiritmaydi. Mayakovskiy (rus shoiri) o‘z joniga qasd qilganiga sabab (mani fikrim), o‘zi ishongan hukumatning asli yolg‘on ekanini anglab qolgani bo‘lgan! U tushgan quduqqa, bir o‘zi emas, butun SSSR bor edi. Quduqdan (g‘ordan) chiqdi, angladi, hammasi barbod bo‘ldi. Haqiqatga dosh berolmadi. Ha, haqiqatga dosh berish qiyin. Cho‘lpon bekorga: Haqiqatning ko‘zlaridan qo‘rqamen demaydi. U quduq sizni himoya qilayotgay ko‘rsatadi o‘zini. Xayoliy xavf yasaydi. Ishonchni batamom yo‘q qiladi. Faqat mening ichimda bexatarsan deya uqtiradi. Onangizga aylanadi. Bolalikdan boshlanadi bu quduqni yasab olish. Va biz hech qachon tavakkal qilolmaydigan, tajribadan cho‘chiydigan, yangilik, yangilanish, o‘zgarishdan qochadigan mavjudotday yashaymiz. Kabo Abening "Yashik-odam" romani ham shu haqda. Baribir Kafka juda aniq, teran tushuntirib berolgan. Chunki Kabo Abe tasavvuridagini, Kafka esa o‘zini yozgan! Mana u nima deydi: "Sevishdan qo‘rqaman, negaki u meni yo‘q qilishi mumkin". Ammo u o‘z holatini tasvirlab beroldi. Balki chiqib ham ketgandir. Chiqib ketolgani uchun uni tasvirlay olgandir. O‘lik, yararuvchi emas, isteʼmolchiga aylanib qolganimizga sabablardan biri — quduqchalaramizdan bosh chiqarmaslik. Fikr yangilanmydi. Hayot. Tasavvur. Tasvir. Ruh. Quduqchalar esa yangi quduqchalarni tug‘averadi... @Jontemir_t
* * * Nihoyat Tangrining maktubin oldim "Avgust" deb yozilgan sarg‘ish xatjildni o‘tgan oqshom ochiq oynadan tashlab ketdi pochtachi shamol talmovsirab uyqu aralash ulgurmadim rahmat aytishga ochib o‘qishga-da betlamas yurak oltinchi qavat derazasidan keksa chinor yuzlab yashil ko‘zlarin senga qadab turgan mahalda sevinib "Avgust"ni o‘qimoq og‘ir hatto u Tangridan kelgan bo‘lsa ham Jontemir @Jontemir_t