Neomind
СтатистикаMedical Doctor (MD) Polyglot Reader Science Communicator 🇩🇪🇨🇭🇲🇫🇧🇪🇪🇺 Science: @themantiq
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 5
- Всего постов
- 23
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Книги (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 1 077
- 1/48двое суток
- 1 234
- 1/72трое суток
- 1 331
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Shopenning Fantaisie-Impromptu'si aslida fortepiano uchun yozilgan, lekin arfada ham juda ta'sirli chiqar ekan. Ayniqsa ijrochining emotsiyalari bilan
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Semirib ketishning sabablaridan yana biri - yetarlicha va sifatli uxlamaslik. Kamroq uxlab, ko'proq uyg'oq bo'lsam ko'proq vaqtim bo'ladi, kunim unumliroq bo'ladi deb o'ylama. Qancha vaqt tirik bo'lish emas, qanday holatda tirik bo'lish muhimroq Uyqu vaqtida organizmda o‘sish gormoni, ishtaha va moddalar almashinuvini boshqaruvchi jarayonlar faol ishlaydi. Uyqusizlik ishtahani boshqaruvchi gormonal tizimga ta’sir qilib, ko‘proq va kaloriyasi yuqori ovqatlarga moyillikni kuchaytiradi. Kam soat uxlab, ko‘p energiya sarflab ozaman deb o‘ylama - surunkali uyqusizlik ishtahani oshirishi, moddalar almashinuviga salbiy ta’sir qilishi va miya hamda butun organizm faoliyatiga zarar yetkazadi Yaxshi uxla - yaxshi formada bo‘lasan.
видео или голосовое, без подписи
"I am happy because I want nothing from anyone. I do not care for money. Titles or distinctions mean nothing. I do not crave praise. The only thing that gives me pleasure, apart from my work, my violin and my sailboat, is the appreciation of my fellow worker." - Albert Einstein "Men baxtliman, chunki hech kimdan hech narsa kutmayman. Men pul haqida qayg'urmayman. Unvonlar yoki martabalar men uchun hech qanday ahamiyatga ega emas. Maqtovga tashna emasman. Ishim, skripkam va yelkanli qayig‘imdan tashqari menga haqiqiy quvonch beradigan yana bir narsa - hamkasblarimning qadrlashi" - Albert Einstein
Wednesday serialidagi eng esda qolarli sahnalardan biri shu Wednesday Addams violonchelda ijro etadigan "Paint It, Black" kuyi bo'lsa kerak. Bu musiqa The Rolling Stones guruhining 1966-yilda chiqqan mashhur "Paint It, Black" qo'shig'ining maxsus aranjirovkasi. Asl qo'shiq rok uslubida yozilgan, elektr gitara, baraban va Mik Jaggerning ovozi bilan yaralgan. Wednesday'da esa vokal olib tashlangan, rok asboblari o'rniga violonchel markazga qo'yilgan va kuy qorong'i, sokin hamda sirli kayfiyatga moslashtirilgan. Yangi san'at asari yaratilgan. Violonchel nimalarga qodirligini ko'rish mumkin
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Miya faqat yoqimli yoki oson ishlarni bajarish orqali kuchli bo‘lib qolmaydi. Aksincha, qiyin, noqulay, lekin foydali ishlarni tanlash orqali ayrim nerv tizimlari mustahkamlanishi mumkin. Willpower ya'ni iroda ham mashq qilib kuchaytiriladigan narsa. Shuni tushunish eng asosiysi Miyaning anterior midcingulate cortex qismi qiyinchilikka bardosh berish, maqsad sari harakat qilish, xatolarni baholash, men buni qilishim kerak, lekin xohlamayapman degan vaziyatlarda qaror qabul qilishga javob beradi Jismoniy yoki aqliy jihatdan qiyin vazifalar bilan shug‘ullanish shu hudud faoliyati va hajmi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi ko‘rsatilgan. Agar sekinlik bilan, birdan katta ishni emas, sekinlik bilan xohlamayotgan, lekin foydali bo'lgan ish bajarilsa shu qism mashq qiladi, kuch to'plashni boshlaydi va Wilpower shakllanadi "Men xohlamayapman, lekin baribir qilaman" degan har bir holat miya uchun yaxshi mashq. Bu orqali miya har safar kuchayib boradi uyg‘onganda yana 30 daqiqa yotishni xohlaysan, lekin turasan kitob o‘qish o‘rniga telefon ko‘rging keladi, lekin o‘qiysan murakkab mavzuni tushunmayapsan, lekin yana urinib ko‘rasan. "O'qishga xohish paydo bo'lgan vaqtda o'qiyman" degan fikr shu sabab ham noto'g'ri. Xohish mashq qilmasdan oldin kelmaydi, oldin u mashq qilinishi kerak. Oldin harakat keyin xohish keladi. 5 daqiqa kitob o‘qishni boshlaysan, miyang "bu unchalik yomon emas ekan, energiya sarflasak bo'ladi" deydi va davom ettirish osonlashadi. Asosiysi, har safar o‘zingga bergan va’dangni bajarsang, insonda o'zi haqida "men intizomli odamman" degan tasavvur kuchayadi. "Men o‘zim aytgan ishni qiladigan odamman." mana shu identitet asta-sekin shakllanadi.
видео или голосовое, без подписи
Vivaldi deyarli 300 yil oldin musiqa orqali tabiat manzaralarini, jazirama, shamol, chaqmoq va dahshatli yoz bo'ronini juda aniq tasvirlab bergan Uning "Summer" ya'ni "Yoz" asari uch qismdan iborat. Birinchi qismida jazirama yoz tasvirlanadi. Havoning dimligi, qushlarning sayrashi, shamolning asta-sekin kuchayishi eshitiladi. Musiqa sokin boshlansa-da, unda xavotir hissi sezilib turadi. Mana shu qismi ko'proq mashhur. Ikkinchi qismida cho'pon momaqaldiroq yaqinlashayotganini sezib, bezovta bo'ladi. Uchinchi qismi eng dramatik qismlardan biri. Kuchli bo'ron boshlanadi. Juda tez, murakkab skripka partiyalari Uchala qismini ham eshitib ko'ringlar
Ichki xotirjamlik ko'pincha hamma sizni to'g'ri tushunishidan emas, balki hamma sizni tushunishi shart emasligini qabul qilishdan boshlanadi. Bu befarqlik emas, energiyani nazorat qila oladigan narsalarga sarflash Ko'pchilik butun umrini ana shu boshqalarning u haqidagi tasavvurlarini o'zgartirishga sarflaydi. Har bir tanqidga javob qaytaradi, har bir mish-mishni inkor qiladi, har bir noto'g'ri fikrni tuzatishga urinadi. Bu esa juda katta ruhiy energiya talab qiladi va oxir-oqibat inson o'z hayoti uchun emas, boshqalarning fikri uchun yashay boshlaydi. Bu, albatta, hech qachon o'zingizni tushuntirmang degani emas. Agar noto'g'ri tushunish ish, oila yoki yaqin munosabatlarga zarar yetkazayotgan bo'lsa, vaziyatga aniqlik kiritish to'g'ri. Agar xato qilgan bo'lsangiz, uzr so'rash ham kuchsizlik emas, balki mas'uliyat belgisi Lekin har bir notanish odamning fikrini o'zgartirishga urinishning foydasi kam. Gap faqat boshqalar fikri uchun yashab qolmaslikda, masalan, ko'pchilik nemis Oberarztlar ya'ni katta shifokor bo'lishi mumkin, lekin oddiy, juda ham oddiy kiyinib yuradi. Oddiy ko'ylak, dazmol yaxshi bo'lmagan ko'ylak. U har kuni eng qimmat restoranda ovqatlansa ham oyligi bemalol yetadi, lekin yo'q. U uyidan konteynerchada olib kelgan ovqatni olib, rezidentlar yoki boshqa shifokorlar bilan birga o'tirib ovqatlanadi. U uchun boshqalar u haqida nima deb o'ylashi muhim emas Bunday odamlarda o'z shaxsiy hududi, vaqti va energiyasini qadrlash yuqori darajada shakllangan. Ular boshqalar ko'ziga qanday ko'rinish yoki kimgadir yoqish uchun ortiqcha energiya sarflamaydi Odamlar siz haqingizda nima o'ylashi sizning nazoratingizda emas. Ammo qanday yashashingiz, qanday inson bo'lishingiz va energiyangizni nimaga sarflashingiz - bu sizning qo'lingizda.
Eng xushmuomila davlatlar reytingida Yaponiya birinchi o'rinda ekan 1. Yaponiya 2. Kanada 3. Buyuk Britaniya 4. Xitoy 5. Germaniya Yevropa davlatlarida odamlar bilan gaplashib, ishlab, O'zbekistonga qaytganimda eng birinchi his qiladigan narsam bu odamlarni nisbatan agressivroq ekanligi. Har holda menga shunaqa tuyuladi Bu narsa shaxsiy hayotdan qoniqmaslik bilan bog'liq bo'lishi mumkin, lekin yana bir tomoni bu tilda. Masalan, yapon tili dunyodagi eng xushmuomala tillardan biri hisoblanadi. Unda alohida kenigo tizimi bor. Suhbatdoshning yoshi, mavqei va vaziyatiga qarab fe'llar va so'zlar o'zgaradi. "Iltimos", "kechirasiz", "rahmat", "bezovta qilganim uchun uzr" kabi iboralar juda tez-tez ishlatiladi, bular tilda qat'iy o'rnashib qolgan. O'zim anchadan buyon qo'shimcha nemis tilidan, tibbiyot nemis tilisidan dars ham beraman. Uning grammatikasini ildizlarini o'rganib ayta olamanki, nemis tili rostan muloyimlikka e'tibor qaratadi. Suhbatdoshni tinglashni o'rgatadi, chunki nemis tilida fe'llar va old qo'shimchalar ko'p holatlarda gap oxirida keladi. Tinglamasangiz, oxirgi so'zgacha eshitmasangiz tushuna olmaysiz. Yana nemis tili ilm-fan uchun juda ham qulay til, chunki bir nechta so'zni birlashtirib yangi termin yaratsa bo'ladi. Bu esa olimlar uchun juda qulay Nemis tilida nutqni xushmuomila qiladigan til shakllari nutqda qat'iyroq o'rnashgan. Hatto grammatik shakllarning o'zi buyruq yoki iltimosni yumshatishga xizmat qiladi. Masalan, Könnten Sie..., Würden Sie..., Dürften wir... kabi konstruksiyalar oddiy buyruqni odobli iltimosga aylantiradi. "Bitte", "Danke", "Entschuldigung" kabi so'zlar esa kundalik nutqda deyarli har bir muloqotda uchraydi. O'zbek tili ham nihoyatda boy va ifoda imkoniyatlari keng til. Unda ham "siz", "iltimos", "marhamat", "kechirasiz", "rahmat" kabi xushmuomalalik vositalari mavjud. Ammo yapon yoki nemis tilidagidek muloyimlikni grammatik shakllar orqali muntazam ifodalash tizimi bizda unchalik rivojlanmagan. Kundalik suhbatlarda ham xushmuomalalik ko'proq odob va tarbiyaga bog'liq bo'lib, tilning majburiy grammatik qoidasi sifatida namoyon bo'lmaydi. Til har kuni qanday gapirishimizni, bir-birimizga qanday murojaat qilishimizni va muomala madaniyatini asta-sekin shakllantirishda muhim rol o'ynaydi.
Hech kim zerikarli, ammo to‘g‘ri ishni qilayotganingiz uchun sizni olqishlamaydi. Hech kim sizning yana bir bor sog‘lom ovqatni tanlaganingizni ko‘rmaydi. Hech kim odatiy seshanba kunida navbatdagi mashg‘ulotingizni boshlaganingizni bilmaydi. Orqaga surib kelayotgan ishni qilishda, yuz martalab yurgan yo‘lingiz bo‘ylab yana sayr qilishda yoki osonroq narsani qilishni istab turgan bo‘lsangiz ham ish stoliga o‘tirib, vazifangizni bajarishda hech bir o'ziga xos hissiyot yo‘q. Ammo aynan shu yerda o'ziga xos, boshqalarnikidan farq qilinadigan hayotlar boshlanadi. Bir xillik orqali farqlilik yaratiladi Ular kuchli motivatsiyaning qisqa portlashlari bilan emas, balki takrorlanish, har kungi kichik detallarning jamlanishi orqali quriladi. Ko‘pchilik nima qilishni bilmagani uchun emas, balki samara berayotgan ishni takror-takror qilishdan zerikib qolgani uchun muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Zerikish paydo bo‘lishi bilan esa ular yangi narsani qidira boshlaydi. Yangi tartib, yangi usul, yangi maqsad. Yangi motivatsiya manbai. Ba'zan yechim yana bir yangi strategiyada emas. Yechim to‘g‘ri yo‘lni u sizni o‘zgartirishga ulgurguncha yetarlicha uzoq davom ettirishni o‘rganishda bo'ladi
Mening eng sevimli filmlarim orasida "Drive" alohida o'ringa ega. Bugun esa uning unutilmas atmosferasini yaratgan insonlardan biri - Kavinsky olamdan o'tibdi Uning "Nightcall" treki kino tarixidagi eng kuchli intro sahnalaridan biriga aylangan. O'sha ilk daqiqalardanoq tomoshabin butunlay boshqa kayfiyatga kiradi. Menimcha, bugun "Drive" kabi kadrlarni qayta yaratish juda qiyin. Chunki film suratga olingan davrda Los-Anjeles ko'chalarida hali ikki xil rangdagi natriy bug'li va LED ko'cha chiroqlari birga ishlatilardi. Aynan shu yorug'liklar neon va nostaljik kayfiyatni tabiiy ravishda yaratgan. Keyinchalik ko'plab eski chiroqlar LED yoritgichlarga almashtirildi va shaharning tungi qiyofasi sezilarli darajada o'zgardi.
видео или голосовое, без подписи